Reja Grafik modellashtirish 3D max, catia, kompas, Solid Works fayllar
Yorug`lik manbalarini yaratish
Yaratilgan ob`ektga material qo`yilgach, ularni sifatli korsatish uchun yorug’- lik manbalarini kiritish kerak bo`ladi.
Tasvirlar yaratishda yorug`lik hosil qilish - eng murakkab masalalardan biridir. Ayniqsa bu Intererlar bilan ishlashda muhimdir.
Sukut saqlanganda, yoki yorug`likning manbalari hali yaratilmaganda, sahnani ikkita chekka yoritgichda yoritiladi. Yorug`lik ixtiyoriy yaratilgan manbasi ularni avtomatik ravishda orttiradi.
Creat (yaratish) buyruqlar panelidagi Lights (yorug`lik manbasi) tugmasida bosing. Ochilgan buyruqda faqat bitta - Standart (standart) variant bo`ladi. Object Type (ob`ekt turi) menyusida yorug`lik manbalarining har xil turlarini yaratish tugmalaripaydobo`ladi.
5.18-rasm
LM ni (nuqtali) tugmasiga bosing buyruqlar panelining quyi qismida uchta: General Parameters (umumiy parametrlar) , Projector Parameters (yo`naltirilgan yorug`lik parametrlari) va Show Parameters (soya parametrlari) paydo bo`ladi.
Ikkinchi majmua nomiga yorug`lik manbai turi kiritiladi. General Parameters (umumiy parametrlar) va Shadow Parameters (soya parametrlari) hamma yorug’- lik manbalari uchun bir xildir.
Ekranning yuqori qismidagi Of (yuqori) preksiyasiga LM ni bosing. Ko`rsa-tilgan nuqtada yorug`lik manbai belgisi ko`rsatilgan kichkina sakkiz qirra hosil bo`ladi. Proyeksiya oynalaridagi sahna ob`ektlari yorugligi o`zgarishni kuzata boramiz va manbaning optimal holatini tanlay borib yorug`lik manbani boshqa nuqtaga tortib o`tkazish mumkin.
Yorug`likparametrlarinio`rnatish. Buning uchun quyidagi ishlarni qilish
kerak.
1. General Parameters (umumiy parametrlar) majmuasida yorug`lik
parametrlari-ni sozlang.
Multiplier (kuchaytirgich) yorug`lik intensivligining umumiy darajasini soz-
laydi.
Contrast (kontrast) yoritilgan sirt yoritgidh rangi va diffuzion rang sohalari
o’rtasidagi kontrasni (farqni) beradi. Sukut vaziyatda u 0 ga teng.
Soften Diff Edge (diffuzion rang chegaralarini yo`qotish) yoritgich va diffuzion akslanish sohalari o`rtasidagi chegaralarini yo`qotishga imkon beradi. 100% miqdorni o`rnatish diffuzion akslanish sohalari va yoritgich o`rtasidagi qat`iy chegaralarini yo`qotishga olib keladi, lekin bunda sirtning yoritish darajasi pasayadi.
Affect Diffuse (diffuz rangga ta`sir etadi) va Affect Specular (ko`zgu rangiga ta`sir etadi). Sukut vaziyatida ikkala parametr ham o`rnatiladi, lekin yorug’lik bitta manbaini faqat diffuzion akslanishning sohasini yoritish uchun ishlatish mumkin, ikkinchisi esa faqat ko`zga akslanishni beradi.