Diqqat haqida tushuncha va diqqatning nerv - fiziologik asoslari
REJA:
1. Diqqat haqida tushuncha va diqqatning nerv - fiziologik asoslari
2. Diqqat turlari va ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat
3. Diqqatning xususiyatlari
Shaxsning ayni chog`dagi psixik faoliyati, ya`ni ehtiyojlarining yig`indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko`p tashqi qo`zg`ovchilar ta`sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo`zg`alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo`zg`atuvchilarning o`zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma`lum ob`ektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi.
Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi.
Odamga xar bir daqiqada atrof-muxitdan juda kup narsa va xodisalar ta’sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va xodisalaryaing hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari anik yakkol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning kay darajada karatishiga bog’likdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va xodisalar anik; va tula aks ettiriladi.
Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo`linadi:
1. Ixtiyorsiz diqqat;
2. Ixtiyoriy diqqat;
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi.