2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari


Materiyaning tashkil topish darajalari



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə12/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
2- Mavzu

Materiyaning tashkil topish darajalari. Materiyaning cheksizligini hozirgi zamon tabiatshunosligi ham tasdiqlaydi. Materiyaning notirik, tirik va ijtimoiy kabi tarkibiy darajalari farqlanadi. Ular borliqning asosiy shakllari bilan mos keladi. Bunda turli darajalar bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Ayni vaqtda ularning tarkibida muayyan ierarxiya va soddaroq shakllardan (jonsiz materiyadan) murakkabroq shakllar (jonli va ijtimoiy materiya) sari yuksalish kuzatiladiki, bugungi kunda ularning mavjudligi faqat sayyoramizga nisbatan o`zining ilmiy tasdig`ini topgan. Jonsiz tabiatning tuzilishi va rang-barangligi haqidagi tasavvurlar esa, mikro-, makro- va megadunyolarni qamrab olib, tinimsiz kengayib va teranlashib bormoqda.
XX asrda bu borada ayniqsa katta yutuqlarga erishildi. Asr boshida modda diskret zarralardan iborat qandaydir uzluksiz narsa sifatida, maydon esa uzluksiz moddiy muhit sifatida tushunilar edi. Endilikda, kvant fizikasi, nisbiylik nazariyasi va boshqa tabiiy-ilmiy g`oyalarning rivojlanishi bilan modda va maydon o`rtasidagi farq nisbiy tus oldi, kashf etilayotgan elementar zarralar esa o`zining rang-barangligi bilan kishini hayratga solmoqda. Bu sohada yechilmagan muammolar hali bisyor bo`lsa-da, fan materiya tashkil topishining «subelementar» darajasini o`rganib, elementar zarralarning yagona tabiatini tushunishda sezilarli darajada yutuqqa erishdi. Bu yerda so`nggi yillarda plazma, materiyaning alohida holati sifatidagi fizik bo`shliq hodisalari va materiyaning cheksizligi haqidagi g`oyani tasdiqlovchi boshqa jarayonlar kashf etildi va o`rganilmoqda.
Hozirgi davrda materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi:
- mikrodunyo – atomlar va elementar zarralar dunyosi. ( bunda ...dan tashkil topadi» tamoyili amal qilmaydi)
- megadunyo – koinot dunyosi (sayyoralar, yulduzlar komplekslari, galaktikalar, megagalaktikalar);
- makrodunyo – barqaror shakllar va insonga mos kattaliklar dunyosi (unga molekulalarning krisstallashgan komplekslari, organizmlar, organizmlarning hamjamiyatlari ham kiradi);
Materiya tarkibiy darajalarining aniq chegarasini aniqlash mushkul. Uni fan doimo qayd etavermaydi. Bizning bilimlarimiz tobora chuqurlashib, darajalarning yangi va yangi sifat chegaralarini aniqlaydi. Materiyaning tarkibiy darajalari to`g`risida so`z yuritilganida, subelementar, mikroelementar, yadroviy, atom, molekulyar, makroskopik va kosmik darajalar ham tilga olinadi. Materiyaning mikroskopik darajasida fizika taxminan 10-15 sm uzunlikda taxminan 10-22 ga teng vaqt ichida yuz beruvchi jarayonlarni o`rganish bilan shug`ullanadi. Megadunyoda esa, kosmologiya taxminan 1010ga teng vaqt (Koinot yoshi) ichida yuz beruvchi jarayonlarni o`rganadi. Materiyaning tarkibiy darajalari g`oyasi metodologiya mutaxassislari tomonidan sababiyat va dunyoni bilish mumkinligi g`oyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi.




  1. Yüklə 137,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin