Reja: I. Kirish. I-bob. Uyushiq bo`laklarni o`rgatish uslubiyoti



Yüklə 56,97 Kb.
səhifə7/9
tarix30.03.2023
ölçüsü56,97 Kb.
#91328
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-sinfda uyushiq bo‘laklarni o`rgatish uslubiyoti .

ham
U O‘ktam — va —— O‘sarjonga qarab, salmoqlab dedi.
hamda
bilan

Ham yuklama bo‘lib kelganda uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llab
bo‘lmaydi: Polizlardagi oq qirovga asralgan qirvma qovunlar ham uzildi.
Ham yuklamasi uyushiq bo‘laklardan oldin yoki takrorlanib kelishi mumkin, u
faqat uyushiq bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi vazifasini bajaradi:
O‘qish havasi menga naqadar xo‘rlik va hayajon keltirganini eslash ham qayg‘uli,
ham kulgilidir.
Ham uyushiq bo‘laklardan keyin takrorlanib kelganda ta’kid yuklamasi bo‘lib
keladi va uyushiq bo‘laklarni ta’kidlash uchun qo‘llanadi: Odamlar qorda ham
ayni fidokorlik bilan ishlar edilar. Gaplarni ifodali o‘qib, bog‘lovchi
vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘laklarni aniqlash.
Kun issiqligidan yeru ko‘k lovillaydi. Vodoprovod jo‘mragidan jildirib
tushayotgan suv ham ilib qolgan.
2. Bolalar mening qayerlik ekanimni so‘radilarda jim bo‘lib chetlanib o‘tirdilar. .
3. Uy ham, hovli ham, tomorqa ham juda ozoda
edi.
4. Ishchi ham, dehqon ham chorvador g‘am Vatanimiz boyligini oshirmoqda.
5.Unda tok ham, daraxtlar ham, gullar ham did va uquv bilan o‘tqizilgan.
6. Osmon ham, havo ham atrofimizda firuza rangga kirgan qirlar ham beg‘ubor edi.
Uyushiq, bo‘laklarda son, egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi. Bu mavzuga oid material uyushiq bo‘laklarda son, egalik va kelishik
qo‘shimchalarining ikki xil qo‘llanishiga oid til materiallarini tahlil qilish orqali
o‘zlashtiriladi.
1.Biz bundan buyon ham sayohat va ekskursiyalarimizni davom ettiramiz.
2.Shaharlarimizda va qishloqlarimizda ko‘p qavatli binolar qurilmoqda. Uyushiq bo‘laklarni toping. Gapning qaysi bo‘laklari uyushganligini ayting. Son, egalik va kelishik qo‘shimchalari qo‘shilgan uyushiq bo‘laklarni ko‘rsating.
Qay birida bu qo‘shimchalar qo‘llanmagan?
O‘qituvchi javoblarni xulosalaydi: har xil gapni ( 1-gapdagi uyushiq bo‘laklarni
sanash ohangida, 2-gapdagi uyushiq bo‘laklarni sanash, ta’kidlash ohangida)
ifodali o‘qib, 1-gapda son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq bo‘laklarning
oxirgisiga (ekskursiya)qo‘shilib, oldingi uyushiq bo‘lakka (sayohat) ham
taalluqliligini, 2-gapda son, egalik, kelishik qo‘shimchalari bo‘laklarning har
biriga qo‘shilganligini aytib quyidagi xulosani bayon qiladi.
Son, egalik, kelishik qo‘shimchalari, odatda uyushiq bo‘laklarni oxirgisiga
qo‘shilib, ularning hammasiga taalluqli bo‘ladi. Agar uyushiq bo‘laklarning har
birini ta’kidlash zarur bo‘lsa, son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq
bo‘laklarning har biriga qo‘shiladi.
Yana misollar keltirib, uyushiq bo‘laklar va ularga qo‘shilgan qo‘shimchalar
tahlil qilinib, tagiga chizdiriladi.
1. Maktab kutubxonasi uchun yangi gazeta va jurnallar olib kelindi.
2. Sherali lola va tog‘ gullaridan katta chiroyli guldasta yasadi.
3. Burgutlar va lochinlar ilonga o‘ch bo‘lishadi.
Uyushiq bo‘laklar, ularda son, egalik va kelishik qo‘shimchalarining
qo‘llanishi, vergulning ishlatilishiga oid grammatik topshiriqli izohli diktant.
1.Tog‘ etaklaridan nafis gullarning, xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi.
2. Yosh terak va tollarning yashil barglari shamolda tebranmoqda.
3. Shotut daraxti respublikamizning hamma viloyat va tumanlarida o‘sadi. Uni hovlilarda, tomorqalarda, bog‘larda ko‘plab o‘stirish mumkin. U joy tanlamaydi, jarda ham, tog‘da ham, tekis yerlarda ham juda yaxshi o‘sib mo‘l hosil beradi.
4. Hovlidagi yong‘oq va o‘riklarning barglari va buta oralarini taram-taram qizg‘ish nur yoritmoqda.
Mustaqil ish. Son, egalik, kelishik qo‘shimchalari uyushiq bo‘laklarning
oxirgisiga va har biriga qo‘shilib kelgan gaplar tuzish.

Yüklə 56,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin