Reja: I. Kirish. I-bob. Uyushiq bo`laklarni o`rgatish uslubiyoti



Yüklə 56,97 Kb.
səhifə6/9
tarix30.03.2023
ölçüsü56,97 Kb.
#91328
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-sinfda uyushiq bo‘laklarni o`rgatish uslubiyoti .

bilan
Shu payt eshikdan vrach va hamshira kirib keldi.
hamda
Bilan ko‘makchi bo’lib kelganda esa uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini
qo‘llab bo‘lmaydi. Biz qunt bilan o‘qiymiz, o‘rganamiz.
Bilan bog‘lovchi vazifasida kelganda, uyushiq bo‘laklar orasida pauza
sezilmaydi. Shunga ko‘ra bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan
uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmaydi:
kim? kim?
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.
Agar bilan so‘zidan keyin qisqa pauza qilinsa, uyushiq bo‘laklar emas, birgalik
ma’nosini ifodalovchi to‘ldiruvchi hosil bo‘ladi:
kim bilan? kim?
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi. (hamshira vrach bilan...)
Mustaqil ish. Bilan qaysi gaplarda ko‘makchi, qaysi gaplarda bog‘lovchi
vazifasida qo‘llanganligini aniqlash.
1. Tog‘ bilan tekislik orasida ham, tog‘lar orasida ham ko‘pgina shahar va
qishloqlarimiz bor.
2. Yo‘lchi o‘roqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib o‘ra boshladi.
3. Malikov bilan Anvar boshqa brigadaga qarab yo‘l oldilar.
4.Bepoyon Qizilqumning janubiy qismi Amudaryo qirg‘oqlari bilan tutashib ketgan.
So‘ngra bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘lakli gaplar
tahlil qilinadi:

1. Poyezd kechasiyu kunduzi tinimsiz yo‘l yurib, oxiri belgilangan manzilga
yetib keldi.
2. Ozoda ilgakdagi paltosini oldi-da, ro‘moliga qo‘l uzatdi.
3.Boya men kelgan tomondan bir gala turna shitob bilan osmonga ko‘tarildi-yu, safga tizilmay, betartib qanot qoqib, bezovta «qure»ladi.
4. U O‘ktam ham O‘sarjonga qarab, salmoqlanib dedi.
Uyushiq bo‘laklar o‘zaro bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu), -da, ham yuklamalari yordamida ham bog‘lana oladi.
Bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu) yuklamalari o‘zidan oldingi uyushiq
bo‘lakka qo‘shilib yoziladi, -da yuklamasi esa chiziqcha orqali yoziladi. Bu
yuklamalar biriktiruv hamda zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanishi mumkin. -
u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llansa, ulardan keyin
vergul qo‘yilmaydi. Zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan yuklamalardan keyin vergul quyiladi. Uyushiq bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan ham yuklamasi bilan bog‘lana oladi. Bunda ham o‘rnida va, hamda biriktiruv bog‘lovchilarini, bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi.


Yüklə 56,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin