2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə6/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
2- Mavzu

Borliq shakllari. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e’tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O`z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o`rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko`rish, ya’ni abstrakt fikrlash va o`zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo`ladi.
Shunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o`rin oladigan o`ziga xos piramida hosil bo`ladi. Ya’ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig`i kabilardir. So`nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda. Borliqning bu umumiy shakllari o`ziga xos xususiyatga, o`zining betakror mohiyatiga egadir.
Tabiat borlig`i. U mufassallashtiriladi va o`z navbatida ,birlamchi tabiat borlig`i (ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo`lgan narsalar va jarayonlar borlig`i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig`i)ga bo`linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig`i – bu butun tabiiy va sun’iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, yer, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko`zgudagi aks va sh.k.)dir.
Birlamchi tabiat borlig`i ikki darajani o`z ichiga oladi.
Birinchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya’ni ko`payish qobiliyatiga ega bo`lgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo`lmagan barcha nar-salar, ya’ni sayyoramiz hayvonot va o`simliklar dunyosini o`z ichiga olgan butun biosferadan iborat.
Ikkinchi daraja – bu inson va inson ongining borlig`i bo`lib, bu: ikkilamchi tabiat inson yaratgan yoki o`zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkinchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bog`liq. Bir tomondan, ikkinchi tabiatda birinchi tabiat materiali, boshqacha aytganda ob’ektiv, birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o`z ifodasini topgan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma’rifatli borliq, moddiy va ma’naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir.
Inson borlig`ining. tahlilida insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig`ini farqlash o`rinli bo`ladi.
Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma’noda uning qonunlariga bo`ysunadi. Tananing mavjudligi inson o`limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo`qlik dialektikasi bilan bog`lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo`lish holatlaridan o`tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o`z ta’sirini ko`rsatadi, ya’ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o`tadi. Inson tanasi mavjud bo`lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta’minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o`z-o`zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta’minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo`lish ehtiyojida o`z ifodasini topadi;
Ma’naviy borliq sub’ektiv individuallashgan va ob’ektiv (noindividual) ma’naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma’naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko`ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma’noda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borlig`ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek g`oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar, mo`ljallar, andozalarning ko`rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo`lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.
Inson ongi ayni vaqtda uning o`z-o`zini anglashi, ya’ni o`z tanasi, fikrlari va tuyg`ularini, o`zining boshqa odamlarga bo`lgan munosabatini va o`zining jamiyatdagi o`rnini anglab yetishi, ya’ni o`zini o`zi bilishdir. O`zlikni anglash – bu ongimizning o`ziga xos markazidir.
Individual ong o`zining o`limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual ma’naviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo`ljallari, maqsadlari, g`oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual ma’naviy borliqning o`ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi;
Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig`i va jamiyatning o`z borlig`iga bo`linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a’zosi hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos bo`lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.
Xullas, «borliq» kategoriyasi o`ta umumiy falsafiy abstraktsiya bo`lib, u turli-tuman tabiat hodisalari va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik belgisiga ko`ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va jarayonlar borliqning turli sohalariga taalluqli bo`lsa-da, ularning barchasini umumiy asos birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to`g`risida so`z yuritish mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning umumiy asosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda keyingi paragrafda so`z yuritiladi.


  1. Yüklə 137,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin