Mavzu: XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG’RI KENGLIKNI TA’MINLASH.
REJA:
1.DINIY BAG’RIKENGLIKNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TUTGAN O’RNI
2.O’ZBEKISTONDA DINLARARO TOTUVLIK UMUMBASHARIY QADRIYAT SIFATIDA
3.DINLARARO TOTUVLIK VA MADANIYATLARARO MULOQOT: O'ZBEKISTON TAJRIBASI
1.DINIY BAG’RIKENGLIKNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TUTGAN O’RNI
Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanadi. ular odamlarni to'g'rilik, soflik, shafqat va bag'rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi.Diniy bag'rikenglik g'oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo'lgan adolat tantanasiga erishishga da'vat etadi.
Dostları ilə paylaş: |