2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari


Makon va vaqtning topologik xossalari



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə23/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
2- Mavzu

Makon va vaqtning topologik xossalari. Topologik xossalarga sifat ko`rsatkichlari, makon va vaqtning uzluksizligi, bog`liqligi, vaqt tartibi, yo`nalishi va o`lchamliligi kiradi. Makonning topologik xossalari – makonning bir xilligi, izotropligi (jarayonlar ayni bir sharoitda bir xil kechishi) hamdir. Vaqtning topologik xossalari - bir yo`nalishlilik, muayyan o`lchovlilik, orqaga qaytmaslik. Bu ko`rsatkichlarning hammasi hanuzgacha faylasuflar shug`ullanadigan qator muammolarni tashkil etadi va falsafiy jihatdan ilmiy-nazariy asoslashga muhtojdir.
Makon va vaqtning dinamik va statik kontseptsiyalari. Falsafa tarixida vaqt tartibi hamda yo`nalishini tushunib yetishning dinamik va statik kontseptsiyalari shakllangan. Geraklitning «panta rei» (hamma narsa oqadi, hamma narsa o`zgaradi) tezisi bilan bog`liq yondashuv vaqtning dinamik kontseptsiyasiga asos bo`lgan.
Dinamik kontseptsiya vaqt jarayonlarining, shu jumladan vaqt oqimining ob’ektiv borlig`ini, ya’ni o`tmish, hozir va kelajak voqealari o`rtasida real fizik farqlar mavjudligini tan oladi. Ayni vaqtda, mazkur kontseptsiya nuqtai nazaridan, haqiqiy borliqqa hozirgi vaqt voqealarigina ega bo`ladi. O`tmish xotiralarda mavjud, kelajak voqealari amalda ro`y beradimi, yo`qmi - noma’lum. Faqat hozirgi vaqtda ehtimol tutilgan voqealar o`tmishdagi sabablar asosida real borliqqa aylanishi mumkin. So`ngra ular ham o`z davrida muayyan iz qoldirib, o`tmishga aylanadi.
Statik kontseptsiyasi vaqt tartibi va yo`nalishini tushunib yetishning ikkinchi kontseptsiyasi - ob’ektiv vaqt jarayonlari mavjudligini inkor etmagan holda, vaqtning o`tmish, hozir va kelajakka bo`linishini rad etadi. Unda «oldin - keyin» vaqt nisbati ob’ektiv deb e’tirof etiladi. Ushbu kontseptsiya tarafdorlari B.Rassel va T.Gold fikriga ko`ra, kuzatish e’tibordan soqit etilsa, dunyoda har qanday holat yuz berishi mumkin. G`arb falsafiy adabiyotlarida bu kontseptsiya «Sovib qolgan olam kontseptsiyasi» deb ataladi.
Ammo statik kontseptsiyadagi vaqtning harakati va oqimi sub’ekt – kuzatuvchiga bog`liqligi haqidagi asosiy tezisiga qo`shilish qiyin. Ko`pgina jarayonlar kuzatuvchidan qat’iy nazar mavjud bo`ladi va yuz beradi. Eng katta muammo – hozirgi vaqtni qanday tushunish mumkinligida. Statik kontseptsiyaga ko`ra, hozirgi vaqtning istalgan lahzasida olamning o`tmishdagi barcha holatlari mujassam, bo`lajak holatlari esa yashirin shaklda mavjud bo`lsa, qanday qilib yangi holatning paydo bo`lishi haqida gapirish mumkin? Bu yerda o`tmish va kelajak voqealari o`rtasida go`yo to`liq simmetriya mavjudligi haqidagi yondashuv ilgari suriladi, vaholanki, voqealarning haqiqiy ketma-ketligi amalda nosimmetrik tarzda ro`y beradi.
Nemis faylasufi va mantiqchisi Gans Reyxenbax «Vaqt nima?», degan savolga javob berishga harakat qilib, quyidagi ta’riflarni ishlab chiqqan:
1. Vaqt o`tmishdan kelajak sari harakatlanadi;
2. «Hozir» o`tmishni kelajakdan ajratuvchi hozirgi vaqtdir;
3. O`tmish hech qachon orqaga qaytmaydi;
4. Biz o`tmishni o`zgartira olmaymiz, lekin kelajakni o`zgartirishga qodirmiz;
5. Biz o`tmishning tarixiy «bayoni»ga ega bo`lishimiz mumkin, lekin kelajakni bayon qilish, bu bilan bog`liq imkonga ega bo`lishimiz mumkin emas;
6. O`tmish ma’lum, kelajak ma’lum emas.
Bu ta’riflarga qo`shilmaslik qiyin, ularda sog`lom fikrning oddiy mantiqi mujassamlashgan. Ammo vaqt bilan bog`liq muammolar majmuida aniq yechimi topilmagan masalalar bo`lib, vaqt nisbatlari tiplarining rang-barangligi ana shunday masalalardan biridir. Vaqt nisbatlarining turlari: tizimning ichki va tashqi vaqti; inson borlig`i vaqti; davrning madaniy-tarixiy vaqti; astronomik vaqt; fizikaviy vaqt; biologik vaqt va h. k. kabilardir.
Nisbiylik nazariyasidan jismlarning harakat tezligi oshganida va u yorug`lik tezligiga yaqinlashganida massa ortishi va harakatsizlik holatlariga nisbatan vaqt jarayonlari sekinlashishi ma’lum. Vaqt ritmlarining pasayishi juda kuchli gravitatsiya maydonlari ta’sirida ham yuz beradi. Tirik organizmlarda turli funktsional tizimlarning kun va tun, yil fasllari, quyosh faolligi tsikllarining almashuviga bog`liq bo`lgan bioritmlari ham amal qiladi. Davriy ritmlarga asoslangan biologik soatlar har qanday organizmda, hattoki, o`simliklarda ham mavjud deb taxmin qilinadi. Kibernetika asoschisi Norbert Viner insonda vaqt sezgisi uning miya ritmlari, xususan, miya faolligini tavsiflovchi «al’fa» ritm bilan bog`liq, degan taxminni ilgari surgan. Ba’zan vaqt sezgisi almashinuv jarayonlari bilan bog`lanadi. Qarilikda moddalar almashinuvining faollik darajasi pasaygani sababli, ichki hayot mexanizmining harakati ham sekinlashadi.
Yaxlit organizm sifatidagi jamiyat ham o`z vaqt munosabatlari va rivojlanish ritmlariga ega. Ular ijtimoiy o`zgarishlar, ishlab chiqarish va fanning rivojlanishiga qarab yo tezlashishi, yo sekinlashishi mumkin, ba’zan hatto muayyan ijtimoiy jarayonlarning stagnatsiya holati to`g`risida ham so`z yuritiladi.

Yüklə 137,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin