Sun’iyintellektrivojlanishiningyo’nalishlari Hozirgi vaqtda sanoat sohalari gurkirab rivojlangan mamlakatlarda (bu mamlakatlar uchun «ilm-xajmiy maxsulotlar» katta solishtirma ogirlikka egaligi bilan xarakterlanadi) kompyuterlarini intellektuallashtirish buyicha yaratishlarning yuqori darajada ekanligi ko’zatilmokda. 80-yillarning boshigacha EXMlarni intellektuallashtirish, asosan tadqiqot, tajriba xarakteriga ega edi. Dunyoda bu tadqiqrtlarni olib borish uchun EXMlarning intellektual imkoniyatlarini kengaytirish buyicha muammo-larni echish yuli belgilandi, bu yuldagi kiyinchiliklar aniqlandi va ularni engib o’tish usullari kursatildi. 1985 yilda jaxon bozorida (Rossiyadan tashqari) intellektual tizimlar 350 million dollarni (ularni yaratish narxini xam kushib xisoblaganda) tashkil etdi. 1990 yilda esa bu xisob 19 milliard dollarga chikishi ko’zatildi, ya’ni misli kurilmagan usishga erishildi. Bunday katta mablag’ni faqat iqtisodning turli sohalari (xujalik ishlab chiqarish, xarbiy) ga intellektual tizimlarni keng qo’llash orqaligina sarflash mumkin.
Intellektual tizimlar (aniqrogi, amaliy sun’iy intellekt tizimlar) ichida ekspert tizimlar muam-mosi ETlarni yaratish texnologiyasini va bilimlar injeneriyasini uzida mujassamlashtirgan aloxida yo’nalish bo’lib tashkil topdi. Gartner Group Inc (AKJ1I) firmasining ma’lumotlariga kura tayyor ETlarning bozor xajmi 1986 yilda 12 million dollarni, ETni yaratishning instrumental vositalariniki 15 million dollarni tashkil etgan, 1990 yilda esa bu ko’rsatkichlar 350—275 million dollarga etdi.
IBM (AKSH) firmasi 1986 yilda xar xil bosqichda yaratilayotgan 70 ta ETga ega edi. Yirik amerika firmalari uzlarining korxonalari (Apolo Computer, Data General Sperry, DEC) da mexnat unumdorligini kutarish uchun ETlarni keng mikyosda yaratib qo’llay boshladilar. DEC firmasi mutaxassislarining ma’lumotiga ko’ra, yaqin orada bu firmada yaratiladigan tizimlarning 30%iga yaqinini sun’iy intellekt tizimlari tashkil qiladi. Yapon mutaxassislari taqlif kilgan, 5-avlod EXMlari loyixasiga ko’ra ETlar bu yangi xisoblash texnikasining asosiy qo’llanish sohasiga aylanadi. 1984 yilda Buyuk Britaniyada sun’iy intellekt muammosini xal qilishga yunaltirilgan Tьyuring instituta ishga tushdi. Evropa o’zaro yordam komissiyasi bu muammoni xal qilish «Esprit» loyixasini ishlab chiqayap-ti. Bu loiyxa doirasida uchta yirik komьpyuter firmalari bo’lgan Compagnie Machines Bull (Frantsiya), ICh (Buyuk Britaniya) va Siemens AG (GFR) lar bilimlar bazasiga asoslangan tizimlarni yaratishga yunaltirilgan birlashgan tadqiqot institutini tuzdilar.
Muammoni xal qilishga karatilgan, oxirgi yillarda yaratilgan ETlarning taxlili shuni kursatadiki, yaratuvchilarning asosiy kuch-gayrati, sanoat va konstruktor- texnologik korxonalarda samarali qo’llanuvchi siste-malar yaratishga karatilgan. Bunday qo’llanuvchi ET lar nafaqat an’anaviy tizimlar (I avlod ETlari) masalalarini, balki boshqaruv masalalarini, berilgan axborotni, apparat va maxsulot parametrlarining xisobini echadi.
Foydalangan adabiyotlar.