Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Ishning obyekti va predmeti



Yüklə 137,5 Kb.
səhifə3/8
tarix05.05.2023
ölçüsü137,5 Kb.
#108395
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi mavzu Grammatika tilning grammatik qurilishi haqidagi

Ishning obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti uchun darslik va qo‘llanmalarda berilgan umumnazariy ma’lumotlar, davriy matbuot sahifalaridagi va boshqa sohalardan olingan materiallar belgilandi. Ishning predmeti esa o‘zbek tilidagi grammatikaning rivojlanishi boyish manbalaridagi o‘ziga xos jihatlarini yoritishdan iborat. Ish oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi.
- Grammatikani o’rganish ;
- Grammatikani tahlil qilish;
- Grammatika tuzilishini o‘rganish ;
- Zamonaviy grammatikani tahlil qilish.
Kurs ishining manbalari. Kurs ishimizning manbalari sifatida oldin bu sohada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari uchun yaratilgan darslik va qo‘llanmalar, izohli lug‘atlar, shuningdek,

badiiy asarlar fikrimizni tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Ishda asosan o‘zbek tili grammatikasi, turli davrlarda yaratilgan darslik va qo‘llanmalar, o‘zbek tilida o‘zbek tilida ravish va sifat so‘z turkumlarining darajalanishiga bag‘ishlangan ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanildi.


Tadqiqot metodlari. Kurs ishida ilmiy-tadqiqot metodlaridan tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, tahliliy usullardan, qiyosiy tipologik metoddan keng foydalanildi.
Ishning ilmiy yangiligi. Turkiyshunoslikda grammatikaga oid so’zlarning o’rganilishi o’ziga xos tarixga ega. N.K.Dmitriyev, A.P.Yakubinskiy, L.N.Xaritonov, N.F.Katanov, P.M.Melioranskiy, M.A.Kazembek, A.N.Kononov, A.M.Shcherbak, S.N.Ivanov, P.I.Kuznesov, T.I.Grunin singari turkiyshunos olimlar sifatlarning o’ziga xos grammatik kategoriyalarga ega ekanligi, yasalish va otlashish xususiyati, gap tarkibidagi sintaktik vazifasi haqida muhim fikr-mulohazalarni bildirganlar.4 O’tgan asrning 20-yillarida o’zbek tili masalalariga bag’ishlangan. M.M.Faxriddinovning «Turkcha qoida» (1913), Elbekning «Bitik yo’llari» (1919), «Yozuv yo’llari» (1921), Shorasul Zunnunning «O’zbekcha qoidalar» (1925), Munavvar Qori, Qayum Ramazon, Shorasul Zunnunning «O’zbekcha til saboqligi» (1925), Ye.D.Polivanovning «Kratkaya grammatika o’zbekskogo yazыka» (1926) kabi bir qator darslik va qo’llanmalari nashr etilgan bo’lib, ularda boshqa so’z turkumlari qatori sifat turkumiga oid so’zlarning grammatik belgilari haqida ham fikrlar bayon qilingan edi.
O`zbek tilshunosligida professor Sh.U.Rahmatullayev, F.Abdullayev, A.P.Hojiyev, I.Qo`chqortoyev, M.Mirtojiyev, A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Berdialiyev, H.G.Ne’matov, R.Rasulov10 kabi olimlar tomonidan qo`llangan yo`l va usullar ishimiz uchun muhim yo`llanma vazifasini o`taganini e’tiborga oligan holda ushbu ishning ilmiy yangiligini quyidagicha aytishimiz mumkin: grammatikaning o‘rganilishi bugungi kun o‘zbek tilshunoslari uchun yangi hodisa bo‘ladi desak, hech yangilishmagan bo‘lamiz.


Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin