2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə1/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
2- Mavzu


2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya)


Reja:
1. Borliq tushunchasi va uning turlari.
2. Substantsiya va materiya, ularning o’zaro aloqadorligi.
3. Harakat va rivojlanish tushunchasi. Harakatning asosiy shakllari.
4. Borliqning fazo va vaqtda mavjudligi.
5. Tabiat - borliqning ajralmas qismi.


Tayanch so’zlar: ontologiya, borliq, yo`qlik, substantsiya, substrat, materiya, makon, vaqt, harakat, atribut, modus, tabiat borlig`i, inson borlig`i, ma’naviy borliq. ijtimoiy borliq, virtual borliq, monizm, materialistik monizm, idealistik monizm, dualizm, plyuralizm, mikrodunyo, makrodunyo, megadunyo. substantsion va relyatsion yondoshuvlar, inson ongi, ekologiya, koevolyutsiya, noosfera, geografik muhit, geografik determinizm, geosiyosat.



  1. Falsafa va tabiiy ilmiy fanlarda borliq tushunchasining mohiyati, borliq va yo‘qlik dialektikasi. Borliq shakllarining tasnifi.

Borliq falsafa predmeti sifatida. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o`rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.
Bugungi kunda olimlar notirik, tirik dunyo va ijtimoiy dunyo nima, degan savollarga javob topishda jiddiy yutuqlarga erishganlar. Ular dunyo haqida o`tgan asrlarda yashagan o`z hamkasblariga qaraganda to`laroq va teranroq tasavvurga egadirlar. Ammo, dunyoning mohiyati haqidagi ko`pgina muhim savollarga hozir ham aniq va uzil-kesil javoblar mavjud emas. Masalan, nafaqat makon yoki vaqt tushunchalariga, balki nisbatan soddaroq hodisa bo`lmish gravitatsiya tushunchasiga ham dunyo-da biron-bir fizik bugungi kunda ham aniq (ayni paytda tajribada tasdiqlanadigan) ta’rif bera olmaydi.
Shu sababli insonning dunyo haqidagi qarashlarida muhim rol o`ynaydigan, biroq ilmiy yechi-mini topmagan muammolarni falsafiy anglab yetishga kuchli ehtiyoj doimo mavjud bo`lgan va hozir ham saqlanib qolmoqda. Bu muammolarning aksariyati haqli ravishda «boqiy» muammolar deb ataladi, chunki ular predmeti mos kelsa ham bilish metodlari va vositalari har xil bo`lgan fan va falsafa e’tiborini o`ziga jalb qilmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, fizika va boshqa muayyan fanlarga joiz bo`lmagan narsalar falsafa uchun joizdir. Aniq dalillarga tayanadigan va ularga muvofiq qarashlar birligiga erishishga harakat qiladigan tabiatshunoslikdan farqli o`laroq, falsafa yakdillikka intilmaydi va ayni bir muammolar bo`yicha ba’zan qarama-qarshi, bir-birini istisno etuvchi javoblar beradi. Shu tariqa u dunyoqarashni kengaytiradi, eski muammolarning odatdagi talqinini o`zgartiradi, aniq fanlar-ning metodlari bilan amalga tatbiq etiladigan yangi yechimlar ustida ijodiy izlanishga da’vat etadi.
Shu tariqa falsafa evristik va metodologik rolni bajarar ekan, ayni zamonda o`zi ham tabiatshunoslik oluvchi ishonchli natijalarga muhtoj bo`ladi va ulardan yangi nazariyalar tuzish uchun asos sifatida foydalanadi. Shu sababli biz borliqning asosiy shakllari va fundamental asoslarini falsafa nuqtai nazaridan o`rganar ekanmiz, albatta yo ishonchliligi shubha uyg`otmaydigan, yo borliqni yaxshiroq tushuntirgani uchun qabul qilinadigan tabiiy-ilmiy material va daliliy ma’lumotlarga tayanamiz.

Yüklə 137,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin