2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari


II - bosqich XVI-XVII asrlar metafizik materializmi



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə11/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
2- Mavzu

II - bosqich XVI-XVII asrlar metafizik materializmi. Materiya muayyan o`zgarmas xossalar yig`indisi sifatida tahlil qilingan. O`sha davrda materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o`zgarmas xossalar yig`indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga ko`lamlilik, shakl, og`irlik va hokazolarni kiritgan. Ba’zan materiya tushunchasi bitta muayyan «birlamchi» xossa, masalan ko`lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan (R.Dekart, I.N’yuton ).
III - bosqich XVIII-XIX asrlar. Materiya inson sezgi a’zolari orqali idrok etishga qodir bo`lgan ob’ektiv borliq sifatida talqin qilingan. Bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning rivojlanish jarayonida olimlar bilimning muayyan sohalarida aniqlagan belgilar bilan boyib bordi. Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida xossasi – massa aniqlandi. U materiyaning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana boshlandi.
IV - bosqich Hozirgi zamon falsafasi. Ob’ektiv borliqni ifodalash uchun mo`ljallangan falsafiy kategoriya bo`lib, uni inson o`z sezgi a’zolari orqali idrok etadi, uni tushunishi mumkin va tushunishga harakat qiladi, lekin bunda materiya insondan qat’iy nazar mavjuddir. Bu davrda materiyani tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas, balki falsafiy jihat birinchi o`ringa qo`yildi. Bu materiyaga narsalar va hodisalar butun rang-barangligining ichki yagonaligi zamirida yotuvchi mohiyat – substantsiya sifatida yondashuvdir. Bu esa materiyaga ob’ektiv borliq sifatida yondoshuv ifodasidir. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslikda yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat, deb tushunmaslik lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan voz kechish yo`lidan emas, balki unga tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali chiqarilgan yangi va yangi xulosalarni kiritish yo`lidan borishni taklif qildilar. «Materiya» falsafiy kategoriyasining vazifasi amalda mavjud materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini qamrab olish va uni ong bilan bog`lash mumkin emasligiga urg`u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy talqinidan farqlash imkonini beruvchi mazkur yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda mazkur sohadagi tadqiqotlar va bilish imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi. Bunga, masalan, neopozitivizm yo`nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz mumkin. Uning taniqli namoyandalari J.Mur, L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya» va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtai nazardan aniq ta’rif berish mumkin emas ekan, ulardan voz kechish lozim, deb hisoblaydi.
Materiyaning tarkibiyligi g`oyasining ildizlari antik falsafaga, xususan, Demokrit, Epikur va Lukretsiy Karning atomistik ta’limotiga borib taqalsada, bu g`oya tabiatshunoslikning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko`rsatgan. Hozirgi zamon falsafasida u ancha salmoqli va ilmiy asoslangan materiyaning tizimli tuzilishi kontseptsiyasida mujassamlashgan.
Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari - massa, energiya, ko`lam bilan bog`langan va uning muayyan turlari - modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k. bilan tenglashtirilgan.
Bu masalalarga nisbatan hozirgi yondashuvlar ancha o`zgargan va materiya haqidagi tabiiy-ilmiy, masalan, fizik yoki kimyoviy tasavvurlar bilan bir qatorda uni anglab yetishning falsafiy darajasini ham nazarda tutadi. Boshqa hozirgi falsafiy yo`nalishlarning aksariyatida bu tushunchalar faol qo`llaniladi va muhim metodologik rol o`ynaydi. Xususan, uning substantsiyalilik, cheksizlik, yo`q bo`lmaslik, harakat, makon, vaqt kabi uzviy xossalari farqlanadi.
Materiyaning tuzilishiga nisbatan kim qanday yondashmasin, u bir qancha alohida va katta guruhlarga bo`linadi. Zero, barcha moddiy ob’ektlar tartibga solingan, izchil ichki tuzilishga ega.

Yüklə 137,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin