Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


Abu Ali ibn Sino (980-1037)



Yüklə 292,37 Kb.
səhifə21/44
tarix19.12.2023
ölçüsü292,37 Kb.
#185887
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Mavzy №1. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li -fayllar.org

Abu Ali ibn Sino (980-1037). O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir. Buxorolik Ibn
Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir. Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,‖Donishnoma‖,
―Xay ibn yakzon‖ayniqsa keng dovruq qozongan.
4
Farabi. Kitab al-Хuruf. – Dushanbе: Ilm, 1972. – 25-b
5
O‘sha manba, –B. 36
6
Абу Райхон ал-Бируни. Избранние произведения в 6 т. -T. 3. –T.: 1963. –S. 44.
7
Хайруллаев М. Философское наследие народов Средней Азии и борба идеи.- Фаргона, 1988.- С.39.
8
Қаранг: Абу Райхон Беруни. Избранние произведения. В 6-т. Т. 3. – Т.: 1963. – 57-б.
9
Абу Райхон Беруни. Избранние произведения. в 6-т. T. 3. – T.: 1963. – B.260.
10
O‘sha manba, -B. 340.



Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma‘noda qomusiy bilimlar


egasi bo‘lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning ularni tadqiqot ob‘ektlariga ko‘ra ajratishga asoslangan
tasnifini taklif qilgan.
Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi va inson ularni anglab etishga
qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan.
O‘sha davrda u shug‘ullanmagan fanning o‘zi bo‘lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, Ibn Sino falsafa,
xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan.
Ibn Sino moddiy dunyo predmet larini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning ob‘ektiv tabiatini tashqi
moddiy dunyo intiqosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e‘tirof etadi.
Alloma sezgini materiyaning oliy shakllari bilan bog‘laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi
hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi
11
.
Ibn Sino neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir a‘zosisiz idrok etadi, degan ta‘limotini
asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok etiluvchi narsalarni hech qanday
organlarsiz bevosita sezadi, deb faraz qilganlar. Muhitga kelsak, bu, masalan, ko‘rish uchun muhit bo‘lib xizmat
qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu, ko‘rish organi bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘zdir. Biroq ular haqiqatdan uzoqdir,
chunki hissiy idrok etish jonning o‘zida bu organlarsiz yuz berganida, mazkur organlar behuda yaratilgan bo‘lib
chiqar, ulardan hech qanday naf bo‘lmas edi», deb yozadi va so‘zining davomida neoplatoniklarning qarashlari
asossiz ekanligini ta‘kidlab, haqiqat sezgilar tana a‘zolariga muhtojligidadir,
12
degan xulosaga keladi.
Ibn Sino sezgilar va sezgi organlari haqida gapirar ekan, u yoki bu sezgining yuzaga kelish mexanizmini
ilmiy tushuntirishga harakat qiladi. Uning fikricha, hech qanday jism o‘z holicha ovozga ega bo‘lmaydi. Ovoz ikki
jism to‘qnashganda havo va harakatning tebranishi natijasida yuzaga keladi. Bu to‘lqinlar juda tez tarqaladi. Ular
quloqqa yetgach, tebranuvchi havo eshitish nervlariga tegadi va ular bundan jonni xabardor etadi
13
. Bu tavsif ancha
sodda bayon etilgan bo‘lsa-da, hozirgi tasavvurlarga mos keladi. Shuningdek, Ibn Sino sezgilarni hali ob‘ektiv
dunyoning sub‘ektiv obrazi sifatida idrok etmaganidan dalolat beradi. Sezgilarni tashqi ta‘sirning organizmdagi
harakati sifatida tushuntirar ekan, Ibn Sino uni mexanik talqin qiladi.
Ibn Sino ko‘rish haqidagi ta‘limotni ishlab chiqdi. Ko‘rish jarayonini tushuntirar ekan, u ayni vaqtda
Platonning bu boradagi ta‘limoti asossiz ekanligini ko‘rsatadi. Ibn Sino yorug‘likni ko‘rishning asosiy vositasi
sifatida alohida qayd etadi
14
.
Alloma sezgilarni va tuyg‘ularning barcha shakllarini o‘rganib, ularning fiziologik asoslarini, ya‘ni miya
tuzilishida sezgi markazlarining joylashuvini tushuntirishga harakat qildi. Miyani aks ettirish faoliyatining bosh
apparati deb talqin qilib, Ibn Sino hissiy bilish shaklini miya bilan bog‘ladi va uni idrok etish va sezish asosi
15
deb
e‘tirof etdi.
Ibn Sino ta‘limotiga ko‘ra, intiqo faqat aks ettiruvchi tizimga bog‘liq emas. Sezish markazi miyaning old
qismida, tasavvur qilish markazi – miyaning o‘rta qismida, eslab qolish qobiliyati – miyaning orqa qismida
joylashgan. «Kitob un-najot» asarida Ibn Sino har bir sezgining fiziologik asoslarini tadqiq etar ekan, hissiy bilish
jarayonida asablar muhim rol o‘ynashini qayd etadi. Uning fikricha, miya asablar vositasida sezgilar va harakatlarni
insonning boshqa a‘zolariga uzatadi. Asablar miya uchun o‘tkazgichlar bo‘lib xizmat qiladi
16
. Umumiy ma‘lum
tasavvurga ko‘ra, asablar bosh miyada boshlanadi va ularning tarmoqlari terining yuza tomonida tugaydi
17
. Ko‘rib
turganimizdek, Ibn Sino hissiy bilishning fizik va fiziologik asoslarini ilmiy yo‘l bilan tushuntirishga harakat qiladi.
Ibn Sino O‘rta Osiyoning boshqa mutafakkirlari kabi tasavvurni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Ibn Sinoning
falsafiy merosini qiyosiy o‘rganish tabiatni hamda tasavvurning gnoseologik funksiyasini tushunishda u asosan
yagona yondashuvga tayanganini ko‘rsatadi. Ibn Sino tasavvurning kuchi shundaki, umumiy sezgiga kiruvchi
hamma narsa bizning sezgilarimizgacha yetib boradi, deb qayd etadi
18
.
Shunday qilib, Ibn Sino fikriga ko‘ra, tasavvurning gnoseologik funksiyasi shundan iboratki, u tashqi
narsalarning obrazlarini gavdalantiradi, hissiy idrok etiluvchi narsalar yo‘qolganidan keyin ham ularni xotirada
saqlab qoladi.
Ibn Sinoning fikricha, mohiyat uch tarzda namoyon bo‘ladi. Birinchi – narsa sezgilarda ularni kuzatish
jarayonida aks etadi. Bu yerda narsalarning sezgi organlarida bevosita aks etishi nazarda tutilmoqda. Ibn Sino
in‘ikos kontseptsiyasini bilish jarayoni sifatida qayd etar ekan, bilish darajalari to‘g‘risidagi masalani ko‘taradi.
Ma‘lumki, bu mo‘ljal yangi davr falsafasida ishlab chiqilgan va nemis klassik falsafasida o‘zining tadrijiy yakunini
to‘gan.
11
Qarang: Ибн Сино. Трактат о разделении существующих вещей. – Т.: Шарк, 1983. – 128-б.
12
Ибн Сина. Книга исцеления. – Т.: Фан, 1967. – 265-266-б.
13
Qarang: Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан.1996 – С 260-261.
14
Qarang: Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. – S 224.
15
Qarang: Ibn Sina. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. С– 38.
16
Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. –С.41
17
O‘sha manba, –B. 99.
18
Qarang: Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 264-b.



Ikkinchi – ob‘ektiv borliqda amalda mavjud bo‘lmagan narsaning mohiyati anglanadi


19
. Bu yerda formal
ahamiyat kasb etuvchi va moddiy borliq bilan bog‘lanmaydigan ideallashtirilgan ob‘ektlar mohiyatini bilish nazarda
tutiladi. Bu mohiyat inson aqlining ijodiy qobiliyatini namoyon etadi.
Uchinchi – narsa obrazi muayyan sharoitlarda biluvchining jonida aniq aks etishi mumkin. Bu tamoyilda
narsani sezgi bog‘liq bo‘lgan aloqalardan mavhumlashtirish imkonini beruvchi abstraktsiyaning kuchi qayd etiladi.
Bunda narsaning obrazi uning substrati mavjud emasligiga qaramay aks etishi mumkin.
Shundan kelib chiqib, Ibn Sino oqilona bilishda abstraktsiya muhim rol o‘ynashini qayd etadi. «Bilish narsa
obrazini mavhumlashtirishning ayrim o‘zaro bog‘langan bosqichlaridan iborat jarayon bo‘lib, uning natijasida
biluvchining ongida predmet ning mohiyati va xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha vujudga keladi. Bunday
mavhumlashtirish bosqichlari to‘rtta».
20
.
Ibn Sino «umumiy sezgi»ni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Uning fikricha, umumiy tuyg‘u – bu miyaning old
qismida joylashgan kuch bo‘lib, u besh sezgida aks etuvchi barcha shakllarni va ular uzatuvchi kuchni mustaqil
qabul qiladi
21
. Binobarin, Ibn Sino fikriga ko‘ra, sezgi organlari yordamida olingan tuyg‘ular umumiy sezgi
vositasida birlashtiriladi va narsaning hissiy obrazi yaratiladi.
Obraz deganda alloma narsaning tashqi xususiyatlari va xossalari, materiyaning aktsidental tomonlari
yig‘indisini tushunadi. Masalan, inson va uning obrazi haqida so‘z yuritar ekan, u shunday deb yozadi: «Uning
obrazi bu uning uzunligi, kengligi, sifati, miqdori va uning holati, ya‘ni inson bilan bog‘liq barcha narsalardir»
22
.
Ibn Sinoning yuqorida bayon etilgan g‘oyalari ilmiy tafakkur shakllanishining keyingi davrlarida
rivojlantirildi va yangi natijalar bilan boyitildi.
Shunday qilib, bilish jarayoni pirovard maqsadi ob‘ektlar mohiyatini bilishdan iborat bo‘lgan murakkab
jarayondir. O‘rta asr Markaziy Osiyo mutafakkirlari asosan bilish bilinayotgan ob‘ektning in‘ikosidir, degan nuqtayi
nazardan kelib chiqdilar. Bunda insonning sezgi organlari bevosita bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi, ya‘ni sezgilar
yordamida bilinuvchi ob‘ektiv dunyo bilish manbai sifatida amal qiladi.

Yüklə 292,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin