2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə24/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
2- Mavzu

Vaqt tartibi va yo`nalishi. Vaqt shakllanishi yoki o`tishining ob’ektiv xususiyati to`g`risidagi masala qadimdan hozirgi kungacha qizg`in bahsga sabab bo`layotgan muammodir. Vaqt tartibi va yo`nalishi to`g`risida so`z yuritilganida, odatda, uning o`tmishdan hozirgi vaqt orqali kelajakka o`tishi nazarda tutiladi. Vaqt bir yo`nalishli, nosimmetrik va orqaga qaytmaydigan jarayon sifatida namoyon bo`ladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki majmuidan foydalanilgan: «O`tmish – hozirgi vaqt – kelajak» tushunchasining sifati va mazmunini ifodalashda vaqtning psixologik tavsifi ko`proq mos keladi. Vaqtning miqdoriy tahlil uchun : «oldin – ayni bir vaqtda – keyin» tushunchalari qo`llaniladi. Masalan: 4 minut oldin, 5 minut keyin va h.k. miqdor tahlilini ifodalaydi. Ammo tilimizning tuzilishiga ko`ra 4 soat «o`tmish», 5 minut «kelajak» qabilida gap tuzish imkoni yo`q. Vaqtni tushunishning bu ikki xil jihati 1908 yilda J.Mak-Taggart tomonidan aniq tavsiflangan. U «vaqt» tushunchasining ikki majmui haqidagi tasavvurni ilmiy muomalaga kiritdi.
Tushunchaning ikki majmuini ajratish ayrim muammolar ta’rifini aniqlash imkonini beradi. Bir tomondan, vaqt harakatchan yoki muvaqqat yo`l, oqim va tranzitivlikning ifodasi sifatida tushuniladi. O`tmish, hozir va kelajakda mavjud voqealar vaqtning mazkur holatiga nisbatan uzluksiz o`zgaradi. O`tmishdagi voqealar yanada o`tmishga chekinadi, bo`lajak voqealar esa yaqinlashadi. Vaqt shakllanishining mazkur jarayoni ko`pincha «vaqt daryosi», «vaqt oqimi» kabi ibora va o`xshatishlar orqali ifodalanadi. Ayni vaqtda, uzluksiz o`zgaruvchi voqealar o`zgarmas tartibda yuz beradi
Ijtimoiy makon. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Bu insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o`ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog`liq bo`lgan ijtimoiy makon to`g`risida so`z yuritish o`rinli bo`ladi. U alohida insoniy ma’no kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o`rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o`zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko`rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko`lamli strukturalar o`z holicha, xaotik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolyutsiyasi ob’ektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma’lum vaqt ruhini o`zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o`zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o`z aksini topadi.

Yüklə 137,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin