2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari


Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə10/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
2- Mavzu

Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi. Materiya» tushunchasi qadimgi mutafakkirlar bizni qurshagan dunyoning barcha rang-barang narsalari yaratib va yo`q qilib bo`lmaydigan, odamlarga ham, xudolarga ham bog`liq bo`lmagan umumiy va yagona «birinchi asos»dan kelib chiqqani haqidagi g`oyani ilgari surgan paytdan e’tiboran falsafiy kategoriya sifatida ishlatila boshlagan. Bu «birinchi asos»ni ular barcha narsalarni yaratish uchun asosiy material bo`lib xizmat qiluvchi qandaydir modda sifatida tasavvur qilgan. Ayni shu material materiya deb atalgan.
«Materiya» atamasi lotincha materia so`zidan kelib chiqqan bo`lib, modda degan ma’noni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni bir necha marta o`zgargan, tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan.
Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo`lishiga asos bo`lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo`lib, har qanday geometrik shakl ko`rinishini kasb etishi mumkin bo`lgan makon bilan tenglashtiriladi.
Darhaqiqat, hamma narsalarning asosi bo`lgan birinchi modda haqidagi tasavvur materiya bilan bog`langan. Materiya yuzaga keluvchi hamma narsalarning substrati sifatida namoyon bo`lgan.
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi.
I - bosqich Antik falsafa. Materiya birlamchi material (suv, olov, atom va sh.k.) sifatida. Falsafa tarixida materiya haqidagi tasavvurlarning shakllanishini «dastlabki stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm o`z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, o`ziga xos narsadan izlaydi (xuddi Fales bu asosni suv deb izohlaganidek).
Antik qarashlarga ko`ra materiya – jismlar va narsalarning o`zagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o`simliklar, hayvonlar va odamlarga zarurligini qayd etib, suvni barcha narsalar asosi deb e’lon qilgan. Geraklit quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olovni hamma narsaning asosi deb hisoblagan.
Tabiatni ilmiy bilishning samarali dasturi yaratilishiga olib kelishga qodir bo`lgan materiyaning birinchi kontseptsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.

Yüklə 137,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin