Reja: gatda axborotlar va ma’lumotlar



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə10/13
tarix02.06.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#123892
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Geografik axborot tizimlaridan foydalanish orqali baxolash

(ma'lumotlar modeli)
5.2.-rasm. Vektor ma‟lumotlarning spagetti modeli
Bu modelda o„zaro qo„shni holatda joylashgan sohalar umumiy tomonlar uchun spagettining turli xil zanjirlariga ega bo„lishi talab qilinadi. Ya‟ni, qandaydir spagetti zanjiri uchun umumiy bo„lgan soha mavjud emas. Garchi, albatta hatto, kopyuterda alohida qayd qilinuvchi sohalarning umumiy tomonlari kelgusida bir xildagi koordinatalar to„plamiga ega bo„lsa-da, har bir sohaning har bir tomoni takrorlanmas chiziqlar to„plamiga va koordinatalar juftligiga ega hisoblanadi. Spagetti modelidan farq qilib, topologik modelda nomidan ham ko„rinb turganidek, topologik axborotlar yaqqol tarzda ifodalanadi.
Ilgari surilgan tahliliy uslublarni ta‟minlash uchun kompyuterga iloji boricha ko„proq miqdorda yaqqol topologik axborotlarni kiritish kerak bo„ladi. O„z tarkibida ko„p sondagi maxsus-ixtisoslashgan matematik operatsiyalarni birlashtiruvchi matematik soprotsessor kabi, topologik ma‟lumotlar modeli tarkibida ham, geografik tahlillarda nisbatan ko„p ishlatiluvchi bir qator funksiyalar birlashtiriladi.
Bu holat ko„p sondagi operatsiyalarni bajarish davomida aniqlik kiritish talabini qondirish uchun, axborotlar tarkibiga aralash ma‟lumotlarning kiritilishini ta‟minaydi. Topologik axborotlar tugunlar va yoylar to„plami orqali tavsiflanadi. Tugun oddiy nuqtaga nisbatan kengroq mazmunga ega bo„lib, odatda ikkita yoki undan ortiq sondagi yoylarning o„zaro kesishish sohasini ifodalaydi va uning tartib raqami u tegishli bo„lgan har qanday hoxlagan yoyga kirishni ta‟minlovchi lavha sifatida foydalaniladi.
Har bir yoy (arc) boshqa yoy bilan kesishish nuqtasidan yoki boshqa yoyga tegishli bo„lmagan tugundan boshlanadi va tugallanadi. Yoylar o„zaro oraliq (shakl xosil qiluvchi) nuqtalar orqali bog„langan, ketma-ketlikda joylashgan kesmalardan xosil qilinadi. Bu holatda har bir chiziq ikkita sonlar to„plamiga ega hisoblanadi:
ya‟ni, oraliq nuqtalarning koordinatalar juftliklari va tugunlarning tartib raqamlari.
Bundan tashqari, har bir yoy o„zining identifikatsiya raqamiga ega bo„lib, bu raqamdan qaysi tugunlar uning boshlanishi va oxirgi qismi hisoblanishini ko„rsatish uchun foydalaniladi. Shuningdek, yoylar bilan chegaralanuvchi sohalarda ham identifikatsiya raqamlari mavjud bo„lib, bu raqamlardan ularning yoylar bilan o„zaro nisbatini aniqlashda foydalaniladi. O„z navbatida, har bir yoy tarkibida o„ng va chap tomonda joylashgan sohalarning tartib raqamlari haqidagi axborot mavjud bo„lib, bu aralash tavsifga ega sohalarni topish imkonini beradi. Bu qarab chiqilayotgan modelning ushbu xossasi kompyuter yordamida barik tavsifga ega bo„lgan ob‟ektlar o„rtasida mavjud haqiqiy aloqadorliklarni bilish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, biz xaritalar foydalanuvchisi sifatida, an‟anaviy tavsifga ega xujjat tarkibida qayd qilingan, makonga oid o„zaro aloqadorliklarni aniqlashda ma‟lumotlarning nisbatan aniq tarzda ifodalanishi kuzatiluvchi ma‟lumotlarning vektor modeliga ega hisoblanamiz.
Rastr va vektor shakllar o„rtasidagi qayta o„zgartirish - bu etarlicha darajada odatdagi holat bo„lib, ushbu o„rinda ayrim jihatlar haqida eslatib o„tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Vektor ma‟lumotlarni rastr ma‟lumotlarga qayta o„zgartirishda ko„pincha holatlarda natijalar ko„rish uchun qoniqarli darajada xosil qilinadi, biroq rastr shakliga qayta o„zgartirish uslublari har bir yacheykani ifodalovchi atributlar uchun qoniqarli bo„lmagan natijalarni berishi ham mumkin.
Ayniqsa, bu holat sohalar chegaralari yoni bo„ylab yaqqol kuzatiladi, bu sohada chegaralarning bitta yoki boshqa tomonlarida rastr atributlar yacheykalarining o„zlashtirilishida noaniqlik holati yuzaga keladi. Boshqa tomondan, rastr ma‟lumotlarni vektor ma‟lumotlarga qayta o„zgartirishda siz ko„pgina atribut ma‟lumotlarni saqlab qolishingiz mumkin, biroq xosil qilingan, ko„rish mumkin bo„lgan natijalar ko„pincha holatlarda o„zgartirilishi kerak bo„lgan rastr yacheykalarning blok, pag„onasimon narvon shaklidagi ko„rinishda ega bo„lishi qayd qilinadi.
Bu narvonsimon effektni silliqlovchi algoritmlar mavjud bo„lib, bunda splayn-interpolyasiya matematik uslublaridan foydalaniladi. Bu uslub haqida batafsil to„xtalib o„tirmagan holda, qayd qilishimiz mumkin-ki, bu uslublar - tishsimon chiziqlar va o„tkir burchaklarni silliqlovchi oddiy grafik uslublar hisoblanadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin