3-ma’ruza Mavzu:Birinchi guruh, haqiqiy don ekinlari. Kuzgi g`alla don ekinlari (kuzgi bug`doy, arpa, javdar va suli) ning xalq xo`jaligidagi ahamiyati, botanik va biologik xususiyatlari hamda yetishtirish texnologiyasi. Reja: 1. Bug‘doy va uni yetishtirish texnologiyasi. 2. Arpa va uni yetishtirish texnologiyasi. 3. Suli va javdar, ularni yetishtirish texnologiyasi.
Ahamiyati. Bug‘doy dala ekinlari orasida eng ko‘p tarqalgan, qimmatli oziq-ovqat mahsuloti beradigan ekin hisobanadi. Bug‘doy donidan un, yorma tayyorlanadi. Donidan spirt, kraxmal, kleykovina, dekstrin, kley va boshqa har xil mahsulotlar olinadi.
Bug‘doy donining tarkibida 11-24% gacha oqsil bo‘lib, ekish sharotiga, naviga qarab o‘zgarib turadi. Bug‘doyning somoni va poxoli yem-xashak, yanchishdan chiqqan chiqindilari chorvachilikda ozuqa hisoblanadi.
Kelib chiqishi, tarqalishi. Bug‘doy qadimiy o‘simlik hisoblanadi. Uning vatani Osiyo mintaqasi. Chunki hozirgi vaqtda ham Armaniston, Gruziya, Ozarbayjonning tog‘li hududlarida bug‘doyning juda ko‘plab yovvoyi turlari uchraydi. U Misrda eramizdan oldin 6000 yil ilgari ekilgan. Kavkazorti, Evropa, Osiyoda eramizdan 4000 yil oldin ekilgan.
Hozirgi vaqtda dunyoda 216 mln gektar maydonda ekiladi (FAO, 1994). Bug‘doyni ko‘p ekadigan mamlakatlarga Rossiya, Xitoy, Hindiston, AQSH, Kanada, Argentina, Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlar kiradi. O‘zbekistonda 1 mln. ga atrofida ekiladi. Hosildorligi lalmi yerlarda 8-12 st/ga, suvli yerlarda 39 st/ga. Bug‘doy navlarining biologik imkoniyati yuqori.
Bug‘doy Triticum - avlodiga mansubdir. Bu avlodga 27 ta tur kiradi. Eng ko‘p tarqalgani qattiq va yumshoq bug‘doy. Bug‘doy issiqlikka uncha talabchan emas, urug`i +1 +20S da unib chiqadi, ammo harorat 12+150C bo‘lganda tez kunda ko‘karib chiqadi. Bug‘doy uchun muqobil harorat 18+200C. Kuzgi bug‘doyning navlari -100C va undan ham past sovuqga chidaydi. Qorsiz qishda bug‘doy -16-180C da nobud bo‘ladi. Foydali harorat yig‘indisi bug‘doy navlari va yetishtirish sharoitiga qarab har xil bo‘ladi. Bug‘doy namsevar o‘simlik, transpiratsiya koeffitsienti 450-600. Namning to`planishi, boshoqlash va gullash davrlarida ko‘p talab qiladi. Bug‘doy ozuqaga talabchan, 1 st. don va tegishli somon yetishtirish uchun 2,4-4,2 kg azot, 1,0-1,7 kg fosfor, 1,5-3,5 kg kaliy sarflaydi. Unumli, toza va tuproq muhiti rn-6,5-7,0 sharoitda yaxshi o‘sadi va rivojlanadi.
O‘zbekistonda ekiladigan navlari: Yonbosh, Marjon, Unumli bug‘doy, Baxt, Intensiv, Bezostaya-1, Spartanka, Skifyanka, Yuna, Surxak-5688, Tezpishar va boshqalar.
Yetishtirish. Bug‘doy shudgorga, qator oralariga ishlov beriladigan ekinlar, don-dukkakli va yem-xashak ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Kuzgi bug‘doyni ekish muddatiga 7-10 kun qolganda yer tayyor bo‘lishi lozim. O‘tmishdosh turi va tuproqning mexanik tarkibiga qarab yer shudgorlanadi, disklanadi, barona yurgiziladi va mola bosiladi.
O‘g‘itlash me`yori - yer haydashdan oldin 12-20 tonna go‘ng, 30-50 kg fosfor va 20-30 kg kaliy solinadi. Kuzgi bug‘doy qishlab chiqqandan keyin 30-50 kg azot va 30 kg fosfor solinadi. To`planish davrida yana 30 kg azot solish tavsiya etiladi.
Suvli yerlarda o‘rtacha 4-5 mln.dona urug` ekiladi. Ekish chuqurligi 3-6 sm. Ekish usuli yoppasiga qatorlab, tor qatorlab ekiladi. Kuzda sentyabrdan boshlab noyabrgacha ekiladi. Bahori bug‘doy fevralning oxiri mart oylarida ekiladi.
Kuzda bug‘doy kuzgi o‘suv davrida 1-2, bahorgi o‘suv davrida 2-4 marotaba sug‘oriladi. Begona o‘tlarga gerbitsidlar ishlatiladi. Hosil to‘kiluvchanligiga qarab maxsus kombaynlarda yig‘ishtirib olinadi. Don 14% namlikda saqlanadi.
Arpa unidan non yopiladi (bug‘doy unini qo‘shib), donidan yorma va pivo tayyorlanadi. Doni chorvaga to‘yimli yem sifatida ishlatiladi. Arpa donining tarkibida 7-15 % oqsil, 65% azotsiz moddalar, 2% yog‘, 5,0-5,5% to‘qima, 2,5-2,8% kul mavjud. Arpa bug‘doy bilan bir vaqtda ekila boshlangan. O‘zbekiston hududida qadimdan ekib kelinmoqda. Yer yuzida 16 mln.ga erga ekilmoqda. Suvli yerlarda 40-50 st/ga, lalmi yerlarda 10-15 st/ga don olinadi.
Arpa Nordeum sativum jessen - madaniy turiga kiradi. Bu tur 3 ta kenja turlarga bo‘linadi: ko‘p qatorli arpa, ikki qatorli va oraliq arpa. Dehqonchilikda ko‘p qatorli, ikki qatorli arpalar ko‘p ekiladi. Arpa o‘zidan changlanadi, o‘suv davri 60-110 kun davom etadi. Harorat 5-70C urug`i tez maysalanadi, maysasi 3-40C sovuqqa chidaydi. O‘sish va rivojlanish uchun talab qilinadigan foydali harorat yig‘indisi 1000-20000C. Arpa namsevar ekin, tuproq muhiti rn-6,5-7,5 bo‘lganda yaxshi rivojlanadi.
Ekiladigan navlar: Ayqor, Bolg‘ali, Mavlono, Afrosiyob, Gulnoz, Temur, Zafar, Lalmikor va boshqalar.
Arpa bug‘doydan, don-dukkakli, yem-xashak ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Tuproqqa ishlov berish bug‘doyniki singari amalga oshiriladi. O‘g‘itlash me‘yori: lalmi yerlarda 8-10 t.go‘ng, 40 kg fosfor, 60 kg kaliy, suvli yerlarda 20 t.go‘ng, 90-100 kg azot, 90-100 kg fosfor, 80-100 kg kaliy. Ekish muddati, usuli bug‘doy bilan bir xil. Ekish me‘yori bug‘doyga nisbatan 10-15% ko‘p bo‘ladi, ekish chuqurligi 4-6 sm. Ekinlarni parvarish qilish va hosilni yig‘ish ham bug‘doy bilan bir xil bo‘ladi.
Suli va javdarning doni oziq-ovqatda, yem-xashak, xomashyo sifatida ishlatiladi. Javdarning donida 9-17% oqsil, 52-63% kraxmal, 1,6-1,9% yog‘, sulining donida 12-13% oqsil, 40-45% kraxmal, 4,0-4,5% yog‘ mavjud.Doni tarkibida A,V,E vitaminlari bor. Chorvachilikda doni yem sifatida ishlatiladi.
Oraliq ekin sifatida ekilib, erta bahorda ko‘kat olinadi. Javdar va suli bug‘doy orasida begona o‘simlik sifatida tarqalgan. Dehqonchilikda bug‘doyga nisbatan kechroq ekila boshlangan. Javdar 11 mln.ga, suli 19,8 mln.ga erga ekiladi. O‘zbekistonda bu ekinlar asosan oraliq ekin sifatida ekiladi. Hosildorligi 15-45 st/ga don va 150-250 st/ga ko‘kat olinadi.
Javdarning ko‘p tarqalgan turi - Secale sereale L. Sulining avlodi 76 ta turni o‘z ichiga qamrab olgan, ulardan 5 tasi keng tarqalgan:
a) madaniy turlari - ekma suli. Avena sativa L va vizantiya sulisi Avena bizantina c/Koch.
b) yovvoyi turlaridan - qumli suli Avena fatua va janubiy ovsyug Avena Iudoviciana Dur ko‘p uchraydi.
Bu ekinlar issiqlikda talabchan emas, urug`i 2-50da unib chiqadi, muqobil harorat 18-200, maysasi 2-40S sovuqqa chidaydi. Ikkala ekin ham yorug‘sevar uzun kun o‘simligi, namsevar. Suvning to`planishi, gulto‘plam rivojlanish va gullash davrlarida ko‘p talab qiladi. Transpiratsiya koeffitsienti 450-600 atrofida. Ozuqaga talabchan, unumdor tuproqlarga ekiladi. Sulining navlari bahori, ammo O‘zbekistonda kuzda ham ekiladi. Javdarning navlari kuzgi va bahorgi bo‘ladi. O‘zbekistonda bahori javdar Vaxshskaya-116 va sulining Do‘stlik-85, Toshkent-1, Uspex, Uzbekskiy shirokolistniy navlari ekilmoqda.
Suli va javdar makkajo‘xori, kartoshka va boshqa dala ekinlaridan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Ekish muddati va usuli bug‘doy bilan bir xil, ekish me‘yori javdarda 3,5-5 mln dona, sulida 2,5-3,5 mln dona urug` ekiladi. Ekish chuqurligi 3-4 sm bo‘ladi. Bu ekinlar aksariyat holda oraliq ekin sifatida ekiladi, shuning uchun ko‘kati erta bahorda o‘riladi, so‘ngra rejadagi asosiy ekin ekiladi. Don olish uchun ekilgan bo‘lsa doni to‘la etilganda kombaynlar yordamida o‘riladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Haqiqiy don ekinlarining kuzgi va bahorgi formalari orasidagi farqlarini bilasizmi?
2. Kuzgi don ekinlarining qishda nobud bo‘lish sabablari va unga qarshi kurash choralari?