Akademikyozish – bu axborot jarayonlari, xalqaro almashinuvlar, akademik aloqalarning jadal rivojlanishi sharoitida, ya‟ni dolzarb bo„lgan va jahon ta‟lim hamda ilmiy hamjamiyatlarida keng tarqalgan kompetensiya bo„lib, u o„z ilmiy matnlaringizni o„qish, tushunish, tuzish va formatlash imkonini beradi. Akademik yozuv nasr uslubidir. Odatda shaxssiz va g„ayratli ohangda taqdim etiladi. U sinchkovlik bilan tasdiqlangan bilimlarga asoslangan tanqidiy va xabardor auditoriyaga qaratilgan va tushunchalar yoki dalillarni mustahkamlash yoki e‟tiroz bildirish uchun mo„ljallangan. Ushbu uslub akademik(ilmiy) kundalik hayotda qo„llaniladi.
Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy tuyg„u bo„lsa, bu millatning milliy o„zligini anglash tuyg„usidir. Tilning dunyoni bilish, bilimlarni to„plash, saqlash, keyingi avlodga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go„zallik kategoriyalarini voqealantirish kabi qator vazifalarni bajarishiga qaramasdan uning asosiy funksiyasi kishilar o„rtasidagi aloqani ta‟minlashdir. So„nggi yillarda nutq kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning asosi deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Nutq nafaqat lingivistik, balki psixologik va estetik hodisa hamdir. Bu narsa ma‟lum bir fikrni tinglovchiga to„laqonli yetib borishi, unga o„z ta‟sirini o„tkazishi bilan belgilanadi. Nutqning kommunikativ, ya‟ni aloqaviy sifati quyidagi mezonlarga bevosita bog„liq bo„ladi: nutqning to„g„riligi, nutqningmantiqiyligi,nutqningsofligi,nutqningifodaliligi.
Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar olimlar tomonidan ishlangan, qat‟iy me‟yorlarga ega bo„lgan nutq ko„rinishidir. Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o„ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko„rinishlari – uslublari mavjud. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma‟lum soha doirasidaga, ma‟lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko„rinishi nutq uslubi hisoblanadi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo„ladi. Xususan, oilada, ko„chada, insonlarning fikr almashinish jarayonida qo„llanadigan nutq uslubi so„zlashuv uslubi sanaladi. So„zlashuvuslubi oddiy va adabiy so„zlashuv uslublarini o„z ichiga oladi.