Mavzuni takrorlash uchun savollar:
1. O’zbek faylasuflarining ijodlaridan namunalar keltiring.
2. Islom falsafasining ahmiyati nimada.
3. A.N.Forobiy asarlaridan namunalar keltiring.
Mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya etiladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar: Esse
yozish, aqliy hujum, baliq skleti.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.Falsafa. Ахмедова М. Тахрири остида.-Т.: УФМЖ, 2006.
2.Falsafa. Mamashokirov S. Tahriri ostida. -Т.: Sharq, 2005.
3.Shermuxamedova H.A. Falsafa.-T.: Noshir, 2012. -1207 b.
4.Shermuxamedova N.A. Gnoseologiya-bilish nazariyasi.-T.: Noshir, 2009.
5. Shermuxamedova N.A. Falsafaga kirish.-T.: Noshir, 2012. 320 b.
6. Hasanov A., Komilov N., Uvatov U., Azimov A., Rahimjonov D., Zohidov Q. Islom tarixi. – T.: ―Toshkent islom
universiteti‖ nashriyot-matbaa birlashmasi, 2008.
Mavzy №3. Sharq va G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosi
Reja:
1Ilk orta asr Sharq falsafasida olam va odam muammosining tahlili
.
2.
G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosining qoyilishi
.
3. Yangi davr olam va odam muammosi.
4. XX-XXI asr faylasuflari ijodida olam va odam muammosi
.
I. Ilk orta asr Sharq falsafasida olam va odam muammosining tahlili
.
Talaba birinchi va ikkinchi masalani
yoritishda qadimgi Sharq va G’arb falsafasi tarixini o’rganishdan boshlashi maqsadga muvofiq boladi.
Qadimgi
Sharq va G'arb falsafasi vujudga kelishi va
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Qadimgi Sharq va G'arbda
falsafasi insoniyatning ilm, fan, m'naviy taraqqiyotining debochasi
hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o'ziga xosligi
va betakrorligidanqat'iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega. Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ham,
G'arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson
o'zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan
tavsiflanadi.
Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo
mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo'yiladi: dunyo qanday vujudga
kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o'lim nima va h.k.46 Ikkinchidan, G'arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va
davlat paydo bo'lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning
vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda
yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga
uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi
VI-V asrlarda vujudga kelgan. Yunonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-
davlatlar («polislar»)da avval Kichik Osiyoning G'arbiy qirg'og'ida (Ioniyada), so'ngra – Sitsiliya orolining yunonlar
yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) vujudga kelgan va qadimgi
dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shartsharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining vujudga kelishi
varivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan. Qadimgi Markaziy Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham
sinfiy (feodal) jamiyatning
rivojlanishi va davlatning shakllanishi bilan bog'liq. Amudaryo bo'ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik
davlat tuzilmalari bo'lgan. Shuni qayd etish lozimki, keyinroq vujudga kelgan davlatlarda falsafaning shakllanishiga
qadimgi davlatlarning ilk falsafiy tizimlari ta'sir ko'rsatgan. Uchinchidan, G'arb va Sharq falsafasi umuminsoniy
qadriyatlarga qarab mo'ljal oladi. U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o'rganadi, Qadimgi manba
“Avesto”da ko'rsatilgani kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so'zlash va yaxshi ish ko'rish mumkin”, degan
savolga javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo'lish uchun inson falsafiy
donishmandlikni o'zlashtirishi lozim: u dunyo va uni anglab yetish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va
boshqa shunga o'xshash muammolarda mo'ljal ola bilishi kerak. Aristotel` ham shoh Iskandarga nasihatida “Shuni
bilgilki, o'zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O'zing adashgan, gumroh ekansan, ularga
yo'lboshchilik qilolmaysan. Axir o'zi ko'r odam qanday qilib o'zgalarga rahnamo bo'lsin.? O'zi qashshoq o'zgani boy
qila oladimi? Kimki o'zi xoru zalil bo'lsa, o'zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan
hech kimsa o'zini isloh etmaguncha o'zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o'zi buzuq fosid bo'lmasa, boshqa kishini
fasod ishga taota olmaydi. Qo'l ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, islohni o'zingdan boshla. O'zgalar aybini
yo'qotishni hohlasang, avvalo o'zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O'ylagan fikring senga hech qachon
firib bermasligi lozim. Agar so'zlaring go'zalu qilmishlaring esa xunuk bo'lsa, ishlari 47 gaplariga teskari, zohiri
botinini aks ettirmaydigan va'zxon bo'lasan qolasan ”1 deb uqtiradi.To'rtinchidan, Qadimda Sharq falsafasi ham,
G'arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, go'zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do'stlik, birodarlik,
muhabbat va nafrat, baxt, lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma'rifat kabi muammolarning yechimini izlagan. Bu
jarayon o'sha davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bo'rtib namoyon bo'ladi, masalan:
Konfutsiy: “Odamlar seni bilmasliklaridan g'am chekma, o'zing odamlarni bilmasligingdan g'am chek”;
- Lao-szi: “Yuksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala bo'lishi, mamlakatni boshqarishda
izchil bo'lishi lozim; ishdimkoniyatlardan kelib chiqishi, harakatda vaqtni hisobga olishi lozim”;
- Zardo'sht: “Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal”;
- Geraklit: “Men uchun bir kishi, agar u hammadan yaxshi bo'lsa, o'n ming kishiga teng”;
- Demokrit: “Axmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi;
- Epikur: “O'lim qo'rqinchli emas: men ungacha mavjudman, u mendan keyin mavjud”;
- Platon: “Oliyhimmatlilik – vaziyatdan mohirona foydalanish: aqlidrok bilan bog'langan sahovatlilik”;
- Aristotel`: “Do'stlik birga yashash ning zaruriy shartidir”deb hisoblaydi. Shuningdek uning fikricha, ma'naviyat va
ma'rifat shunday bebaho boylikki, dunyoda undan naf ko'rmaydigan inson yo'q va bo'lmaydiham. Marifat oddiy xalq
ommasiyu, tijorat ahli uchun ham, olim-u fuzalo,shohu sulton uchun ham bir xilda zarur va muhimdir. Ham o'ng
qo'lida va ham chap qo'lida adolat tarozisini qo'tarib olmagan, bilimi, odobi, muomalasi bilan xalqining ko'ngliga
yo'l topmagan shoh, yurtni boshqara olmaydi. Elyurtni obod va farovon qilish, xalqning olqishiga sazovor bo'lish,
mazlumlarni zolimlar istibdodidan himoya qilish, adolatni qaror toptirish uchun podshohlarda insofu-diyonat, mehr-
shafqat bo'lishi lozim
2. Arastu o'zining baxt haqidagi falsafiy qarashlarini rivojlantirib, ma'lum vaqtlarda baxtli bo'lib, qolgan vaqtlarda
baxtsiz bo'lgan kishilar emas, butun umr yaxshi yashagan odamni baxtli deyish mumkin, mukammal yaxshilik bilan
yashash esa baxt saodatdir, deb hisoblaydi. Beshinchidan, falsafiy bilimning dunyoqarash bilan bog'liqligi ham
G'arb va Sharq falsafasi rivojlanishining qonuniyatidir. Biz istaymizmi, yo'qmi, lekin falsafiy g'oyalar, qarashlar,
nazariyalar va tizimlar yo , yo materialistik, ba'zan eklektik (bu ikki dunyoqarashning birikmasi) bo'ladi. Jumladan,
qadimgi Yunonistonda Milet falsafiy maktabi namoyandalarining asarlarida falsafiy muammolarning materialistik
talqiniga duch kelish mumkin. Bu maktab asoschisi Fales suvni, Anaksimen – havoni, Anaksimandr – apeyron
(mavhumlik)ni hamma narsaning birinchi asosi deb hisoblaydi. Dunyoning materialistik asoslarini Anaksagor taklif
qiladi. Uning fikricha, barcha narsalar muayyan «urug'lar»dan iborat. Ularni Anaksagor gomeomeriyalar deb
nomlagan. Empedokl o'zining “Tabiat haqida” asarida olov, havo (uni Empedokl efir deb nomlagan), suv va yer turli
narsalarning birinchi asoslaridir, deb qayd etgan. Shunga o'xshash fikrlarga Sharq falsafasida ham duch kelishimiz
mumkin. Masalan, Zardushtiylik ta'limotida olov, hindlarning qadimgi falsafiy kitobi “Upanishada”da, shuningdek
“Chorvaka” qadimgi hind falsafiy maktabiga doir manbalarda suv, olov, yer, havo, butun borliqning substantsional
asosidir, deb qayd etiladi. Bu fikr esa Empidokl ta'limoti bilan hamohangdir. Oltinchidan, Sharq va G'arb qadimgi
dunyo falsafasida idealizm o'zining ikki ko'rinishida: ob'ektiv idealizm va sub'ektiv idealizm sifatida namoyon
bo'ladi. Sharq falsafasida bu “yoga”, buddizm, jaynizm, zardo'shtiylik, konfutsiychilik, daochilik falsafasi, G'arb
falsafasida – bu Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon
falsafasi va sh.klarda o'z ifodasini topadi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon
faylasufi Platon ikki dunyo – “g'oyalar dunyosi” va “narsalar dunyosi” mavjudligi haqida saboq beradi. “G'oyalar
dunyosi” umumiy tushunchalardaniborat, “narsalar dunyosi” esa “g'oyalar dunyosi”ning in'ikosidir: “g'oyalar
dunyosi”da ideal mohiyatlar mavjud, “narsalar dunyosi” esa bu mohiyatlar mahsuli bo'lgan ayrim narsalardan iborat.
Platonning g'oyalar haqidagi ta'limoti uning “Bazm”, “Fedon”, “Fedr”, “Davlat” asarlarida o'z aksini topgan,
mutafakkirning “Teatet”, “Parmenid”, “Sofist”, “Kritiy” asarlari esa g'oyalarning moddiy dunyoga bo'lgan
munosabati muammosiga bag'ishlangan. Platon fikriga ko'ra, materiya - g'oyaning sof “aksi”, uning “aksilmohiyati”.
Materiyaning mohiyati esa - g'oya. Haqiqiy borliq – bu piramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida “bilish
va harakat asosining mohiyati” sifatida amal qiluvchi go'zallik g'oyasi yotadi. Uning yonidan yaxshilik g'oyasi va
oqillik (haqiqat) g'oyasi o'rin oladi. Shunday qilib, Platon “g'oyalar dunyosi” “narsalar dunyosi”ni vujudga
keltirishini nazarda tutuvchi ob'ektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g'oyalar va narsalarni bir-biridan
ajratib bo'lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun “g'oyalar dunyosi” birlamchidir. Aristotel`
“Metafizika” asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi g'oyalar haqidagi ta'limotini rad etadi.
U mohiyatg'oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. Platon
fikrlariga e'tiroz bildirar ekan, Aristotel` umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: “Ayrim narsa
bo'lmasa, umumiylik ham bo'lmas edi”. “Metafizika”da Aristotel` falsafa borliq va uning atributlarini, borliqning
oliy tamoyillari yoki sabablarini o'rganishini qayd etadi. Bular “umumiy metafizika” muammolaridir. Ammo
“xususiy metafizika” ham mavjud bo'lib, u “harakatsiz substantsiya yoki birinchi boqiy dvigatel`”ni o'rganadi. Ayni
vaqtda shuni ta'kidlash lozimki, aksariyat Sharq va G'arb faylasuflarining falsafiy qarashlari faqat materialistik yoki
faqat idealistik xususiyat kasb etmaydi. Ularda boshqa g'oyalar ham uyg'unlashadi. Ammo materiya va ongning
o'zaro nisbati muammosining u yoki bu yechimi uning turli shakllarida – kosmos va tabiatni anglab yetishdan tortib
inson va uning shaxsiy borlig'iga qadar – doim u yoki bu faylasuf yoki falsafiy maktabning muayyan
dunyoqarashidan dalolat beradi. Yettinchidan, G'arb va Sharq falsafasi rivojlanishining yana bir umumiy qonuniyati
uning metodologik ahamiyat kasb etuvchi haqiqiy ilmiy bilimga erishish yo'lida ilmiy izlanishlar olib borishidir. Bu
yerda gap fanga va falsafaning metodologik funktsiyasiga bo'lgan munosabat haqida ketmoqda. Falsafiy ta'limotlar,
kontseptsiyalar, g'oyalar yordamida turli hodisalarning tahlili amalga oshiriladi, amaliy tavsiyalar beriladi. Bu
jihatdan miloddan avvalgi V asrda vujudga kelib, Xitoydagina emas, balki boshqa Sharq mamlakatlarida ham keng
tarqalgan konfutsiychilik diqqatga sazovordir. Uning ayrim kontseptsiyalari hanuzgacha tirik. Masalan, «syao» yoki
ota-onani hurmat qilish, kattalarga izzat-ikrom ko'rsatish kontseptsiyasi yosh jihatidan ham, ijtimoiy ierarxiya
bo'yicha ham kattalarga nisbatan o'z xulq-atvorini barcha fazilatlar mohiyatini anglab yetish asosida yo'lga qo'yishni
taklif qiladi. G'arb falsafasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, unda ham falsafaning metodologik funktsiyasi bo'rtib
namoyon bo'lishini ko'ramiz. Masalan, yunon faylasuflari – falsafa tarixidan donishmandlik va shirinsuxanlik
o'qituvchilari degan nom bilan o'rin olgan sofistlar shogirdlariga oqilona fikrlashni, muhokama qilinayotgan narsa
yoki hodisaning mohiyatini teran anglagan holda ish ko'rishni va o'z falsafiy bilimlaridan siyosiy faoliyatda
foydalanishni o'rgatishni o'z vazifasi deb bilganlar. Ma'lumki, qadimgi yunon faylasufi Suqrot o'z e'tiqodlarini
himoya qilish yo'lida hayotini tikkan. U davlatni boy va zodagon kishilar emas, balki ishning ko'zini biladigan, oqil
odamlar boshqarishlari lozim deb hisoblagan va o'z shogirdlariga o'sha davrda mavjud bo'lgan siyosiy an'analarda
mo'ljal olishni o'rgatgan. Ayni shu fikri uchun ustidan chiqarilgan hukmga e'tirozbildirmay, Suqrot o'z o'limini
ixtiyoriy ravishda tanlagan va bir qadah sikut (zahar) ichib o'lgan.Sakkizinchidan, G'arbda ham, Sharqda ham
faylasuflar narsalar va hodisalarni o'rganish, tahlil qilish, tushuntirishning o'z metodlarini yaratganlar. Yangi davr
tadqiqotchilari, Gegeldan boshlab, ikki asosiy falsafiy metod – dialektika va metafizika metodlarini ilgari surganlar.
Qadimgi dunyo falsafasi rivojlangan sharoitda bu metodlar faylasuflar tomonidan ongli ravishda idrok etilmagan.
Ular stixiyali, aniqroqaytganda, falsafiy ta'limotlar, tizimlar va qarashlarga ichdan xos bo'lgan metodlar sifatida
amal qilgan. Faylasuflar, odatda, hodisalarning umumiy o'zaro aloqasini, ularning ziddiyatliligini, harakati va
rivojlanishini, dunyoning yagonaligi va rang-barangligini, «umumiy yo'l» yoki Logosni muayyan tabiiy qonun
sifatida anglab yetadilar. Jumladan, Geraklit fikriga ko'ra, tabiat (olov) uzluksiz o'zgarish jarayonini boshdan
kechiradi. U rivojlanish va o'zgarishlar manbaini ko'radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz
beradi. Har qanday hodisa o'zining qarama-qarshiligiga o'tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq
narsaga aylanadi, ho'l narsa quruq narsaga aylanadi, quruq narsa ho'l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada
yangilangani kabi, barcha hodisalar ham o'zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi
marta suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan birbiriga zid bo'lgan hodisalar va
jarayonlarni ko'radi: hayot va o'lim, uyg'oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va eng iflos dengiz
suvi: baliqlar uchun u to'yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko'rib
turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi o'zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o'tishi
narsalarning barcha sifatlariga nisbiy tus berishini, ya'ni muayyan holatlarga bog'liq qilib qo'yishini qayd
etadi.«Dialektika» so'zini ilk bor Suqrot ishlatgan. Bu so'z bilan u samarali bahslashish, fikrlar qarama-qarshiligi
orqali haqiqatning tagiga yetishga qaratilgan muloqotni olib borish mahoratini ifodalagan. Dialektikaning ayni shu
talqiniga sofistlar ham amal qilganlar. Ular o'ziga xos inkor dialektikasini rivojlantirib, tinimsiz bahs-munozara
muhitida haqiqatning tagiga yetishga to'xtovsiz harakat qiluvchi, ziddiyatlarga to'la inson tafakkurini faol harakatga
keltirganlar. Aristotel` fikricha, bahslashish yoki qarama-qarshi fikrlarni talqin qilish orqali haqiqatning tagiga
yetish san'ati sifatidagi dialektika Zenonning «Bahslar» deb nomlangan asarida tahlil qilingan. Dialektika
muammolarini Platon ham o'rgangan. U dialektika deganda nisbiy «borliq» va «haqiqiy borliq»ni bilishni
tushungan. O'zining ko'p sonli asarlarini u antik dialektika namunalarini o'zida mujassamlashtirgan dialoglar
shaklida yozgan. U harakat va harakatsizlik, tafovut va ayniyatni tahlil qilgan. Platon har bir narsani o'z-o'ziga va
boshqa barcha narsalarga ayniy deb hisoblagan.Aristotel` sababiy bog'lanishlarning rang-barangligi muammosini
ilgari surib, dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to'rt sabab:moddiy, formal, harakatlantiruvchi va
yo'naltiruvchi sabablar haqidagi ta'limoti ma'lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo'luvchi omil
(materiya, substrat) – moddiy sabab»; «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi –
harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko'zlangan maqsad – yo'naltiruvchi sabab». Aristotel`
shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o'z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning
birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularningtakomillashuvi shaklga bog'liqdir. Shakl o'z mohiyatiga ko'ra faol,
materiya esa passivdir. Shakl – narsaning tashqi ko'rinishi, u dunyoning rangbarangligi va borlig'ini belgilaydi.
Dialektika qadimgi Sharq falsafasiga ham xos. Qadimgi Sharq faylasuflari o'zlikni anglash va insonning o'z-o'zini
kamol toptirilishiga bag'ishlangan kontseptsiyalarida, avvalo buddizm, yoga, konfutsiychilik, zardo'shtiylik
falsafasida juda ko'p noyob dialektik fikrlar ilgarisurilgan. Masalan, Zardo'sht ta'limotida “Axriman” va
“Axuramazda” yaxshilik va yomonlikning abadiy kurashi va bunda yaxshilikning g'alabasini ifodalaydi.
Zardo'shtiylik falsafasiga ko'ra, yaxshilik va yomonlik kishilarning botinida-ichki dunyosida yashaydi. Inson
Axriman yokiAxuramazda tarafida bo'lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni hamisha yaxshilik qilishga, lekin
yovuz Axriman uni yomonlik qilishgaundaydi va bu tortishuv inson hayotining oxirigacha davom etadi.
«Upanishada»da deyarli har qanday hodisa harakat va qarama-qarshilik nuqtai nazaridan qaraladi. Braxman ikki
qiyofa: jismoniy va jismsiz, o'ladigan va o'lmas, harakatsiz va harakatchan ko'rinishlarga ega. «Upanishada»da
Atman – bu ham tana, ham individual jon. Braxman va atman bir-biri bilan o'zaro bog'liq «Hamma narsa Braxman,
Braxman esa atmandir», deyiladi. Atman o'zgaruvchan, uning turli holatlari mavjud: uyg'oqlik; tushli uyqu; tushsiz
uyqu; turiya (atman hech narsani his qilmaydigan, o'z-o'ziga teng bo'ladigan holat). Daosizm (qadimgi Xitoy
maktablaridan biri)da dao haqidagi ta'limot Geraklitning Logos haqidagi ta'limotiga o'xshab ketadi. Dao – bu «hayot
yo'li», tabiat qonuni. Bu dunyoning vujudga kelishi va rivojlanishining tabiiy abadiy qonuni. To'qqizinchidan,,
qadimgi Sharq va G'arb falsafasida dialektik metod bilan bir qatorda hodisalarni o'rganishning metafizik metodiga
ham duch kelish mumkin. Aristotel` Eley maktabi vakillari Parmenid va Melis hamda ularning izdoshlarini «tabiatni
to'xtatuvchilar» deb nomlagan, chunki ular tabiat harakatini rad etgan. Ular uchun borliq «yagona va harakatsiz»dir.
Eleylik Ksenofan, masalan, shunday deb yozgan: «Bir joyda abadiy turadi, umuman qimirlamaydi, u yoqdan
buyoqqa o'tish unga xos emas»1. Parmenid bu qoidaga aniqlik kiritadi: «...hamma narsa bir, abadiy, vujudga
kelmagan va sharsimon va bir xil, o'z ichida makonga ega emas,harakatsiz va chekli»1. Eley maktabi kabi, qadimgi
Xitoyda konfutsiychilik maktablari – Men-szi va Syun`-szi ham dialektikaga qarshi chiqqan. Bu maktablarning
vakillari qarshisida narsa qarama-qarshiliklar birligida namoyon bo'lmaydi, inson tabiati yo tug'ilgandan boshlab
faqat yaxshilik bilan bog'langan (Men-szi), yo inson o'z tabiatiga ko'ra azaldan yovuz (Syun`-szi). Albatta, tabiat
inson tabiatini tarbiya yo'li bilan o'zgartirishi mumkin, lekin bu endi unga madaniyatni olib kirishdir. Umuman
qadimgi Sharq va G'arb falsafasining ijtimoiy muammolari orasida axloq mavzusi yetakchilik qiladi. O'sha davrda
yaratilgan hikmatli so'z, iboralar bugungi kunda ham insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi. Masalan,
Platonning «Dialoglar» asarining o'zida taqdir, qarilik, fazilatlar, oqillik, adolat, sabr-toqatlilik, sovuqqonlik,
vijdonlilik, erkinlik, kamtarlik, olijanoblik, tinchlikparvarlik, yengiltaklik, do'stlik, mehr-muruvvatlilik, e'tiqod,
teran fikrlash kabi tushunchalarga ta'rif berilgan. Aristotel e'tiqodlilik, andishalilik, oilaga muhabbat, halollik,
ezgulik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, ota-onalarga mehr oqibatli bo'lish, hushyorlik, ziyraklik, adolatlilik
kabi ma'naviy axloqiy fazilatlarga ega bo'lish har qanday jamiyat, davlat va xalqning eng katta boyligi, kuch-qudrati
manbalaridan biri deb hisoblaydi. Uning fikricha, biron bir narsaga ega bo'lishdan maqsad undan foydalanishdir.
Ko'zga ega bo'lgan odam ko'zini yumib yashamaydi, balki undan olamni ko'rish uchun foydalanadi, quloq va shu
kabilar haqida ham shu fikrni aytish mumkin. U inson uchun biror narsaga ega bo'lish muhimmi yoki undan
foydalanishmi, degan savolni o'rtaga tashlab, albatta muhimi foydalanishdir, chunki foydalanish va faoliyat
ko'rsatish maqsadida u biror bir narsaga ega bo'lishni istaydi,2 deb hisoblaydi. Shuningdek Zardo'shtning “Avesto”
kitobida ham odamlarni imonlie'tiqodli bo'lishga, doimo pokiza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yomon
niyat va so'zlardan tiyilishga, yomon amallarda voz kechishga, nojo'ya ishlarlardan yuz o'girishga da'vat etadigan
axloqiy qoidalar, o'gitlar ko'p. Kitobda “tanalaringiz haqida emas, balki qalbingiz haqida ko'proq qayg'uring”, “Har
bir inson kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshni olqishlab sig'inishi shart”3 degan qoida belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |