Reja: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix03.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#92871
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


3-amaliy mavzu:Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. Bozor 
iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbеkistondagi 
xususiyatlari.
 
 
Reja: 
 
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. 
2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi. 
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari. 
4. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari. 
5. Bozorning turlari va tuzilishi. 
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun 
xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan 
amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi 
ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan 
shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. 
Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi 
shu bilan izohlanadiki
, uzoq davrli iqtisodiy 
evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib 
qoldi.
Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar 
shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul 
muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini 
ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti 
taraqqiyotining asosini tashkil etadi. 
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, 
ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin 
almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham 
shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular 
faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin 
narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin