Reja: Falsafa atamasining kelib chiqishi


Relyatsion (lot. relativus – nisbiy) yo’nalish makon va vaqtni mustaqil mohiyatlar sifatida emas, balki real



Yüklə 292,37 Kb.
səhifə42/44
tarix19.12.2023
ölçüsü292,37 Kb.
#185887
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Mavzy №1. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li -fayllar.org

Relyatsion (lot. relativus – nisbiy) yo’nalish makon va vaqtni mustaqil mohiyatlar sifatida emas, balki real 
dunyo ob’ektlari va jarayonlari o’rtasidagi alohida munosabatlar sifatida tushunish bilan bog’lanadi. «Vaqt
nima?», degan savolga javob berar ekan, Aristotel shunday mulohaza yuritadi: harakatda ham, vaqtda ham doim
muayyan «oldin» va undan farq qiluvchi «keyin» mavjud. Aynan harakat tufayli biz har xil, o’zaro mos
kelmaydigan «hozir»ni farqlaymiz. Vaqt shu «hozir»ning ketma-ketligi, ularning almashuvi, sanog’i, hisobi,
«oldingi va keyingiga bog’langan harakatlar soni»dir
3
. Aristotelda makon harakatsiz yulduzlar sohasi bilan
cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan tashqarida yotuvchi va hamma narsani harakatga keltiruvchi boqiy,
harakatsiz, ilohiy osmon joylashgan.
Mazkur nuqtayi nazardan ko’rsatilgan munosabatlar doirasidan tashqarida makon va vaqt mavjud bo’lmaydi.
Bu yo’nalishning atoqli namoyandasi G.Leybnits (1646-1716) hisoblanadi.
Makon va vaqt talqinidagi bu ikki tendentsiya, ya’ni makon va vaqt borliqning mustaqil, ob’ektiv hamda
moddiy mazmunga bog’liq bo’lmagan asoslari sifatida yoki harakatlanuvchi materiyaning ajralmas qismi sifatida
talqin qilish keyinchalik o’z rivojini to’di. Birinchi substantsional kontseptsiya ayrim o’zgarishlar bilan yigirma
asrdan ko’proq davr amal qildi. Nyutonning materiya joylashadigan harakatsiz, uzluksiz va bir xil uch o’lchovli joy
sifatidagi makon to’g’risidagi fikri o’z mohiyatiga ko’ra, Demokritning makon haqidagi g’oyalari bilan bir edi.
Nyuton kontseptsiyasiga ko’ra, makon absolyut bo’lib, cheksiz ko’lamga ega. SHuning uchun u o’zida barcha
materiyani sig’dira oladi va turli jarayonlarga bog’liq emas. Ushbu kontseptsiyaga ko’ra, vaqt ham absolyut bo’lib,
turli o’zgarishlarga bog’liq bo’lmagan holda kechadigan teng davriylikdir. Unda barcha narsalar paydova yo’q
bo’lib turadi. Muxtasar qilib aytganda, Nyuton makon va vaqt bir-biridan ajralgan va materiya bilan harakatga
bog’liq bo’lmagan mustaqil narsa, deb tushungan.

Yüklə 292,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin