Reja I. Kirish II. Asosiy qism


III. Xulosa Narx shakllanishi



Yüklə 288,42 Kb.
səhifə9/11
tarix29.07.2023
ölçüsü288,42 Kb.
#137903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
bozor hokimiyati sharoitida narx belgilash tamoyillari

III. Xulosa
Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.
Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi xaridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning xaridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.
Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning xarid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa xaridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan mono-pol narxlarni chegaralab turadi.
Narx - bozor mexanizmining muhim tarkibiy elementlaridan biri. U o’ziningvazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amalqilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromad iqtisodiyotningturli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’yicha taqsimlanishiga,aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, uishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirib, sog’lom raqobat muhitining yaratilishigakatta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu mavzuda biz raqobatning iqtisodiy mazmuni vavazifalari, shakllanish tamoyillari va uning darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar,raqobat turlari bilan bir qatordaO’zbekistondagi o’ziga xos jihatlarini ham ko’ribchiqamiz.Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlario’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat - bozor sub’ektlariiqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqorifoyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilishusulini davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanadakengroq namoyon bo’ladi.Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratibko’rsatish mumkin:
1) tartibga solish vazifasi;
2) resurslarni joylashtirish vazifasi;
3) innovatsion vazifa;
4) moslashtirish vazifasi;
5) taqsimlash vazifasi;
6) nazorat qilish vazifasi.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilish natijasida barcha turdagi ishlab chiqarishlar muyan tartibda ishlay boshlashadi va daromadlarini ko’paytirish choralarini ko’radi. Bu esa davlat iqtisodiyotni yuksaltiradi. Bundan tashqari ishlab chiqarish sohalarida bankrotlik darajasi qisqaradi.
Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona moliyaviy holati ning yukoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo’lgan zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi mahsulot sifatini xamda xajmini oshirib, juda kup ijobiy natijalarni keltirib chikaradi. Bulardan eng asosiysi Mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri Mehnatga xak to’lash xarajatlaridir. Ayrim sanoat korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab chikaruvchi va uni tuzatuvchi sanoat korxonalarda eng katta xarajat Mehnatga xak to’lash xarajatlari xisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan samarli foydalanib, ular ishlab chiqarishini kupaytirish xamda mahsulot sifatini oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada tushadi.
Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amartizasiya xisoblash uchuli xam ahamiyatlidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotining tez o’zgaruvchan bir sharoitida amartizasiya xisoblashning tezlashtirilgan usulining o’ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amartizasiya usulini kullash, bir tomondan vaktinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin amartizasiya xisobi natijasida korxonaga kup pul mablag’lari kelib tushadi. Bu esa yukorida aytib utganimizdek kup ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa tomondan esa boshlang’ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko’p mikdordan amartizasiya xisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amartizasiya xisoblaydi va mahsulot tannarxi kamayadi.
Mehnat unumdorligi oshirilishi natijasida mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmadan xam samarali foydalangan bo’ladi. Bu ajratma xam korxona uchun asosiy xarajatlardan biri bo’lib, Mehnatga xak to’lash xarajatlariga to’g’ri proporsional xisoblanadi. Agarda korxona Mehnatga xak to’lash xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, o’z navbatida mazkur xarajatning xam samaradorligiga erishgan bo’ladi.
Demak korxonalar xar qanday vaziyatda, jumladan iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mahsulot sifati xamda xajmini oshirishi, turli davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan okilona foydalanishi, ishchi va xodimlaridan yanada samarali foydalanishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishi mumkin ekan. Bu esa korxonaning moliyaviy barqarorligini yanada oshiradi.
Yuqoridagi xulosalar asosida kurs ishimizning quyidagi takliflarini keltirdik:

  1. Sanoat korxonalarda xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish, ya’ni ulardan ortikcha isrofgarchilikka yul kuyilmasligi lozim. Aks xolatda korxonaning xom ashyo va materiallarga bo’lgan xarajatlarini oshirib mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshiradi. Agarda ulardan okilona foydalanishni yo’lga kuyilsa mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga erishgan bo’ladi.

  2. Korxona ishchi xodimlaridan samarali foydalanishni yo’lga kuyish orqali Mehnat unumdorligini oshirish lozim. Ulardan mahsulot ishlab chiqarishda sifat va mikdorining yaxshilashi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Mehnat unumdorligi qancha oshsa mahsulot tannarxi xam shuncha kamayadi.

  3. Asosiy vositalardan samarali foydalanishni yo’lga kuyish lozim. Ishlab chiqarishda kam samara berayotgan asosiy vositalarni Sotishi yoki Boshqa Xo’jalik yurituvchi subyektlarga ijaraga berish lozim. Natijada amartizasiya kam xisoblanib, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini yanada kamaytiradi.

  4. Uzluksiz ravishda korxonada barcha xisob kitoblarni olib borish xamda tahlil kilish lozim. Amartizasiya xisoblash usulining eng maqbulinitanlash kerak. Eng maqbul deganda shu korxonaning shu davrdagi sharoitidan kelib chikadi. Tezlashtirilgan amartizasi usulini tanlashi natijasida korxonaga ko’prok pul mablag’lari keladi. Buning natijasida korxona turli operasiyalarini moliyalash imkoniga ega bo’ladi yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnikani tezrok olishga imkoni bo’ladi. Bu esa keyinchalik ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga imkon yaratadi.

  5. Banklar tomonidan takdim etilayotgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish lozim. Bunda korxona ishlab chiqarishdja turli o’zilishlarni oldini olib o’z vaktida ishlab chiqarishni amalga oshirib, realizasiya kilishi mumkin bo’ladi. imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish natijasida Mehnat unumdorligi xam oshadi. Bu esa mahsulot tannarxining pasayishiga zamin yaratadi.

  6. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mahsulot realizasiya kilishda, eng maqbul to’lov usuli oldindan to’lashni ta’minlash lozim. Bu esa korxonada debitorlik karzlarini oshib ketish oldini oladi va ishlab chiqarish bir maromda borishini ta’minlaydi.



Yüklə 288,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin