Reja: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix03.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#92871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal 
qiladi. Uning asosiy belgilari: 
a) mulkchilikning turli shakllariga ya’ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa 
mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi; 
b) ka’ital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir 
qismi yirik mono’oliyalar va davlat qo’lida to’’lanib, milliy va xalqaro 
miqyosda 
umumlashganligi

v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-
texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, 
rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni 
tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi; 
g) xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, 
marketing tizimi orqali boshqarish); 
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga 
tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta fondlarining vujudga kelishi. 
2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi. 
Bozor iqtisodiyotiga yo’l tutgan har qanday mamlakat bu iqtisodiyotning 
qanday amal qilishini tushunib olish va oldiga qo’ygan vazifalarni muvaffaqiyatli 
hal qilish uchun iqtisodiyotning umumiy muammolari bo’lgan bir qator 
savollarga javob topishi zarur. 
1. Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur ? 
2. Qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur ? 
3. Kim uchun ishlab chiqarish zarur? - kabi har doim bo’ladigan umumiy 
muammolar shular jumlasidandir. 
Agar bu savollarni umumiy ravishda qo’yib, unga taraqqiyotning hamma 
bosqichlariga hos bo’lgan umumiy javobni beradigan bo’lsak ularni lo’nda qilib 
quyidagicha tushuntirish mumkin: 
- aholi ehtiyoji uchun zarur turda va miqdorda tovar va xizmat ishlab chiqarish; 
- mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiya asosida 
ishlab chiqarish; 


- aholi iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish deb javob berish 
mumkin. 
Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga o’zgacha javob beriladi. Bu 
javoblar bozor iqtisodiyotining o’ziga 
xos tarixiy xususiyatidan
, uning talablari va 
qonun-qoidalaridan kelib chiqadi. 
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida 
eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif 
nisbatiga bog’liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi 
yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi 
lozim. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin