2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja: Borliq tushunchasi va uning turlari


Falsafa tarixida tabiatga munosabat



Yüklə 137,02 Kb.
səhifə27/31
tarix03.04.2023
ölçüsü137,02 Kb.
#92749
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
2- Mavzu

Falsafa tarixida tabiatga munosabat. Butun tarix mobaynida odamlar o`zlarining atrof muhitga ta’sir ko`rsatish qobiliyatlarini tinimsiz rivojlantirdilar va takomillashtirdilar. Shu tariqa jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatlari ham o`zgarib bordi. Bugungi kunda tarix, arxeologiya, geografiya, etnografiya sohasida va boshqa fanlarda mavjud ilmiy ma’lumotlar tabiatga antropogen ta’sir insoniyatning son va sifat jihatidan o`sishiga mutanosib ravishda tinimsiz kuchayib borgani va pirovard natijada ijtimoiy rivojlanishning asosiy bosqichlarini aks ettirganini tasdiqlaydi. Bu bosqichlarning har biriga atrof muhit bilan inson munosabatlarining o`ziga xos shakllari va uning ongida tabiatning har xil in’ikosi xosdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, tabiat va jamiyat o`zaro aloqasining u yoki bu bosqichlarini ajratish nafaqat ishning ob’ektiv tomoniga, ya’ni ko`rsatilgan o`zaro aloqalarni tavsiflovchi tabiiy o`zgarishlarga, balki bunday ajratish natijasida qanday maqsadlar ko`zlanishiga ham bog`liq bo`ladi. Ayni holda bizni insonning atrof muhitga ta’siri xususiyati va uning tabiatga bog`liqligi masalalari ko`proq qiziqtiradi. Bundan maqsad qanday qilib inson o`zining avvalgi tabiatga to`la qaramlik holatidan fan va texnikani faol rivojlantirib, ularning yordamida tabiatni o`ziga bo`ysundirib, uni xizmatkoriga aylantirishga harakat qilib, pirovardida keskin ekologik muammolarni yuzaga keltirganini ko`rsatib berishdir.
Insoniyat tarixining ilk bosqichida tabiatga munosabat. yer, okeanlar, qit’alar o`rni va ularda yashovchi xalqlar haqidagi dastlabki tasavvurlar odamlarda atigi 300-400 yil muqaddam, Buyuk kashfiyotlar davri yakunlanganidan so`ng paydo bo`ldi. Bungacha odamlar bir necha ming yillar mobaynida uncha katta bo`lmagan hududlarda yashadilar.
Ibtidoiy odam termachilik, ovchilik, baliqchilik bilan shug`ullanib, o`zining odatdagi ehtiyojlarini tayyor mahsulotlarni o`zlashtirish bilan qondirgan, ya’ni tabiat bergan ne’matlar bilan kifoyalangan. Bu ne’matlar uning atrofida o`sayotgan, chopayotgan, o`rmalayotgan, uchayotgan, suzayotgan va ovqatlanish uchun yaraydigan narsalardan iborat bo`lgan. O`sha davrda inson tabiatga to`la singib ketgan va unga butunlay qaram bo`lgan. U tabiatdan ajralmagan va o`zini unga qarshi qo`ymagan. Ayni shu sababli, o`sha davrda faqat oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi va yashab qolishni ta’minlovchi tabiiy sharoitlar bilan belgilangan o`zining oz sonliligi tufayli ibtidoiy odam atrof muhitga sezilarli darajada zarar yetkazishga qodir emas edi.
Termachilikdan insonga uning kundalik hayotida zarur bo`lgan narsalarni ishlab chiqarishga o`tilishiga qarab, u tabiat resurslarini o`z xo`jalik muomalasiga tobora ko`proq jalb qila boshladi. Shu tariqa inson o`zi yashayotgan muhitni sezilarli darajada o`zgartirdi. Xususan, chorvachilikning rivojlanishi bilan yaylovlardan yovvoyi hayvonlar siqib chiqarildi. O`zlarining odatdagi yashash joylaridan mahrum bo`lgan bu hayvonlar soni kamaydi, ayrim turlar esa butunlay qirilib ketdi.
Insonning dehqonchilik bilan shug`ullanishga o`tishi tabiatda bundan ham kuchliroq o`zgarishlar yasadi. Odamzot ekin maydonlariga joy ochish maqsadida o`rmonlarga o`t qo`yib, ulardagi daraxtlarni ildizi bilan qo`pora boshladi. Odamlar yashaydigan joylarda landshaftlar xususiyati o`rmonlar kamayishi, tuproq nurashi va shu kabilar natijasida butunlay o`zgardi.
Keyinchalik ariqlar va sug`orish sistemalari qurilib, yer osti boyliklari izchil qazib olina boshlagach, tabiatdan foydalanish darajasi kengaydi. Temir paydo bo`lishi bilan insonning texnik imkoniyatlari keskin ortdi, mehnat qurollari takomillashtirildi, yanada murakkabroq muhandislik va sug`orish inshootlari paydo bo`ldi. Inson tabiatni asta-sekin tashqi va o`ziga qarshi kuch sifatida idrok etib, tabiat bilan ayniy mavjudotdan undan farq qiladigan mavjudotga aylanib bordi.
Toshqinlar, yong`inlar, qurg`oqchiliklar, sovuqgarchiliklar, bo`ronlar va zilzilalar insonning yashovchanlik qobiliyatini sinovdan o`tkazdi, uni shafqatsiz stixiyaga qarshilik ko`rsatish usullarini izlashga majbur qildi. Xavfdan saqlanish va o`zini himoya qilish imkoniyatlarining ozligi insonda qo`rquv va ishonchsizlik, qudratli tabiatga butunlay qaramlik tuyg`ularini uyg`otdi. Bunday kayfiyat insonni ming yilliklar mobaynida ta’qib qildi va qadimgi xalqlarning turli miflari va afsonalarida, shuningdek ularning dastlabki diniy tasavvurlarida o`zining yorqin ifodasini topdi. Xususan, so`nggi zikr etilgan tasavvurlarda Quyosh, Oy va ayrim predmetlar alohida o`rin egalladi, ularga sig`inish talab etildi. Chaqmoq, yashin, bo`ron kabi tabiiy hodisalar inson tabiatga ehtiromsiz munosabatda bo`lgani uchun unga yuborilgan yot kuchlar sifatida yoki xudolarga itoat etmaganlik uchun jazo sifatida talqin qilindi.

Yüklə 137,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin