2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari


Makon va vaqt nisbiylik nazariyasi nuqtai nazaridan



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə21/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
2- Mavzu

Makon va vaqt nisbiylik nazariyasi nuqtai nazaridan. Makon va vaqt haqidagi hozirgi falsafiy qarashlar tabiiy va aniq fanlar sohasidagi so`nggi yutuqlar bilan uzviy bog`liq bo`lib, ularning tabiatiga nisbatan materialistik va relyatsion qarashlar asosli ekanligini tasdiqlaydi. Xususan, Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga muvofiq makon va vaqt o`z holicha ham, bir-biridan ajralgan holda ham mavjud bo`lmaydi, balki materiya bilan shu darajada uzviy bog`liq bo`ladiki, pirovardida hech qanday mustaqillikka ega bo`lmaydi va yagona rang-barang yaxlitlikning atributlari sifatida amal qiladi. Yagona makon va vaqt kontinuumini tashkil etar ekan, ular moddiy jismlar harakatining tezligiga ham bog`liq: jism harakatining nisbiy tezligi oshganida uning ko`lam ko`rsatkichlari qisqaradi, uning vaqti esa o`z oqimini sekinlashtiradi. Eynshteyn nazariyasi Riman, Lobachevskiy, Gauss va Puankarening ilg`or g`oyalariga qo`shilgan holda, makon va vaqtning gravitatsiya bilan uzviy aloqasini ham asoslab berdi.
Shunday qilib, nisbiylik nazariyasida makon, vaqt va harakat materiya mavjudligining atributlari, asosiy shakllari sifatida qaraladi va u bilan uzviy bog`liq bo`lgan holda, materiya kabi, mustaqil holda mavjud bo`la olmaydi. Muttasil harakatda bo`lgan dunyo esa muqarrar tarzda faqat makon va vaqtda mavjud deb qaraladi.
Makonning uch o`lchovliligi. Makonning uch o`lchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy jihatdan aniq isbotlanmagan. Makon va vaqtning cheksizligi hamda tuganmasligi, makonning uch o`lchovliligi, vaqtning bir yo`nalishliligi, orqaga qaytmasligi makon va vaqtning asosiy xossalari sifatida qaralishi lozim. Biz makroskopik tajribada ko`radigan ob’ektlar uch o`lchovli ko`lamlilikka – uch o`lchovdagi o`lchamlilikka ega. Makonning har qanday nuqtasi uch soni yordamida beriladi. Ammo makonning uch o`lchovliligi faylasuflar uchun amalda jumboq bo`lib qolamoqda. Ular uchun bu asoslashga urinishlar natija bermayotgan empirik postulat sifatida qabul qilinadi. Makonning uch o`lchovliligini ta’riflab bergan Aristotel’ pifagorchilarning g`oyalari yordamida uni asoslashga harakat qilgan. U uch o`lchov eng mukammal va tugallangan bo`lib, aynan 3 soni shunday xususiyatga ega ekanligini qayd etgan.
Sxolastlar Pifagor va Aristotel’ g`oyalariga tayanib, uch o`lchovlilikni dunyoning mukammalligi nuqtai nazaridan tushuntirganlar. Bunda uzunlik chizig`iga kenglik tutashadi va yuza hosil bo`ladi, so`ngra balandlik tutashadi va jism dunyoga keladi. Bundan boshqa o`lchovlarga o`tishni aniq tasavvur qilish mumkin emas. Uch o`lchovlilik dunyoning mukammalligidan dalolat beradi.
G.Galiley uch o`lchovlilikni asoslashga nisbatan mazkur yondashuvni tanqid qilgan. G.Galiley dialoglarining amalda muallif fikrini ifodalovchi qahramonlaridan biri shunday deydi: «3 soni mukammal ekanligi va uch o`lchovli hamma narsaning mukammalligidan darak berishga qodirligini tan olishga hech bir asos ko`rmayapman».
Nemis faylasufi I.Kant o`z faoliyatining tanqidiy bosqichidan oldingi davrda makonning uch o`lchovliligini tabiat kuchlarining o`ziga xos xususiyatlari bilan tushuntirishga harakat qilgan bo`lgan. U makonning uch o`lchovliligini fizik dalil sifatida tushunishga uringan. Ammo keyinchalik I.Kant makon va vaqtning aprioristik tabiati haqidagi xulosaga kelib uni hissiy kuzatish shakllari sifatida tavsiflagan.
Shunday qilib, makonning uch o`lchovliligi empirik postulatdir, u haqdagi xulosa bizning intuitsiyamizga asoslanadi, fikrlashning qulayligi, maqsadga muvofiqligi, tejamliligiga intilish, estetik moyilliklar yoki dunyoning mukammalligiga ishonchdan kelib chiqadi, degan ma’noni anglatmaydi. Makonning uch o`lchovliligi moddiy o`zaro ta’sirlar bilan belgilanadi.
Biz yashaydigan makon uch o`lchovlidir. Bu boshqa makon mavjud bo`lishi mumkin emas, degan ma’noni anglatmaydi, lekin boshqa makonda atomlar ham, molekulalar ham, Quyosh sistemasi ham bo`lmasligi mumkin. Agar makon uch o`lchovli bo`lmaganida, amaldagi barcha fizik qonuniyatlar buzilgan bo`lar edi; narsalar biron-bir sababsiz paydo bo`lishi va yo`q bo`lishi mumkin edi (ularning sabablari boshqa o`lchovlarda bo`lar edi); atomlar mavjud bo`lishi mumkin emas edi, chunki elektronlar darhol yadrolar ustiga tushar edi. Butun dunyo boshqacha bo`lishi lozim bo`lar edi.
Demak, bizning dunyomizda har qanday voqea to`rt son: makonning voqea yuz bergan joyni qayd etuvchi uch koordinati va uning vaqt ko`rsatkichi bilan belgilanadi. Shunday qilib, moddiy dunyo ob’ektlarining «3  1» ko`rinishidagi makon va vaqt tuzilishiga mansubligi ularning universal xossasi hisoblanadi.

Yüklə 137,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin