Reja: Bolani shakllantiruvchi uch omil


Mavzu:Rivojlanishning kritik davrlari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə7/15
tarix14.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#98172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Reja Bolani shakllantiruvchi uch omil

Mavzu:Rivojlanishning kritik davrlari


Reja:
1.Odam hayotining davrlarga bo’linishi
2. Yangi tug'ilgan davri.

Odam organizmining rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo bo'ladi. Bu davrlarda organizm ketma-ket morfologik biokimyoviy va fiziologik o'zgarishlarga uchraydi. Bu o'zgarishlar o'sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog'langan.L[Bola organizmi voyaga yetgan organizmdan bir qator belgilari bilan farq qiladi. Tana vaznining ortishidagi, alohida a'zolar va to'qimalarning kattalashuvidagi eng jadal o'zgarishlar bola hayotining birinchi yilida va bolalik davrida yuzaga chiqadi. Voyaga yetgan davrda organizmning o'sishi to'xtaydi, lekin funksional differensiyalashuvi va reflektor faoliyati takomillashuvi ichki kortikal aloqalarning rivojlanishi va murakkablashuvi hisobiga davom etadi. Qarish jarayoni o'ziga xos bo'lib, bir qator qayta rivojlanish bilan bog'liqdir.Bolaning rivojlanish davrlari tana va a'zolar og'irligi va kattaligi, skelet suyaklarining qotish darajasi, tishlarning paydo bo'lishi, ichki sekretsiya bezlaridagi birlashtiruvchi to'qimalarning rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa belgilar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo'ladigan universal umumiy biologik funksional va morfologik belgilarning to'liq ro'yxati aniqlangani yo'q. Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo'lib tizimlashtirishda bir tomondan organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o'smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan.


Bu davr 2-3 haftani tashkil qiladi. Ushbu davr tug'ilish momentidan boshlanib, to 2,5-3,5 haftagacha davom etadi va organizmni tashqi muhit sharoitiga moslashuvi bilan tavsiflanadi. Yangi tug'ilgan bolada ilk bor o'pka orqali nafas olish sodir bo'ladi va o'pkada qon aylanish funksiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o'rniga bolaning shaxsiy ovqat hazm qilish trakti funksiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi, analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu davrda homilaning oziqlanishini ta'minlaydigan tizimning uzilib tushishi va kindik yarasining tuzalishi sodir bo'ladi, tana og'irligini oldin kamayishi so'ngra esa tiklanishi va ortishi boshlanadi. . Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo'lib tizimlashtirishda bir tomondan organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o'smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan.




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin