Rasmiy idoraviy uslub – barcha qonunlar, prezident farmonlari, hukumat qarorlari, turli hujjatlar ish qog„ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar
rasmiy idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo„ladi. Qisqalik, aniqlik va rasmiylik bu uslub matnlarining bosh belgisidir.
Yozma nutq so„zlovchi va qabul qiluvchi og„zaki muloqot vositasisiz amalga oshganda juda asqotadi. Barcha tashkilotlarda ijrochilar yozma xabarlar orqali bo„limlararo va bo„limlari ichida samarali aloqani rivojlantirishlari mumkin. Yozma nutq bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar, biznes xatlar va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi. Akademik nutqning rasmiy shaklga ega matnlarda buyruqlar, ma‟lumotnomalar va boshqa siyosiy masalalar doimo yozma shaklda bo„lishi kerak. Shu bilan birga, akademik nutqning yozma shakli ma‟lum bir qoidalarga bo„ysunadi. Xususan, akademik nutq va axborotlar tili mutlaqo ilmiy xarakterda bo„lishi, ya‟ni biror sohaga xos ilmiy terminlar asosida ko„rilib shu soha bilan notanish kishi uchun qisman yoki mutlaqo tushunarsiz bo„lishi ham mumkin. Bunday notiqlikning quyidagi turlari mavjud:
O„quv yurtlarida o„qitiladigan ma‟ruzalar odatda ma‟lum bir fanlardan mavzular asosida tashkil qilinadigan ma‟ruzalardir. Bunday ma‟ruzalar ta‟sirchan va mazmunli bo„lishi lozim.
Ilmiy ma‟ruzalar bevosita muayyan soha bo„yicha qilinayotgan ishlar, ilmiy kuzatuvlar, tadqiqotlar haqidagi xulosalar, dastlabki tug„ilgan g„oyalar va taxminlar bayonidan iborat bo„ladi. Ilmiy ma‟ruzalar olimlar ishtirokida anjumanlarda o„qilib, ilmiy anjuman ishtirokchilari tomonidan muhokama etiladi.
Ilmiy sharhlov mavzusidagi ma‟ruzalar asosan ilmiy-tadqiqot va o„quv yurtlari doirasida o„tkaziladi. Bunday sharhlov ilmiylik, daliliylik, kuzatuv xulosalari asosida quriladi.
Akademik nutqda har bir so„z yoki termin, har bir gap, jumla mazmunan to„liq, sodda, aniq, izchil va mantiqli ifodalash lozim.
Ilmiy uslub asosida shakllantirilgan ilmiy-siyosiy nashrlar matn qurilishidagi o„ziga xoslik, tashviqot va targ„ibot bo„lib, lisoniy-uslubiy vositalarni tanlash va qo„llashga e‟tibor beriladi. Siyosiy-mafkuraviy atamalarni qo„llashning o„ziga xosligi – ommaviylik va tushunarlilik, ta‟sirchanlikni ta‟minlovchi omillarga asoslanadi.
Ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda milliy atamalardan, ko„chimlardan foydalaniladi, manbalarga havola qilinadi. Ilmiy nashrlar matnida ilmiy uslub ustuvorlik kasb etadi. Ilmiy-texnikaviy nashrlar oldiga qo„yiladigan talablar juda jiddiydir va nashrning kimga qaratilganligiga bog„liq.
Ilmiy ommabop adabiyotlar ijtimoiy-ma‟rifiy maqsadga yo„naltirilgan bo„ladi va ilmiy bilimlarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Ilmiy-ommabop bayon oldiga qo„yiladigan asosiy talablar – matnning mantiqiy, lisoniy, uslubiy sifatlarga asoslanishidir. Bunday matnlarda to„g„ri va haqiqiy ma‟lumotlar uzatiladi va bunda sof, rasmiy ma‟lumotlarga tayaniladi. Bunday matnlarni yozishda yuzaga keladigan asosiy qiyinchilik gipoteza va nazariyalarning asoslash zaruratidir. Ushbu uslubda yaratilgan matnlar potensial o„quvchining oldingi adabiy tajribasini hisobga olishi kerak, aks holda o„quvchida matnlararo xulosa yuzaga kelmaydi va bu ilmiy uslub matnlarining asosiy funksiyasini tashkil etadi.
Ilmiy uslub doirasida yaratilgan matnlar sirasiga kiruvchi ilmiy nashrlar – monografiya, ma‟lumotnoma, darsliklar, axborotnomalarni yaratish ta‟lim va ilmiy muassasalar uchun zarur. Bunday matnlar asosiy va ikkilamchi matnlarga ajratiladi. Birinchisi muallif tomonida yaratilgan va boshqa adabiyotlarga murojaat etish talab etilmaydi. Ikkinchi tur matnlar ilgari yaratilgan matnlar asosida yaratiladi. Har bir soha doirasida ilmiy matn yaratishda e‟tibor berish lozimbo„lganxususiyatlar: So„zlarning lug„aviy ma‟nosini bilgan holda tanlash;
So„z va terminlarning tushunarli bo„lishini hisobga olish;
Baynalminal terminlarni adabiy tilning leksik me‟yoriga muvofiq tarzda tanlash;
So„z va terminlarni matnning mazmuni va uslubiy xususiyatidan kelib chiqib tanlash;
Mavhum ma‟noga ega bo„lgan otlardan(o„tish, yuksalish) tez-tez foydalanish;