Mavzy №1. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li -fayllar.org
II. G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosining qoyilishi
. Ushbu
masalada talaba Garb
mutafakkirlari ijodini o’rganishida Ilk o'rta asrlar ta’limotida boshlashi zarur. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo
va Shimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan
qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni
shu davrda apologetika, ya'ni xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan. Apologetika
ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta'limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo'lgan. Patristikaning eng yorqin
vakili Gippon (Shimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o'rta asrlar falsafasiga, shuningdek
falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko'pgina vakillariga kuchli ta'sir ko'rsatgan. Avgustin «haqiqiy falsafa va
haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan topishga harakat qilgan. Uning
fikricha, Platon g'oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»1dir. Xudo dunyoni yo'qlikdan
yaratgan. Inson panoh topishining asosiy yo'li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy
shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi –
«dunyoviy shahar», ya'ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko'tarilgan o'zo'ziga bo'lgan muhabbatga» asoslangan
davlatchilik; ikkinchi – «o'z-o'ziga nisbatan nafrat darajasiga ko'tarilgan Xudoga bo'lgan muhabbat»ga asoslangan
«ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud.
Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat
qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o'zligini, uning ruhiy holatlarini o'rganadi. Avgustin shaxsning ichki dunyosini
uning go'daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan
zo'rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo'rlik ishlatishdandavlat darajasida zo'rlik
ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o'tgach, ayni
shu muammo ekzistentsializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg'onishiga sabab bo'ldi. Avgustin
inson sub'ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan.
Xudoning borlig'ini insonning o'zligidan, inson tafakkurining o'z-o'zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish
mumkin. Avgustin shaxs uchun o'zlikning rolini ko'rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va
hatto undan «berkinib» oladigan intim Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o'zini Vol`ter taklif
qilgan bo'lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo'lmagan:
yunonlar dunyoni estetik jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o'tmish – hozirgi davr –
kelajakning o'zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir lahza, zero u
o'tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi. Avliyo
Avgustin asarlari sxolastik falsafaning yaratilishiga asos bo'lgan va uzoq vaqt mobaynida antik falsafani, asosan
Platon, Aristotel` hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o'rganish manbalaridan biri
bo'lib xizmat qilgan. Plotinning universal triadasi – «yagona – aql – jon» sxolast-faylasuflar e'tiborini o'ziga
tortgan.Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta'limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to'la bog'liq bo'lgan
o'rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o'rtasida kurashavj olgan.
Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudoo'g'il va Xudo- muqaddas ruh, degan fikrni qanday
tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o'rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara
uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma'noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va umumiylik
dialektikasining muhokamasiga aylangan. Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy tushunchalar –
«universaliyalar» mavjudligi to'g'risida so'z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan universaliyalar
narsalargacha amalda mavjud bo'ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy realizm
zamirida Platonning «g'oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta'limoti yotadi.Nominalistlar
«universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir», degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar,
masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so'zlar yoki nomlar bo'lib,
ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar. Mo''tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda
ayrim narsalardagi o'xshash jihatlarning in'ikosi sifatida umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar.Realizm
umumiylikka narsadan oldin paydo bo'luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya'ni amalda umumiy va yakkaning
aloqasi to'g'risidagi idealistik kontseptsiyani ishlab chiqqan bo'lsa, nominalizm bu muammoni materialistik yo'l
bilan yechishning o'ziga xos timsoli bo'lgan.Shunday qilib, realistlar va nominalistlar o'rtasidagi bahs falsafiy tus
olgan, chunki unda umumiy va yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan