2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə15/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
2- Mavzu

Harakat tiplari. Fanda ob’ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi: progress va regress farqlanadi. Ularning biri materiya, energiya, axborotning makonda siljishi bilan bog`liq bo`lib, harakatlanuvchi narsalar o`z muhim xossalarini o`zgartirmasligi, ya’ni o`z sifatini yo`qotmasligi bilan tavsiflanadi. Bular miqdor o`zgarishlari, makondagi ko`chishlar yoki o`rin almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam, qorong`i osmon fonida projektor nurining harakati va hatto xayolda ayrim ob’ektlardan boshqa ob’ektlarga o`tish misol bo`lishi mumkin. So`nggi zikr etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai nazardan to`g`ri yoki noto`g`ri) yo`nalishdagi harakati to`g`risida so`z yuritiladi.
Ammo harakatning qayd etilgan tipi dunyoda yuz berayotgan o`zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu dastlabki narsa sifatlarining o`zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo`ladi.
Orqaga qaytmaslik va muayyan yo`nalishga egalik xos bo`lgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb ataladi. Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin bo`lib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi.
Agar harakat teskari yo`nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo`lsa, bu holda regress to`g`risida so`z yuritish odat tusini olgan. Ammo progress va regressning ko`rsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini e’tiborga olish lozim. Masalan, boshqaruv apparati tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiyaning o`sishi doim ham progressni anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga hech qanday aloqasi bo`lmaydi va ko`proq buning aksidan dalolat beradi.
Rivojlanish. Jonsiz tabiatda rivojlanishga yulduzlarda yuz berayotgan evolyutsiya jarayonlari; jonli tabiatda – turli organizmlarning o`sishi; jamiyatda – fan, texnika, sanoat ishlab chiqarishining o`sishi, ijtimoiy munosabatlarning o`zgarishi va shu kabilar misol bo`lib xizmat qilishi mumkin. «Rivojlanish» tushunchasi nafaqat moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, g`oya, nazariyaning rivojlanishi to`g`risida so`z yuritilgan holda, qo`llanilishi mumkin. Fikrning rivojlanishi uning «pishib yetilishi»ni, ya’ni murakkablashuvi, takomillashuvi, yanada aniqroq ma’no kasb etishi va shu kabilarni anglatadi. Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, narsalar va hodisalarning ob’ektiv dunyosidan farqli o`laroq, sub’ektiv konstruktsiyalar (tafakkur, g`oyalar, nazariyalar) harakati va rivojlanishiga nisbatan ko`lam ko`rsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. Ayni vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari, xuddi moddiy narsalar dunyosidagi kabi vaqtda kechadi.

Yüklə 137,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin