2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə2/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
2- Mavzu

Ontologiya tushunchasi. O`quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o`rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo`lib, unda borliq va yo`q-lik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o`rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo`lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o`zaklarga ega bo`lib (ontos – borliq, logos – so`z, ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o`rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo`ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O`z navbatida ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o`z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko`p jihatdan belgilaydi.
«Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan ko`p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o`rinni egallaydi. Chunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo`lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo`lish, o`zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.
Bu inson o`zligini va o`zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob’ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir.
Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o`z dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan to`qnash keladi:

  1. «Men kimman?»

  2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»

  3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo`lgan?»

  4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»

  5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsadga muvofiqlik, maqsad, mo`ljal bormi?»

Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo o`zi nima bilan bevosita ish ko`rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o`zining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. Shu tariqa inson va uning ongi o`zini qurshagan barcha narsalar avvalo mavjud bo`lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Shunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo`lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o`rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo`lgani va qaerga yo`qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to`qnash kelganlar:

  • falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?

  • bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?

  • unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi?

Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo`yicha ta’lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bo`lishlari lozimligini hisobga olib, bu yerda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha to`xtalamiz va mazkur muammoni anglab yetish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz.

Yüklə 137,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin