Uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi so‘zning qo‘llanishi. Uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi so‘zning qo‘llanishini o‘rgatish umumlashtiruvchi so‘z tushunchasini izohlashdan boshlanadi. Buning uchun umumlashtiruvchi so‘zsiz qo‘llangan va umumlashtiruvchi so‘zli gaplar berilib, avval uyushiq bo‘laklarni toptirish, so‘ngra shu uyushiq bo‘laklarni jamlab, umumlashtirib ifodalayotgan so‘zni ko‘rsatish talab qilinadi: 1. Atrofni qurshagan tog‘lar, qirlar, daraxtlar bahor havosiga cho‘milgan- day tiniq ko‘rinadi. 2. Atrofni qurshagan tog‘lar, qirlar, daraxtlar — hamma narsa bahor havosiga cho‘milganday tiniq, yashil ko‘rinadi. Gaplarni o’qing. Uyushiq bo‘laklarni toping. Qaysi gaplarda uyushiq bo‘laklarni jamlab, umumlashtirib ifodalagan so‘z qo‘llangan? Uni ko‘rsating. O‘quvchilarning javoblari xulosalanadi: Uyushiq bo‘laklar umumlashtiruvchi so‘zlar bilan ham qo‘llanadi. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklarni jamlab ko‘rsatib, uyushiq bo‘laklar bilan bir xil vazifani bajarib, bir xil so‘roqda javob bo‘ladi. Ko‘pincha belgilash, bo‘lishsizlik olmoshlari va jamlikni bildiradigan otlar umumlashtiruvchi so‘z bo‘lib keladi. Umumlashtiruvchi so‘zlar uyushiq bo‘laklardan oldin yoki keyin keladi. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelganda, u izohlashni talab qiladi, ya’ni umumlashtiruvchi so‘zni uyushiq bo‘laklar orqali izohlash lozim bo‘ladi. Shuning uchun uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘z izohlash, ta’kidlash ohangi bilan aytiladi: umumlashtiruvchi so‘zda tovush ko‘tariladi, keyin pauza qilinib, uyushiq bo‘laklar pasayuvchi ohang bilan aytiladi. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelganda, u uyushiq bo‘laklarni jamlab, umumlashtirib ifodalashga xizmat qiladi. Bunda umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan ajratilib, pasayuvchi tovush bilan aytiladi.
Bu yerda yeru suv, zavod, fabrika - barchasi xalq mulkidir. Umumlashtiruvchi so‘z sodda yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Sodda umumlashtiruvchi so‘z birgina mustaqil so‘z bilan ifodalanadi: 1. Lermontovning bolaligi Penza gubernasining Tarxani qishlorida o‘tdi. Osuda qishloqning go‘zal manzaralari, ko‘m-ko‘k o‘tloqlar, daraxtzorlar, chang g‘uborsiz so‘qmoqlar, daryoning so‘lim sohillari — hammasi yosh shoir qalbida chuqur taassurot qoldirdi. Murakkab umumlashtiruvchi so‘z birdan ortiq mustaqil so‘z bilan ifodalanadi: 1. Hovlining qariyb butun sahniga chiroyli reja bo‘yicha har nav ekin: pomidor, piyoz, sabzi, kartoshka, ukrop, baqlajon, ko‘k va qizil garmdorilar ekilgan edi. 2. Ko‘chalar, uylar — hamma tomon yam-yashil ko‘kat va yaproqlarga qalinroq burkanganday ko‘rinardi. Umumlashtiruvchi so‘z o‘zaro zidlik, ayiruv munosabatlarini bildirgan uyushiq bo‘laklarda qo‘llanmaydi. Mustahkamlashda umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin va keyin kelgan gaplardan uyushiq bo‘laklar va umumlashtiruvchi so‘zni topish, tinish belgisiga diqqat qilish, bu gaplarni ovoz chiqarib ifodali o‘qishni mashq qildirish zarur. So‘ngra tinish belgilarining ishlatilishini tushuntirish, tushirilgan tinish belgilarni qo‘yib, umumlashtiruvchi so‘zli gaplarni ko‘chirish, uyushiq bo‘laklarga umumlashtiruvchi so‘z qo‘shib ko‘chirish, umumlashtiruvchi so‘zli gaplar tuzishga oid mashqlar bajariladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining muhim vazifasi o‘quvchilarga mavzuni o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantirish va rivojlantirishdir. O‘quvchilar bajargan topshiriqlaridagi har bir so‘z, ibora va gapning ma’nosini yaxshi bilishlari o‘qituvchining mahoratidan darak beradi.
Xulosa O`quvchilarning savodxonligini oshirish ularning bilim ko`lamini
chuqurlashtirishimizda asosiy omil bo`ladi. Yana shuni alohida ta'kidlash
lozimki, boshlang`ich sinf o`quvchilariga uyushiq bo`lakli gaplarni o`rgatish
orqali ularning og`zaki va yozma nutqi shakllantiriladi.
O`qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida Uyushiq bo`lakli
gaplarni o`quvchilarga o`rgatishning eng qulay usullarini va darsning qaysi
o`rnida tushuntirishni bеlgilab oladi.
O`quvchilarning o`zbеk tilining sintaktik qurilishida uyushiq bolakli gaplarni o`rganish masalasi atroflicha ishlanishni talab ?iluvchi, nazariy va amaliy qimmati katta bo`lgan dolzarb masalalaridandir.
Maxsus mashqlar yordamida mavzuni o`tish yyushiq bo`lakli gaplarni o`rganishda katta yordam bеradi. Natijada o`quvchilarning so`z boyligi oshadi,
nutqi ravonlashadi.
Xulosa qilib aytganda, Uyushiq bo`lakli gaplarni o`quvchilarga
o`rgatish o`quvchilarning o`z fikrini aniq, mantiqli va ifodali bayon etishga
yordam bеradi.
Mazkur rеfеratda uyushiq bo`lakli gaplarni o`quvchilarga o`rgatish
asosida o`qitish o`z tahlilini topgan.