Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 73,04 Kb.
səhifə9/11
tarix20.11.2023
ölçüsü73,04 Kb.
#164448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari-fayllar.org

7)Shomonlik. Shomon so’zi tunguscha so’z bo’lib «jazavali kishi»
degan ma’noni anglatadi. Bu so’z keyinchalik butun sibirga, so’ngra Evropaga 
tarqalib, xalqaro atamaga aylangan.

Shomonlik ibtidoiy jamoa tuzumi emirilayotgan davrda jahonning bir 

talay xalqlarida vujudga kelgan eng qadimgi binlardan biridi, bu dinning 

ruhoniysi shomon hisoblanadi. Shomonlar o’z qavmlariga, odam yaxshi va 

yovuz arvohlar panohida, homiyligida yashaydi, odamning sog’ligi, baxti va 

taqdiri shularning qo’lida deb tushuntiradilar. 

Shomonlar odamlar va ruhlar o’rtasida vositachilik qilaolish qudratiga 

ega bo’lgan kishilardir. Ular kelajakni oldindan aytib berish, uzoq joylardagi 

voqealarni bilish, kasalliklarni daf etish, tabiat hodisalarini o’zgartirish, 

marhumlarni narigi dunyoga kuzatib borish kabi hislatlarga ega bo’lgan 

ruhoniylardir. Ular g’ayritabiiy qobiliyatga ega bo’lib, ashula aytish, raqsga 

tushish, nog’ora, childirma chalish yo’li bilan jazavaga tushib, yovuz va saxiy 

ruhlar bilan bevosita munosabatda bo’laolganliklari uchun kasalliklarni 

davolash, fol boqish va boshqa amallarni bajarishgan. 
Tajribali shomonlar odamda iste’odoli ginozchi, folbin, ko’zboylog’ich, 
qo’shiqchi, shoir, baxshilar bo’lishgan. Ular bemalol ruhlarni chaqiraolar, ularga
iltimoslar, iltijolar qilar, xatto ular bilan kurashaolar edilar. Shomonlar urug’-
qabilaning obro’li homiysi, qo’riqchisi, ruhi bo’lganlar.
Shomonlikka da’vogar bo’lgan odam «shomonlik kasali»ga yo’liqishi, 
xususan ruhiy kasalga uchrashi kerak. Ruhlar bunday odamni o’ldirib, so’ng



boshqa qiyofada, boshqa sifatda tiriltirib, qaytadan yaratadilar. Shomonlik


iqtidori nasliy hisoblangan. 


Turli xalqlarning shomonlari turfa rasm-rusumlarga rioya qilishgan, xar 

xil kiyinishgan, muqaddas buyumlar va ruhlar to’g’risidagi tasavvurlari ham 

rang-barang bo’lgan. Masalan, Janubiy Sibir xalqlarida shomonlarning maxsus 

belgilari: qo’ng’iroqli childirmalari, nog’oralari, surnaylari, turli buyumlar 

osilgan maxsus kiyimlari va o’z marosimlari bo’lgan. Shomonlik jahon 

dinlarining shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan. Hozirgi vaqtda 

ham inson oyog’i etishi qiyin bo’lgan chet o’lkalarda qisman saqlanib qolgan. 


Neolit davridagi yutuqlar odamlarning turmushini, ularning ta’sir 


etadigan barcha sohalarini tubdan o’zgartirdi. Odam o’simliklarni o’stirish, 

ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o’rgandi. Bu esa odamni o’troq hayot 

kechirishga majbur etdi. Qadimda hayvonlarni qo’lga o’rgatdi hamda ular 

berayotgan mahsulotdan foydalanishni o’rgandi. Bu nafaqat go’sht, balki sut va 

teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamni yangi 

muhim materiallarni o’zgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklarni 

saqlash uchun mo’ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni 

tayyorlashga o’rgandi. Neolit davri yuqori paleolitdan keskin farq qiladi. Shu 

jumladan tosh buyumlarini silliqlash va sayqal berish – bu esa muhim farq 

bo’lib ushbu farq davrga nom berdi. 

Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkoniyatlarini berdi. 

Dehqonlar zich va ko’pchilik guruhlar bilan o’rnashardi. Dushmandan hamda 

yovvoyi hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik 


Yüklə 73,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin