Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 73,04 Kb.
səhifə1/11
tarix20.11.2023
ölçüsü73,04 Kb.
#164448
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari-fayllar.org


Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari


Mavzu: Dinshunoslik fani predmeti va vazifalari.


Dinning kelib chiqishi va ibtidoiy shakllari. 
Reja: 

1.Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. 

2.Dinning ijtimoiy vazifalari. 

3.Ilk diniy tasavvurlar va din shakllari. 


1.Dinshunoslik fanini o’qitishdan maqsad – kishilarda dinning kelib


chiqishi, evolyustiyasi, hozirgi davrdagi holati, insoniyat hayotida tutgan o’rni 
haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat.
Kursning vazifasi – kishilarda din to’g’risida bilim berish orqali kurs 
doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini
qo’llab, ularda diniy qarashlar taraqqiyotga, insonni kamolotiga xizmat 
qiladigan jihatlarni ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy
dunyoqarashga asoslangan iymon va e’tiqodni shakllantirishdan iboratdir. 


Ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug’, qabila va milliy dinlargachyaa, 

ularda jahon dinlarining paydo bo’lishi va rivojlanishining ijtimoiy gnoseologik

(nazariy bilish) va psixologik ildizlari mavjuddir. Ana shularni har tomonlama 

tarixiy dalillar asosida ilmiy tahlil qilish mazkur kursning yana bir 

vazifalaridandir. 

Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz 

uchun nisbatan yangi bo’lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Uni o’rganishda 

chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish, chet ellik mutaxassislarning ilmiy tajriba 

va asarlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Movaraunnaxr hududida VIII asrdan boshlab islom yagona hukmron 

dinga aylanganligi sababli uning shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi

madaniyat va ma’naviyatni boyishiga qo’shgan hissasi xususida yoshlani ilmiy, 

falsafiy bilimlar bilan qurollantirish ko’zda tutiladi. Milliy va diniy 

qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlariga 

uyg’unlashishi, 

hozirgi 

mustaqil 

O’zbekiston sharoitidagi ahamiyati 

tushuntiriladi. Dinshunoslik fanining mazmuni talabalarda din, uning turli 

shakllari, ta’limotlari, yo’nalishlari, mazhablari haqida to’g’ri ilmiy xulosalar 

chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila 

oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunga erishishda 

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 

to’g’risida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon 

erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo’lib xizmat qiladi. 

Eng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi 

faylasuf olimlar diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga ta’rif va tavsiflar 

berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din 

falsafasi yo’nalishi shakllangan. Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa 

bo’lgan dinni inson ruhiyati bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning 

natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Dinshunoslik 

asoslarini o’rganishda psixologiya fanining ko’p sonli yutuqlariga suyanish 

muhimdir. 


Yüklə 73,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin