Reja: Hayvonlar xilma-xilligi va ahamiyati



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə2/3
tarix11.05.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#111021
1   2   3
Noyob va yo’qolob borayotgan hayvonlarni asrashga qaratilgan dastur va loyihalar

Buxoro kiyigi
1999 yildayoq Buxoro kiyiklari soni 400 boshdan kamaygani qayd etilgan. Ularning ko‘pi Tojikistonda davom etgan fuqarolik urushi payti halok bo‘ldi. Ayni paytda Tojikiston qo‘riqxonasida saqlanayotgan noyob kiyiklar 850 boshga yetdi, biroq Zarafshon qo‘riqxonasida ular bor-yo‘g‘i 40 boshni tashkil etadi. Tezchopar kiyiklar oilasiga mansub jayron asosan Turkmaniston va Qozog‘iston hududlarida uchraydi. Uning shoxi va go‘shti uchun jayronni ovlashadi. O‘tgan asrning 80-yillari Kopettog‘ maydonlarida jayronlarni ko‘paytirish va nasl olish bo‘yicha ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Ammo qo‘riqxonada saqlanib qolgan jayronlar soni 200 boshdan oshmaydi. 
Chiroyli tuvaloq
Qichqiriq qush nomi bilan mahalliy aholiga yaxshi tanish bo‘lgan tuvaloqlardan biri — Chiroyli tuvaloq ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Qush Qozog‘istonda «Qizil kitob» ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, boy arab shayxlariga lochin bilan tuvaloqlarni ovlashga ruxsat beriladi.
Oltin burgut
Berkut yoxud Oltin burgut Markaziy Osiyoda keng tarqalgan qirg‘iylarning eng chiroyli va keng qanotlisi hisoblanadi. U aholi yashash punktlaridan qochadi, halovatda yashashni istaydigan Oltin burgut tashqi ta'sirga o‘ta sezuvchan, shahar atrofida ham qo‘nim topmaydi.
Brakonerlar va urbanizatsiyaning salbiy ta'siridan tashqi, berkutning yo‘q bo‘lib ketishiga pestitsidlar ham ta'sir qiladi. Kemiruvchilar bilan oziqlanuvchi qirg‘iy qush tanasi ovqatdan zaharlanishi ko‘paymoqda.
Manus
Mushuksimonlar oilasiga mansub manuslar noodatiy dumaloq ko‘z va qalin mo‘ynasi bilan ajralib turadi. Janubiy Kavkazorti hududlardan Erongacha bo‘lgan yerlarda ko‘p uchraydigan manus Markaziy Osiyoda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
Ovchilarning «sa'y-harakati» bilan manus kamaydi, shuningdek, uning asosiy ozuqasi bo‘lmish sug‘ur va kemiruvchilar ham tabiatda kamaygan.
Qorakal
Dala silovsini nomi bilan mashhur qorakal, aslida ham, silovsinlarga mansub hisoblanadi. Puma kabi nigoh bilan chopqir hayvonning soni Markaziy Osiyoda ko‘p emas.
Mang‘ishloq hududida 300ga yaqin qorakal yashaydi.
Qulon
Shimoliy YevroOsiyoda saqlanib qolgan yagona tuyoqsiz juft oyoqlilarning vakili qulon ham yovvoyi tabiatda kamayib bormoqda. Xonakilashgan otdan kichikroq qulonlar soatiga 70 kmgacha tezlikda masofani bosib o‘tadi. U juda tezkor va o‘rtacha 50 km tezlikda chopadi. Markaziy Osiyoning yastangan dashtlarida ular erkin yashaydi. Afsuski, ayni paytda mingdan kam qulonlar mintaqada saqlanib qolgan.
Irbis
Shimoliy YevroOsiyoda saqlanib qolgan yagona tuyoqsiz juft oyoqlilarning vakili qulon ham yovvoyi tabiatda kamayib bormoqda. Xonakilashgan otdan kichikroq qulonlar soatiga 70 kmgacha tezlikda masofani bosib o‘tadi. U juda tezkor va o‘rtacha 50 km tezlikda chopadi. Markaziy Osiyoning yastangan dashtlarida ular erkin yashaydi. Afsuski, ayni paytda mingdan kam qulonlar mintaqada saqlanib qolgan.
Mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich irbisni qor leopardi, deb atash mumkin. Genetik jihatdan u yo‘lbarslarga yaqin, ammo ko‘rinishidan leopardga o‘xshaydi. U asosan brakonerlar nishoni, oziq yetishmasligi tufayli halok bo‘lmoqda.
2017 yilda irbis Markaziy Osiyoda 7500 bosh qolgani ma'lum qilingan.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin