Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o'z-o'zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo'lgan
narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi vaqt katolik cherkovi ham foydalanuvchi o'z dalil-
isbotini taklif qiladi. Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona
tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan.
Uning fikricha, shaxs aql-zakovat,
sezgilar va iroda bilan
tavsiflanadi. Aql-zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo'lgan
muhabbatdan keyingi o'ringa qo'yadi, ya'ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo'lsa,
aqldan ustun bo'lishi mumkin. Foma Akvinskiy o'zining «Podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo
ijtimoiy
mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g'amxo'rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi.
Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog'laydi
va hatto xalqning adolatsiz
podsholarga qarshi bosh ko'tarish huquqi to'g'risida so'z yuritadi. Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi
va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy
qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi. Uning fikricha, dunyoviy hayot bo'lg'usi ma'naviy hayotga
tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma'naviy hokimiyatga bo'ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda –
Iso Masih, Yerda – Rim Papasi boshqaradi. Foma Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan,
Aristotel` kabi monarxiyani afzal ko'radi.
Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab dominikan sxolastlarining bayrog'iga aylandi, XVI asrdan e'tiboran
iezuitlar tomonidan targ'ib qilina boshladi. Iezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini sharhladi
va takomillashtirdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta'limoti hozirgi
vaqt falsafiy tafakkurining
qudratli oqimlaridan biri sanalgan neotomizm negiz aylandi.
Dostları ilə paylaş: