mantiqi bilan tanish: u to'g'ri sillogizmni tuzish uchun zarur shartlarni tavsiflaydi1, mantiqan to'g'rimulohaza yuritish
uchun dalillar va xulosalar zanjiri izchil bo'lishi, biron-bir bo'g'inda uzilmasligi lozimligini ko'rsatadi va
o'ziisbotlashning mantiqiy metodlarini ko'p karra qo'llaydi. Ibn Arabiy fikriga ko'ra, oqilona bilim inson tanasini
boshqaruvchi inson joniga kerak: u jonning dunyo haqidagi bilimi muqarrar unsuridir Oqilona bilim (ilm)ning
qimmati Ibn Arabiyda shubha uyg'otmaydi: «Narsani bilish, hech shubhasiz, uni bilmaslikdan ma'qulroqdir»3.
Sillogizmlar orqali oqilona bilish bizga dunyo haqida to'g'ri bilim beradi:u, masalan, rangli oyna orqali o'tgan
yorug'lik oyna rangini kasb etsa-da, o'z holicha rangsiz ekanligini, Quyosh ko'zga kichkina bo'lib ko'rinsa-da, aslida
Yerdan bir necha marta kattaligini aniqlash imkonini beradi. To'g'ri sillogizm tuzib, dunyoning borlig'i zamirida
sabab yotishini aniqlaymiz4. Bilishning oqilona-mantiqiy metodidan faylasuf bizni qiziqtiruvchi muammoni yechish
uchun foydalanadi, biroq uning uchunmantiqiy mulohazalar zanjirida mutlaqo boqiy ilohiy mohiyat tushunchasi
«boshlang'ich nuqta», dunyoda bo'lib turgan o'tkinchi nomukammal mohiyat kategoriyasi esa – «pirovard nuqta»
hisoblanadi yoki aksincha. Xudodan dunyoga yoki dunyodan Xudoga bunday mantiqiy harakat qilish natijasida
muammoning ratsionalistik yechimi topilishi lozim: dunyoga nisbatan transtsendent ilohiy mohiyat ayni vaqtda unga
ichdan xos bo'lishi, uning borlig'i substantsional asosini tashkil etishi darkor. Bu biz yo dunyoni tavsiflovchi muhim
kategoriyalarni transtsendent ilohiy mohiyat tushunchasidan chiqarishimiz, yo dunyoda mavjud o'tkinchi
mohiyatkategoriyasini asos qilib olib, transtsendent ilohiy mohiyat borlig'ini keltirib chiqarishimiz lozimligini
anglatadi. Shunday qilib, muammoning yechimi oqilona-mantiqiy metodlar yordamida topilishi mumkin.2.
Bilishning ikkinchi usuli – muammoni mushohada yuritish yo'li bilan yechish: (yechimdan shartlar sari).
Mushohada yuritishni bilish usuli sifatida o'rganar ekanmiz, dunyo va ilohiy mohiyatning uzviy birligi va ayni
vaqtda ilohiy mohiyatning transtsendentligi uning uchun muqarrar holdir, deb aytishimiz mumkin. Shuni ta'kidlash
lozimki, bu birlik ayniylik emas: boshqacha aytganda, bu dunyo va ilohiy mohiyatning farqlangan birligidir. Har
qanday narsa va hodisada mushohada yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni va sezgilarga
ham, aqlga ham yashirin. ichki (botin) ma'noni aniqlash imkonini beradi. Bu yashirin ma'no borliqning birinchi
asosi, ilohiy mohiyatning dunyoga ichdan xosligining negizi va ayni vaqtda mushohada ob'ekti hisoblanadi.
Yashirin ma'noni anglash - narsalarda, dunyoda Xudoni bevosita ko'rish demakdir. Mushohada yuritish jarayonida
bilish sub'ekti o'zining bilish ob'ektidan ontologik mustaqilligini saqlagan holda u bilan birikadi,uni butun vujudi
bilan anglab yetadi. Bunga bilish sub'ekti bo'lgan insonda ham «yashirin ma'no» mavjudligi imkoniyat yaratadi. U
yagona va uzviy bo'lgani uchun bilish ob'ekti bilan «ichki mohiyat» jihatidan birikish imkoniyati yuzaga keladi,
«tashqi mohiyat»da esa sub'ekt va ob'ektning alohidaligi saqlanib qoladi1. Mushohada yuritish yo'li bilan olingan
bilim ratsionalistik tildan farq qiluvchi alohida tilda bayon etiladi. Mushohada yuritish, mohiyat e'tibori bilan,
butundan qism sari harakatdan iborat bo'lgani uchun bu tilni badiiy til deb atash mumkin. Bu tilda yozilgan matnda
qismning mazmunini anglab yetish uchun (har qanday badiiy asarda bo'lganidek) avval butunning mazmunini
anglab yetish lozim. Vaholanki, fan tilida yozilgan matnda qismlarni tushunmasdan butunni tushunish mumkin
emas. Ibn Arabiy filosofemasi «badiiy» tilda yozilgan bo'lib, mushohada yuritishga asoslanadi va u estetik
filosofema deb ataladi.. 3. Bilishning uchinchi usuli – muammoni mistik yo'l bilan yechishdir. (shartlar va yechim
ayniydir). Bu yerda bilish oqilona-mantiqiy va mushohada yuritish yo'li bilan bilishdan mutlaqo boshqacha
shartlardan kelib chiqadi. Bu bilish sub'ekti va ob'ektining ayniylik shartidir. Bilish sub'ekti bu ayniylikka erishgach,
o'zining sub'ektlik mohiyatini yo'qotadi; sub'ekt va ob'ekt o'rtasidagi tafovut yo'qoladi, biluvchi bilinuvchiga
aylanadi, biluvchi ham, bilinuvchi ham yo'qolib, faqat yagona universal qoladi. Bu holat «fano» holati, sub'ektiv
o'zlikning «halok bo'lish», yo'qolish holatdeb ataladi. Mistikbilish jarayonini tavsiflar ekan, Ibn Arabiy girdob (xiro)
obrazidan foydalanadi. «Xiro» so'zi «sarosimalik» degan ma'noni ham anglatadi. Bu o'ziga xos sarosimalik, hamma
narsada Allohni ko'ruvchi,Yagonani ko'plikda, ko'plikni Yagonada, «aniqni yashirin, yashirinni aniq, shuningdek
boshqa ziddiyatli narsalarni» ko'ruvchi so'fiyning sarosimaligidir. «Biroq bu yo'qotgan yoki tushunmaydigan
odamning sarosimaligi emas»2. Bu sarosimalik mistik bilish yo'liga endigina kirayotgan odamni qamrab oladi;
so'ngra, mistik bilish jarayonida sarosimaga tushgan odam, Ibn Arabiy tavsifiga ko'ra, «qutb atrofida aylana harakat
qiladi va undan uzoqlashmaydi»3. Bu qutb – Xudo: girdob obrazining ma'nosi shundan iboratki, bu girdob
harakatining boshi yo'q, aniqrog'i, qayd etilgan aniq bir boshlanish joyi mavjud emas: istalgan nuqtadan, dunyoning
har qanday narsasidan boshlash mumkin, biroq oxiri bor, bu - qutb, borliq girdobining markazi: bilish doiralari
muqarrar tarzda yagona Xudoga olib keladi. Girdob butun borliqni o'z komiga tortadi. Uning ichida, markazda turib
biz yo'limiz mo'ljaldan farq qilmasligini, yo'lni qaerda boshlagan bo'lsak, o'sha yerda – Xudoda tugatganimizni
ko'ramiz1. Demak, Ibn Arabiy ijodida ilohiy mohiyatning dunyoga nisbatan transtsendentligi va immanentligi
muammosi yechimining uch varianti mujassam.. Birinchi yo'l qismdan butun sari harakat, mantiqiy mulohaza
yuritishdan boshlanuvchi yo'l. Bunda ilohiy mohiyat yoki dunyo «qism» deb,muammoning izlanayotgan yechimi
esa – «butun» deb olinishi mumkin. Ikkinchi yo'l butundan qism sari harakatdan iborat: biz yechim mavjudligini
faraz qildik, u qanday bilishi lozimligini («butun»ni) ko'rsatdik va so'ng uni tahlil qildik, transtsendent-immanent
muammo yechilgan sharoitda ilohiy mohiyat va dunyo qanday bo'lishi lozimligini ko'rishga harakat qildik. Nihoyat,
yechimning uchinchi yo'li qismlar va butunning ayniyligini, mutlaqo va barcha yo'nalishlarda ayniylikni:
qismlarning bir-biri bilan, ularning har biri va ikkalasining butun bilan ayniyligini qayd etadi. Birinchi holda
transtsendentlik va immanentlik muammosining yechimi topilmadi, ikkinchi holda u o'z yechimini topish uchun
dualizmni qabul qilishni talab etdi, uchinchi holda esa u yechilmaydi, balki o'z asosini yo'qotadi. Bahouddin
Naqshband asos solgan so'fiylik ta'limotining nazariy asoslaridan birini Xudo, dunyo va insonning o'zaro nisbati
muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida so'fiylarni ikki yo'nalish – teistik va panteistik yo'nalishlarga
ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e'tirof etilgan, insondan tashqarida turgan,dunyo uzra
yuksalgan va bilish mumkin emas deb e'lon qilingan bo'lsa, so'fiylar ta'limoti monoteizm shakl-shamoyilini kasb
etgan,
dunyo
va
Xudo
tushunchalari
tenglashtirilgan
taqdirda
bunday
ta'limot
panteistik
deb
hisoblangan2.Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Alloh)ga erishishga intilishda ko'rgan va
Haqiqat (Alloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim – shariatga asoslanadi va ichki narsalar haqidagi bilim –
tariqat jarayonida yuz beradi, deb hisoblagan. U shariat Qur'oni karim va hadislarni bilishdan kelib chiquvchi diniy
qonun-qoidalar to'plami ekanligidan kelib chiqqan. Tariqat odam Haqiqatga erishish uchun qaysi bosqichlardan
o'tishi, Allohni anglash va u bilan birikish uchun qandayto'siqlarni yengishi lozimligini belgilaydi. Bunda bilish
jarayonida shariatdan tariqatga o'tish darhol yuz bermaydi. Faqat shariatnio'zlashtirish va uning talablarini bajarish
orqali Haqiqat yo'lidan jadalroq va samaraliroq borish mumkin.Odam bilishning har bir bosqichi (mistik yo'l
manzillari)dan oldinma-ketin o'tib o'z maqsadiga yaqinlashadi. So'fizm nazariyasi va amaliyoti ongning tashqidan
ichkiga, ochiqdan yashiringa sayohatini nazarda tutadi. Bahouddin Naqshband tariqat ezoterik (yashirin, mistik) fan,
u hammaga ochiq emas, uni faqat o'zini Haqiqatga baxshida etgan odamlar anglab yetishi mumkin, deb hisoblagan.
So'fizmda mistik bilish zamirida «O'zini bilgan odam o'z Allohini biladi» degan tamoyil yotadi. O'zini o'zi bilish
orqali Allohni bilish maqsadga erishishning eng qisqa yo'lidir. Bahouddin Naqshband yaratgan ta'limotning asosida
«Dil ba yor-u, dast ba kor», ya'ni «Ko'ngil yorda, qo'l –ishda», degan shior yotadi
Dostları ilə paylaş: