tarmoqlari mavjudki, ularning yutuqlaridan ham dinshunoslik fanini o’qitish va
o’rganishda foydalanish mumkin.
Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston
Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish
vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas.
Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga tajovuzkor hujum etish uslubining
salohiyatsizligi hamma ochiq-oydin bo’lib qoldi. Lekin keyingi paytda paydo
bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-
biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini
oqlamaydi.
O’zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan va
jahon hamjamiyatidan ajralib yashagan bir davrda, /arbda XIX asrning
o’rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab
ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tadqiqotchilar bu
yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassislarni etishtira boshladilar.
Din – e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin
shaxsni xar qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo’yib
bo’lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson dinga o’z shaxsiy munosabatini
belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur.
Bunday axborot ko’p qirrali bo’lmog’i, birovning g’arazli sharhisiz asl matnlar
shaklida bo’lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida
mutaxassis bo’lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon
axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo’lgan sharoitlarda
o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning obro’sizlanishiga yoki
o’quvchini noto’g’ri tasavvurga ega bo’lishiga olib keladi.
Din va qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat
poydevorini mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonuni turli diniy jamoa
a’zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to’la ma’lumot beradi.
O’quvchilarda qonunga hurmat hissini, o’zininggina emas, boshqalarning ham
diniy his-tuyg’ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o’z shaxsiy
fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish g’ayriqonuniy xatti-harakat
ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik, tajovuzkorlikka yo’l
qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi.
O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir
sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning
yuksak madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir.
Dinlar tarixi xalqlar tarixi bilan bevosita bog’liqdir. Binobarin, jamiyat
taraqqiyotining har bir bosqichida iste’dodli, qobiliyatli
olim va shoirlardan
iborat xalq farzandlari etishib chiqib o’z ilg’or fikrlari bilan din, fan va
madaniyatning turli sohalarini rivojlantirib hurfikrlik mazmunini boyitganlar.
Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda
taqdiri, insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan,
uni yaratgan, ayni vaqtda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini
ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga, ishonch va ishonishni ifoda
etadigan maslak, qarash, ta’limotdir.
Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy
tashkilotlar faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini
tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat
paydo bo’lgandan to bizgacha bo’lgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir.
Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan
ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din umumiy nuqtai nazarga ko’ra ishonch tuyg’usidir. Bu tuyg’u
insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridan biridir. Dunyoda
dini, ishonchi bo’lmagan xalq mavjud emas.
Xalq dinsiz, biron-bir narsaga
ishonchsiz yashay olmaydi.
Sostiologik nuqtai-nazarga ko’ra din jamiyat uchun zaruriy narsa,
ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga
keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi.
Sobiq Ittifoqning barcha oliygohlarida boshqa ijtimoiy fanlar qatori
«Ilmiy ateizm» (a-inkor, teo-xudo) kursi o’qitilib kelinar edi. Uning dasturida
dinlarning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, mohiyati
va jamiyatda tutgan
o’rnini tahlil qilishga nisbatan marksistik dahriylik ta’limotiga keng o’rin berilar
edi. Bu holat dahriylik ta’limotining mazmunini, ijtimoiy ongdagi tutgan o’rnini
ortiqcha baholashga sabab bo’lgan.
Din, diniy tashkilotlar, dindorlarga nisbatan qo’llanilgan sovet siyosati
din xususidagi ilmiy tamoyillarni buzilishiga sabab bo’ldi. Siyosatning asosiy
maqsadi dinni, diniy tashkilotlarni ijtimoiy hayotdan tezroq chetlashtirish va
ularni qattiq nazorat ostida ushlab turish edi. Bu esa jamiyatni tez orada emirilib
ketishiga asos bo’ldi.
2.Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxs va jamiyatga ta’sir
qilish yo’li va tabiati nazarda tutiladi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy,
ma’naviy-ruhiy vazifalari quyidagilardan iborat: