Reja: Bolani shakllantiruvchi uch omil



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə6/15
tarix14.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#98172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Reja Bolani shakllantiruvchi uch omil

Mavzu:Jinsiy tarbiya

Reja:
1.Jinsiy tarbiya haqida tushuncha
2.Jinsiy tarbiya yetishmasligi oqibatlari

Jinsiy tarbiya - bolalar, oʻsmirlar va yoshlarda jins masalalariga nisbatan toʻgʻri munosabatni shakllantirib borishga qaratilgan tibbiy va pedagogik tadbirlar tizimi; tarbiya jarayonining muhim qismi. J. t. shaxsning jismoniy, aqliy, maʼnaviy va estetik rivojlanishi bilan bevosita bogʻliq. J. t.ning asosiy vazifasi yosh avlodning yaxshi oʻsib-unishiga, zurriyot berish funksiyasini bekamu koʻst qilib shakllantirishga, nikoh va oilani mustahkamlashga yordam berishdan iborat. J. t.ni bolalarning yoshi, jinsi va malakasiga moc tushadigan qilib olib borish zarur. Koʻplar J. t.ni balogʻat yoshida boshlash kerak deb hisoblashadi. Bu notoʻgʻri, chunki bunga taalluqli ayrim masalalarni bolaning yoshligidan boshlab hal qila borish kerak. Koʻpgina ota-onalar jins masalasini muhokama qilish odobdan emas deb oʻylab yoshlarni qiziqtiradigan masalalar toʻgʻrisida soʻzlashmaslikni lozim koʻrishadi. Natijada, bolalar atrofdagilardan, koʻpincha tasodifiy manbalardan koʻr-koʻrona maʼlumotlar olib, oʻzlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan aksari notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlib qoladilar. Avvalo, yoshlar jins orasidagi tafovutlar, ular jinsiy aʼzolarining tuzilishi va mohiyati haqida tasavvurga ega boʻlishlari lozim. Buni maktab yoshidan boshlagan maʼqul. Maʼlumki oʻsmirlik davriga kelib gormonal oʻzgarishlar, balogʻatga yetish, jismoniy yetilish tufayli qarama-qarshi jinsga qiziqish paydo boʻladi. Xuddi shu davrda ular jinsiy aʼzolarning anatomik va fiziologik xususiyatlaridan boxabar boʻlishlari lozim.
J. t. jarayonini shartli ravishda bir nechta bosqichga ajratish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oddiy gigiyena malakalari va yurish-turish qoidalarini oʻrgatib borish, organizmni chiniqtirish muhim, chunki ularning jinsiy jihatdan rivojlanishi umumiy jismoniy rivojlanishiga bogʻliq. Bolalar tarbiyasi va parvarishida badanning erogen zona deb ataladigan (qarang Jinsiy hayot) joylari taʼsirlanmasligiga eʼtibor berish, ularga noqulay, tor kiyim kiygazmaslik, gijja kasalliklari boʻlsa, vaqtida davolatish zarur. Shu yoshdagi bolalarda, odatda, roʻzgʻor ishlariga qarashish istagi paydo boʻladi, ota-onalar bu istakni ragʻbatlantirib turishlari, oʻgʻil bolalardan qizlarga yordam berishni talab qilishlari lozim. Bolada javobgarlik, burch, boshqalarga mehr-muhabbat va hurmat bilan qarash hissini shakllantirib borish muhim. Bolalar uyda biror ish, maktabda esa tayinli bir vazifa bilan band boʻlishi J. t.da muhim ahamiyatga ega. Balogʻatga yetish davridagi J. t., birinchi galda, shu davrda oʻsmirning organizm va shaxsiyatida boʻladigan oʻzgarishlarni hisobga olishi lozim. Qizlar 12—14 yoshda, oʻgʻil bolalar esa 13—15 yoshda oʻsmirlikka qadam qoʻyishadi, bu davrda ularning ichki dunyosi boyib, endokrin bezlari, ayniqsa, jinsiy bezlarining faoliyati kuchayadi, asta-sekin jinsiy mayl uygʻona boshlaydi (qarang Balogʻatga yetish). Balogʻatga yetish jarayonida jinsiy ong qaror topa boshlaydi. Onalar sharqona feʼlimizdagi qon-qoniga oʻtib kelayotgan oriyat tuygʻusi, avlodlarning shaʼnini pok saqlash yoʻlidagi andisha tuygʻusi qizlar uchun javohirlardan ham yuksakroq ekanligini yoʻl-yoʻlakay uqtirib borishlari lozim.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin