Ma’lumotlar bazasini yig’ib chiqish uchun geografik axborotlarning klassifikatsiyalanishi
Rastr
Vektor
Asosiy
Su‟niy yo„ldoshlardan olingan raqamli ma‟lumotlar va masofadan turib zondlash ma‟lumotlari
GPS qabul qilish qurilmalari Tasvirga olishlar
Yordamchi
Skanerdan o„tkazilgan
xaritalar yoki tasvirlar
Relefning raqamli modeli
(RRM)
Topografik xaritalar
konturlari
Topografik tasvirlar
Joyning nomlanishlari
ma‟lumotlar bazasi
Birinchidan, kiritish kenja tizimi grafik va atribut ma‟lumotlarni kompyuterga o„tkazish uchun loyihalashtiriladi.
Ikkinchidan, bu kenja tizim rastr va vektor uslublardan tashkil topgan, grafik ob‟ektlarni ifodalashning ikkita fundamental uslublaridan kamida bittasining talablariga javob berishi zarur hisoblanadi.
Uchinchidan, bu tizim ma‟lumotlarni saqlash va tahrirlash tizimlari bilan o„zaro bog„liqlikka ega bo„lishi talab qilinadi, ya‟ni biz kiritayotgan ma‟lumotlarning saqlanishi va tanlanishi imkoniyatlarni kafolatlay olishi, Shuningdek talab qilingan holatlarda tegishli tuzatishlarni kiritish yoki xatoliklarni bartaraf qilish shaklida o„zgartirishlarni amalga oshirish imkonini berishi talab qilinadi. Dastlab, GATning qanday tipga egaligi, ya‟ni vektor yoki rastr tavsifga egaligidan foydalanilishiga aniqlik kiritib olish talab qilinadi, Shuningdek sizning GATingiz ushbu keltirilgan tiplarni qayta o„zgartira olishga qodirligiga oydinlik kiritib olish zarur hisoblanadi.
5. Rastr va vektor ma’lumotlar uslublari
Birlamchi rastr formatidagi ma‟lumotlarni olishning uslublaridan biri - bu masofadan turib zondlash ma‟lumotlaridan foydalanishdan tashkil topadi. Erning masofadan turib zondlanishi tushunchasi orqali bevosita u bilan tegish tavsifida bo„lmagan tarzda, undan keluvchi elektromagnit nurlanishlarni qayd qilish yo„li bilan er yuzasi (jumladan, er yuzasida joylashgan ob‟ektlar) haqidagi axborotlarni olish tushiniladi. Bu ko„rinishda masofadan turib zondlash ma‟lumotlarni (MTZ) raqamli shaklda olish er resurslarining geoaxborotlar asosida kartografiyasi sohasida jadal ravishda qo„llaniladi.