2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə9/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
2- Mavzu

Plyuralizm dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko`proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limotdir. «Plyuralizm» (lot. – ko`plik, ko`p xillik, ko`p sonlik) atamasini ham X.Vol’f 1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha ontologiyada ayniqsa, jiddiy qiyinchiliklar tug`dirgan. Chunki ayni shu ta’limotda borliqning ko`p sonli mustaqil va o`zaro bog`lanmaydigan asoslari ilgari surilgan.
Leybnitsning «monadologiyasi», ya’ni monadalar haqidagi ta’limoti plyuralizmning klassik ko`rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko`ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substantsiyalardan tashkil topadi. Ammo, plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko`rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to`rt asosi haqidagi ta’limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.
Ba’zan plyuralizmga mustaqil ta’limot sifatida emas, balki dualizmning o`zgargan ko`rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar o`z nazariyasining asosiy vazifasini dualistik munozaralarda yechimini topmagan ruh va tabiat o`rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar.
Substantsiyani barcha o`zgarishlar va o`z-o`zining sababchisi -causa sui sifatida tushunish I.Kant tomonidan qabul qilinib, yuksak baholangan. U substantsiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini aniqlashga yordam beruvchi o`zgarmas asos», deb ta’riflagan. Uningcha, substantsiya har qanday tajriba va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda bo`ladi, har qanday mavjudlik va vaqtdagi o`zgarish uning modusi, ya’ni o`zgarmas narsaning mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin.
Substrat borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Falsafada «Substantsiya» kategoriyasi «substrat» (lot. – to`shama, negiz) tushunchasiga yaqin turadi, deb qaraladi. Qadimgi atomistik ta’limotlarda atomlar ana shunday asos hisoblangan. Har qanday substrat muayyan vujudga kelish jarayonining o`ziga xos xususiyatini ifodalaydi. Hozirgi talqinda, muayyan fizik jarayonlarning substrati sifatida elementar zarralar va fundamental (kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion) o`zaro ta’sirlar amal qiladi. Turli moddalarning hosil bo`lish va o`zgarish jarayonlarida o`zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida namoyon bo`ladi. Elementar «hayot birliklari» sifatida amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil modda-larining molekulalari biologik jarayonlar substrati bo`lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy o`zgarishlar zamirida maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo`lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi.
Hozirgi zamon falsafasida substantsiya kategoriyasining ontologik mazmuni o`zaro ta’sir sifatida tushuniladi. Chunki aynan o`zaro ta’sir dunyo yaralishining haqiqiy va pirovard sababchisi – narsalarning o`z-o`zini yakuni (causa finalis) hisoblanadi. Narsalarni substantsiyalilik nuqtai nazaridan o`rganish ularning mavjudligini ichki sabablar va o`zaro ta’sirlar nuqtai nazaridan yoritish, demakdir. Shu ma’noda, substantsiyani ichki birlik nuqtai nazaridan, uning cheksiz va rang-barang o`zgarishlaridan qat’iy nazar, qaraladigan ob’ektiv borliq sifatida, harakatning barcha shakllari, mazkur harakat jarayonida yuzaga keluvchi va yo`q bo`luvchi tafovut va qarama-qarshiliklar nuqtai nazaridan yondashiladigan materiya sifatida ta’riflash mumkin.
Shunday qilib, substantsiyaning asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- o`z-o`zini belgilash (o`z-o`zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo`q qilib bo`lmaydi);
- universallik (hech narsaga bog`liq bo`lmagan, barqaror, o`zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi);
- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog`liqligini o`z ichiga oladi);
- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi);
- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko`rsatadi).
Xo`sh, ana shu xususiyatlar nuqtai nazaridan hozirgi zamon falsafasida substantsiya kategoriyasi o`z o`rniga egami?
Avvalo, ta’kidlash lozimki, substantsiya kategoriyasi hozir ham ko`p jihatdan diqqatga sazovor. Birinchidan, bu barcha hodisa va jarayonlarning sababiy belgilanganligi g`oyasini namoyon qiladi. Substantsiya bunda barcha mavjud narsalarning birinchi sababi sifatida amal qiladi. Ikkinchidan, u universiumning ontologik mazmunini muayyanlashtirish talabidir. U barcha o`zgarishlarni belgilovchi o`zaro ta’sirning yangi turlarini izlash va maydonning yagona fizik nazariyasini tuzishga yo`naltiradi. Uchinchidan, substantsiya o`zining rang-barang ko`rinishlari darajasida uning rivojlanishi nuqtai nazaridan olingan hamda o`ziga xos bo`lgan butun evolyutsion imkoniyatlarni ishga solib, harakatlanayotgan materiya sifatida tushunilishi lozim. To`rtinchidan, substantsiya kategoriyasiga murojaat etish materiya va ongning mutlaqo qarama-qarshiligi to`g`risidagi masalani kun tartibidan chiqarish imkonini beradi.
Substantsiya masalasi biron-bir faylasuf e’tiboridan chetda qolishi mumkin emas, chunki uning har qanday mulohazalari, ular qaysi mavzuga tegishli bo`lmasin, go`yoki «havoda muallaq osilib qoladi», zero har doim mulohaza qilinayotgan narsaning eng katta asoslari haqidagi masala yuzaga keladi. Masalan, bir qarashda dunyoning zamirida nima yotishini aniqlashdan uzoq bo`lib tuyuladigan axloq mavzusini olaylik. Axloq individual ong bilan ham, ijtimoiy ong bilan ham bevosita bog`liq bo`lib, faqat ularga bog`lab o`rganilishi mumkin. Ammo ongning kelib chiqishi haqidagi masala falsafa tarixida har xil hal qilinadi. Xususan, diniy falsafa vakili uchun axloqning ham, ongning ham manbai va birinchi asosi Xudo hisoblanadi, ayni vaqtda ateist uchun bu masala butunlay boshqacha yechimga ega bo`ladi.
Falsafa tarixida ob’ektiv dunyoning butun rang-barangligi qandaydir pirovard, eng katta asosga umuman olganda qanday bog`langaniga nazar tashlaydigan bo`lsak, tabiatan har xil bo`lgan va bir-biriga mutlaqo bog`lanmaydigan ikki shunday asos: materiya va ongga duch kelamiz.
Ko`rsatilgan asoslar ham, ularning o`zaro aloqasi masalasi ham doimo qizg`in bahslarga sabab bo`lgan, moddiy (tabiiy) va ideal (ma’naviy) narsalar va hodisalarning o`zaro nisbati muammosi esa deyarli har bir ta’limotda bevosita yoki bilvosita ilgari suriladi.

Yüklə 137,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin