musiqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji» ikki qism, muqaddima va 1018 yulduzning o`rni
va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
Ana shunday olimlardan biri G`iyosiddin Jamshid al-Koshoniy (1430 yilda vafot etgan) bo`lib, u yirik
riyoziyotchi va falakiyotchidir. Uning asarlari «Miftoq ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-muhitiya» («Doira
haqida risola») va boshqalardir. XVI asrdan boshlab evropa mamlakatlarida uning kashfiyotidan foydalana
boshladilar.
Tarihda Ali Qushchi nomi bilan mashhur bo`lgan Alouiddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474)
Ulug`bekning shogirdidir. U ilmiy ishlarini falakiet va riyoziyot sohasida olib bordi. Uning asarlari: «Arifmetika
ilmi haqida risola», «Mantiq risolasi», «Astronomiyaga oid risola» va boshqalardir.
Ali Qushchi «Astronomiyaga oid risola»sida Oy va Quyosh tug`ilishi qonuniyatlarini ilmiy asoslab
berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatlarini o`rgandi, jismlar harakati
va ularning oddiydan
murakkabga o`tishi to`g`risida o`z fikriniilgari surdi.
Umuman shuni ta`kimlash lozimki, Ulug`bek va u asossolgan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni
o`rganishda muhim rol o`ynaydi, o`sha vaqtgacha fanga ma`lum bo`lmagan hodisalarni idroq qilib, inson
aql-zakovatining bilish imkoniyatlarini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali ta`sir
ko`rsatdi.
O‘rta asr mumtoz adabiyotining vakili, ulug` shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) dir.
Jomiyni Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asarlar «Nafaqot ul-uns», «Hujjat ul-asror»,
«Musiqa haqida risola», «Naqshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yo`llari haqida risola»,
«Bahoriston» va boshqalardir.
Jomiyning eng yirik asari «Haft avrang» bo`lib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-abror», «Yusuf va
Zulayho», «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», «Salamon va Absol», «Xiradnomayi Iskandariy» dostonlari
kiradi.
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham xudo abadiy, mutlaq va dunyodagi hamma
narsalarning sababchisidir, xudo mavjud bo`lganda, borliq yo`q edi, dunyo o`zining boshlang`ichini Ollohdan
olgan, demak, xudo hamma narsaning yaratuvchisidir, deb hisoblaydi.
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo`shgan siymolardan biri, ulug` o`zbek shoiri va mutafakkiri
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taaduqli bo`lib, otasi G`iyosiddin kichkina
Shahrisabzdan Qobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda
Husain Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, dastlab muhrdor, so‘ng vazir etib tayinlandi.
Shoir
mamlakat obodonchiligi ravnaqi va osoyishtaligi yo`lida ko`p ishlar qildi. Maktab, madrasa, masjid va xonaqolar,
ko`prik, rabotlar, shifoxonalar qurdirdi, muhtoj va kambag`allarga yordam berdi, olimu shoirlarga homiylik
qildi.
Naviy ijodi boy bo`lib, asarlari turli mavzularga bag`ishlangan. «Xamsa» ya`ni «Hayrat-ul abror», «Farhod
va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut-tair»,
«Majolis-un nafois», «Mahbub-ul qulub», «Holati pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-
lug`atayn» va boshqalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Hazoyyinul maoniy» («Ma`nolara xazinasi») nomli she`riy
to`plam yaratgan bo`lib, g`azal, ruboiy, qit`a va fardlardan tashkil topgan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy
tarzda, badiiy o‘xshatish va ramziy iboralar o‘rdamida, zohiriy va botiniy ma`nolarda bayon qilinadi.
Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g`oyasi muhim o`rinni egallaydi - shoirning
«Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlarining asosiy
qahramonlari Iskandar, Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqalar komil inson sifatida talqin qilinadi. Ular
mehnatsevar, o`z kasbini ustasi, doimo o`zgalarga
yordam beruvchi, shijoatkor va jasur, aqlli va bilimdon,
saxovatli, to`g`ri so`z, sofdil, kamtar, o`zida xulq-odob, adolat, sabr-toqat, nafsni tiyish, olijanoblik kabi fazilatlarni
mujassamlashtirgan shaxslardir.
Navoiy xalq orasida inson‘arvarlik g`oyalarini tarqatdi, turli millat va elatlar o`rtasidagi do`stlikni
ulug`ladi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar singari, mukammal jamiyat haqida fikr yuritdi. Xalqni
farovonlikka, baxt-saodatga eltuvchi, hamma teng, zulm-istibdoddan holi bo`lgan davlat tuzumini orzu qildi.
U ilm-fan egallashni afzal bildi, mol-mulkka, boylikka hirs qo`yishni, tamagirlikni qoraladi. Navoiyning
yaxshilik, ezgulik,
muhabbat, do`stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go`zal fazilatlar, ma`naviy-axloqiy
qadriyatlar to`g`risidagi qimmatli fikrlari, nasihatomuz so`zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng
ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Temur avlodidan bo`lgan Zahriddin Muxammad Bobur(1483-1530) o`sha davrning eng ma`rifatli
podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tug`ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan
saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind dieri gullab yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko`tarildi.
Hindistonning XX asrdagi eng atoqli kishilari Mahatma Gandi va Javaharlal Neru Jahon, Avrangzeb va Akbar kabi
temuriyzodalarga juda katta baho berganlar.
Sharq istilosi bilan bog‘liq uyg‘onish harakatlari: osiyotsentrizm, panturkizm, panislomizm,
ma‘rifatparvarlik va jadidchilik ta‘limotlari
.
CHunki aynan ХХ asr bоshlarida shakllangan jadidchilar harakati
―jamiyatni ma‘rifat оrqali yangilash‖ g‘оyasini ilgari surganlar, Bеhbudiy, A.Avlоniy, A.Fitrat
kabilar bir guruh
yoshlarni chеt elga o‘qishga yubоrib, yangi avlоd ziyolilarini tarbiyalashga o‘zlarining munоsib hissasini
qo‘shganlar.
Shu bоis, 1917 yilda bоlshеviklar partiyasi g‘alaba qоzоnib, dunyo хaritasini katta Sоvеt ittifоqi degan
mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmrоnlik qilsada, O‘zbеkistоnda falsafiy fikr rivоji to‘хtab
qоlgan emas.
Falsafaning fidоyilari yangi qarоr tоpgan siyosiy tizimda yashab, ishlab va juda ko‘p sinоvlardan o‘tishlari
lоzim bo‘ldi. Ayrim ziyolilar chеt elga qоchib kеtdilar, ko‘pchilikda esa marksizm g‘оyasining haqiqiy
insоnparvarligiga qat‘iy ishоnch shakllandi va shu bоis shu yo‘nalishda faоliyat оlib bоrdilar. Birоq muayyan
darajada sоvеt mafkurasi ta‘siri bo‘lsada, o‘tgan asrda o‘zbеk falsafasi to‘rt yo‘nalishda Mirzо Ulug‘bеk nоmidagi
O‘zbеkistоn Milliy univеrsitеti falsafa fakultеti, O‘zbеkistоn Fanlar Akadеmiyasining falsafa va huquq instituti,
vilоyatlar оliy o‘quv yurtlari falsafa bo‘limlari, O‘zbеkistоn falsafa jamiyati va O‘zbеkistоn faylasuflari milliy
jamiyati faоliyatida namоyon bo‘ldi va оlimlar o‘z falsafiy qarashlarida davrning ruhini ifоda eta оldilar.
Darhaqiqat, I.A.Karimоv aytganlaridеk, ―Оdam qancha chuqur bilimga ega bo‘lsa, dunyoni yaхshi bilsa, yon atrоfda
bo‘layotgan vоqеalarni to‘g‘ri anglay оlsa, shundan kеyingina unda g‘urur-iftiхоr bo‘ladi. Shundagina, juda
murakkab, tahlikali davlarda ham ko‘pchilik
unga murоjaat qilib, maslahatlashadi. Maslahat kimdan so‘raladi –
avvalоmbоr, salоhiyatli оdamdan, katta falsafiy bilim va intеllеktual bilimga ega bo‘lgan kishidan.‖
23
. SHunday
ekan, O‘zbеkistоndagi ijtimоiy siyosiy jarayonlarni tushunishda va ularning mоhiyatini tushuntirishda yurtimiz
faylasuf-оlimlarining хizmati ham katta.
Dostları ilə paylaş: