Marketing strategiyasi. Marketing strategiyasi mazmunini yoritishdagi boshlang‘ich nuqta bozorni segmentlash va maqsadli bozorlarni tanlab olish hisoblanadi. Har bir maqsadli segmentga, raqobatchilarning undagi o‘rnini hisobga oladigan alohida marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. Bunda umumiy yo‘nalishlar hamda marketing kompleksi har bir tashkil etuvchisining ichki strategiyasi
124.Mahsulotni baholash usullari
Javob Tovar murakkab tushuncha bo‘lib, bir qator xususiyatlar yig‘indisini qamrab oladi. Ulardan asosiysi iste’molchilik sifatlari, ya’ni tovarning o‘z egasi ehtiyojlarini qondira olishi hisoblanadi. Tovarning ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan ta’rifi - «sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli» to‘g‘ri bo‘lsada, tovarni pulga ayirboshlashdagi rolini emas, undan foydalanish imkoniyatlarining ahamiyatini ko‘rsatish muhim: tovar bu – ma’lum bir ehtiyojni qondirish vositasidir. Tovarning boshqa yana bir ta’rifiga ko‘ra – bu buyumning foydali xususiyatlari yig‘indisidir. Shu sababli u iste’molchilar ehtiyojlarini moddiy qondirish uchun zarur bo‘lgan barcha tarkibiy elementlarni avtomatik ravishda qamrab oladi.
Tovarning iste’mol qiymati tovarning o‘zi va unga qo‘shimcha xizmatlar bilan bog‘liq xususiyatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Korxonaning barqaror muvaffaqiyati uchun doimiy mijozlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarurligi sababli raqobatli bozorda tovar narxi, o‘rovi (qadoqlanishi), dizayni, ergonomik xususiyatlari va unga tegishli hujjatlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga avtomobil, traktor yoki stanok dizaynining ajoyibligi uni bozorda muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan himoya qila olmaydi.
Tovarlarni tadqiq etishning pirovard maqsadi bozordagi tovarlar sifati va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining xaridorlar so‘rov va talablariga mos kelishi, shuningdek ularning raqobatbardoshligini tahlil qilish hisoblanadi. Tovarlarni tadqiq etish iste’molchi nimaga ega bo‘lmoqchiligi, u mahsulotning qaysi iste’mol ko‘rsatkichlarini (dizayn, ishonchlilik, narx, ergonomika, servis, funksionallik) ko‘proq qadrlashi haqidagi ma’lumotlarni olishga imkon beradi. Shu bilan birga reklama kampaniyasi uchun eng omadli dalillarni olish, to‘g‘ri keluvchi savdo vositachilarini tanlash ham mumkin. Tadqiqot ob’ektlari – o‘xshash tovarlar va raqobatchi tovarlarning iste’mol xususiyatlari, iste’molchilarning yangi tovarlarga reaksiyasi, tovar assortimenti, o‘rovi, servis darajasi, iste’molchilarning istiqboldagi talablari hisoblanadi. Tadqiqot natijalari korxonaga xaridorlar talablariga mos ravishda o‘z tovar assortimentini ishlab chiqish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, tovar hayotiylik davrining bosqichlaridan kelib chiqqan holda faoliyat yo‘nalishlarini tanlash, g‘oyani izlab topish va yangi tovarlarni ishlab chiqish, tovar markalanishini takomillashtirish, firma stilini ishlab chiqish, patentlarni himoya qilish usullarini aniqlashga imkon beradi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovar yoki mahsulotni to‘g‘ri ko‘rsata bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda tovarning taxminiy narxi va uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar miqdorini ko‘rsatish tavsiya qilinadi. Ularga ko‘ra har bir tovar birligi keltirishi mumkin bo‘lgan foyda hajmini aniqlash mumkin.
Tovarning asosiy xislatlarini, uning dizayni va o‘rovining afzalliklarini aniq tavsiflash katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi tashqi va ichki bozorda sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar tovar xaridorlar talablarini qondira olmasa uni sotish uchun hech qanday hatti-harakatlar ko‘ngildagidek tijorat natijalarini bermaydi. Ishlab chiqarilayotgan tovarning bozor talablariga mos kelmasligi hozirgi kun sharoitlarida katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Tovarning «sotiluvchanligi»ni baholashning eng samarali usuli tanlangan bozorlarda sinov tariqasida sotish hisoblanadi. Bu birinchi navbatda shaxsiy iste’mol tovarlariga taalluqlidir. Bozor sinovlarini tashkil qilishning qiyinligi va qimmatligi sababli ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlarni sinov tariqasida sotish kamdan-kam amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlar, ayniqsa, mashinalar, asbob-uskuna va qurilmalarni iste’molchilarga bepul asosda sinash uchun etkazib berish tavsiya qilinadi. Bunday sinov natijalari korxonaga mahsulot raqobatbardoshligini oshirish uning texnik darajasi va sifatini eng yuqori bozor talablariga etkazishga imkon beruvchi muhim ma’lumotlarni beradi. Sinov natijasida olingan ma’lumotlar tovarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashdan avval unga zarur o‘zgartirishlar kiritish va uni muayyan bozorlarga moslashtirish uchun katta imkoniyat beradi. Sinov tariqasidagi sotuvlar to‘liq muvaffaqiyatsizlikka uchraganda tovar umuman ishlab chiqarishdan olib tashlanadi.
Bo‘limda mahsulot servisini tashkil qilish ham tavsiflanishi lozim (agar mahsulot texnik mahsulot bo‘lsa). E’tiborni tovarning kamdan-kam uchraydigan xislatlariga qaratish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi bozorni maksimal qondirish, o‘ziga xos iste’mol xususiyalariga ko‘proq e’tibor qaratgan ma’qul. Bu yo‘nalishda birinchi qadam o‘z tovarini to‘liq va yaxshi bilish, uning kutilayotgan xaridor uchun keltirishi mumkin bo‘lgan foydalaridan xabardor bo‘lish hisoblanadi.
Tashqi bozor uchun mo‘ljallangan tovarlarni tanlashda ichki bozorda sotuv natijalarini baholash katta foyda beradi. Tashqi bozor uchun mo‘ljallanuvchi tovarlar narx, estetika va funksiyalar nuqtai nazaridan o‘ziga xos baholashni talab qilishini yoddan chiqarmaslik zarur.
Inflyasiyani baholash
Investitsiya amaliyotida inflyasiya omili bilan muntazam hisoblashishga to‘g‘ri keladi. U vaqt o‘tishi bilan pul mablag‘lari qiymatini pasaytirib boradi. Inflyasiyaning (o‘rtacha narxlar indeksining) o‘sishi mos ravishda pulning xarid qobiliyatini pasayishiga olib keladi.
Inflyasiyani hisobga olgan holda investitsiya jarayonlarida pul oqimlarini to‘g‘rilash bilan bog‘liq hisob-kitoblarda ikkita asosiy tushuncha – pul mablag‘larining nominal va real (haqiqiy) qiymatidan foydalanish qabul qilingan.
Nominal qiymat pul mablag‘larining kattaligini pulning xarid qobiliyatidagi o‘zgarishlarni hisobga olmagan holda baholashni ifodalaydi.
Real qiymat esa pul mablag‘lari kattaligini inflyasiya jarayoni natijasida pulning xarid qobiliyatini yo‘qotishini hisobga olgan holda baholashni nazarda tutadi. Bunday baholashni pul mablag‘larining kelajakdagi qiymatini aniqlashda ham, hozirgi qiymatini aniqlashda ham qo‘llash mumkin.
Investitsiya faoliyati bilan bog‘liq moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarda inflyasiya quyidagi holatlarda hisobga olinadi va baholanadi:
pul mablag‘larining o‘sgan qimatini to‘g‘rilashda;
diskontlash uchun foydalaniluvchi foiz stavkasini inflyasiyani hisobga olgan holda shakllantirishda;
inflyasiya sur’atlarini hisobga olgan holda investitsiya daromadlari darajasini shakllantirishda.
Inflyasiyani baholash jarayonida ikkita asosiy ko‘rsatkich qo‘llanadi:
a) inflyasiya sur’ati (Tj) - ko‘rib chiqilayotgan davrda (n) o‘rtacha narx darajasining o‘sishini tavsiflaydi va o‘nli kasr bilan ifodalanadi;
b) inflyasiya indeksi (Ij) - ko‘rib chiqilayotgan davrda (n), 1QTj ko‘rinishida aniqlanadi.
1. Inflyasiyani hisobga olgan holda pul mablag‘lari qiymatining o‘sishini to‘g‘rilash (korrektirovka qilish) quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi: