Barqaror narxni ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini cheklash siyosati. AQSH va Evropa davlatlarida minimal narxni o‘rnatishdan tashqari, narxlarni barqarorlashtirishda ishlab chiqarish hajmini qisqartirishni yoki ishlab chiqarishni chekli rag‘batlantirish siyosatlarini qo‘shib olib boradi. Ayniqsa, bunday siyosat AQSHda qishloq xo‘jaligi tizimi qo‘llanadi.
Barqaror narxlarni ushlab turish. Rivojlangan davlatlarda barqaror narx ko‘pincha sutga, tamaki va donga qo‘llaniladi, bundan maqsad, ushbu tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning daromadlarini etarli darajada bo‘lishini ta’minlash.
Bunday siyosatda davlat mahsulotga narxni R* darajada belgilab, uni shu darajada bo‘lishini taminlash uchun kerakli hajmdagi mahsulotni sotib oladi. Ushbu holat 9-rasmda ko‘rsatilgan. Bu holatda davlatning, iste’molchilarning va ishlab chiqaruvchilarning yutuq va yo‘qotishlarni tahlil qilib chiqamiz.
9-rasm. Narxni barqaror bo‘lishini ta’minlash.
Narx darajada o‘rnatiladigandan keyin iste’mol talabi dan ga pasayadi, taklif esa ga qadar oshadi. narxni ushlab turish uchun va omborlarda tovar zahiralarni to‘planishini oldini olish uchun davlat ortiqcha miqdordagi tovarni sotib olishi kerak. Iste’mol talabi davlat talabi qo‘shiladi va ishlab chiqaruvchilar barcha mahsulotni narxda sotish mumkin bo‘ladi.
Tovarni sotib oluvchi iste’molchilar tovarni R0 ga nisbatan qimmatroq narxda sotib oladilar va ular o‘zlarining iste’molchi yutug‘ini A to‘rtburchak yuziga teng bo‘lgan qismini yo‘qotadilar (9-rasm). Iste’molchilarning boshqa bir qismi tovarni sotib olaolmaydilar va ularning yo‘qotishi V uchburchak yuzi bilan ifodalanadi, natijada iste’molchilarning umumiy yo‘qotishi quyidagiga teng bo‘ladi:
Boshqa tomondan qaraganda, ishlab chiqaruvchilar yutib chiqadi. Siyosatning maqsadi ham shundan iborat edi. Ishlab chiqaruvchilar ga nisbatan ko‘proq, ya’ni miqdordagi mahsulotni yuqoriroq bo‘lgan narxda sotadilar. Ishlab chiqaruvchilarning yutug‘i ( ) quyidagi miqdorga oshadi:
.
Endi davlatning xarajatlari ga teng, ya’ni bu davlat tomonidan sotib olingan tovar summasi. Bu xarajat ham pirovardida iste’molchi yo‘qotishiga qo‘shiladi, nima uchun deganda u soliqlar hisobidan to‘lanadi. 9-rasmda davlatning xarajati katta to‘rtburchak bilan ifodalangan. Davlatning ushbu xarajatlari kamayishi mumkin, agar u sotib olgan mahsulotining bir qismini chetga (odatda past narxda) sotsa. Lekin, bu davlat ichidagi ishlab chiqaruvchilarning o‘z mahsulotini chetga chiqarib sotish imkoniyatini cheklaydi.
Bunday siyosatning aholi turmush darajasiga ta’sirini baholash uchun biz iste’molchi yutug‘idagi va ishlab chiqaruvchi yutug‘idagi natijaviy o‘zgarishlarni qo‘shib, undan davlat xarajatini ayiramiz:
,
yoki
.
Dostları ilə paylaş: |