Reja I. Kirish. II. Nazariy qisim


Brom, YOD va ularning Birikmalari



Yüklə 49,57 Kb.
səhifə7/11
tarix19.05.2023
ölçüsü49,57 Kb.
#116854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
galagenvadarodlar111111111 (2)

Brom, YOD va ularning Birikmalari
Bromning xossalari
1. Probirkaga 2-3 ml suv soling, unga 1-2 tomchi brom quying va shisha tayoqcha yordamida aralashtiring. Nimani kuzatdingiz? Bromning suvda eruvchanligi kattami? Bromli suv nima? Eritmaga birnecha tomchi kaliy bromidning to‘yingan eritmasidan quying. Kuzatilgan hodisalarni tushuntiring.
2. Probirkaga 2-3 ml bromli suv soling va unga natriy gidroksid eritmasidan quying. Eritmaning rangini o‘zgartirishini qanday tushuntirish mumkin? Reaksiya tenglamasini yozing.
3. Probirkaga birnecha tomchi bromli suv quying, uni 5 ml distillangan suv bilan suyultiring va 5 -10 tomchi xloroform qo‘shing. Probirkani aralashtiring. Kuzatilgan hodisani tushuntiring. Xuddi shuday tajribani boshqa organik erituvchilar bilan qaytaring.


Yodning olinishi
0,5 g kaliy yodid va marganes (IV) oksiddan tortib oling, ularni tigayelga soling va shisha tayoqcha bilan aralashtiring. Tigelni chinni uchburchakka qo‘ying, 3-4 tomchi kons. sulfat kislotadan quying va tigelni suv bilan to‘ldirilgan kichkina kolba bilan berkiting. Kolbani shtativga mahkamlang. Tigelni bir necha daqiqa davomida kuchsiz qizdiring. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.
Olingan yodni byuksga yig‘ing va torting. Reaksiya unumini hisoblang.


Yodning xossalari

  1. Ikkita probirkaga suv quying va ularga oldingi tajribada olingan yodning bittadan kristallini soling. Probirkalarni yaxshilab chayqating. Yodning suvdagi eruvchanligi qanday? Yodli suvda qanday moddalar bor? Yodning suv bilan reaksiya tenglamasini yozing.

Bitta probirkani solishtirish uchun qoldiring, ikkinchisiga kaliy yodid eritmasidan quying va kuchli chayqating. Qanday hodisa kuzatiladi? Qanday modda hosil bo‘lishi hisobiga yodning eruvchanligi ortadi? Reaksiya tenglamasini yozing.
2. 2-3 ml yodli suvga eritma rangi yo‘qolguncha 1n.li ishqor eritmasidan quying. Hosil bo‘lgan eritmaga ozroq sulfat kislota quying. Nima kuzatiladi? Kuzatilgan hodisani tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
3. Qator probirkalarga 2-3 ml.dan yodli suv soling va ustiga 2-3 ml.dan organik erituvchilardan quying: benzol, xloroform, benzin, serouglerod va to‘rtxloruglerod. Probirkadagilarni aralashtiring va organik erituvchi qavatining rangini aniqlang. Taqsimlanish qonunining mohiyati nimadan iborat.
4. Probirkaga ozgina magniy poroshogidan soling va unga 5 ml yodli suv solib chayqating. Eritmaning rangi qanday o‘zgaradi? Reaksiya tenglamasini yozing.
5. Kichkina farfor idishga quruq yod kristallaridan bir necha dona va alyuminiy poroshogidan soling hamda ehtiyotlik bilan aralashtiring (tajribani mo‘rili shkafda o‘tkazing). Tayyorlangan aralashmaga uzun trubka yoki shisha tayoqcha yordamida suv tomchisini tomizing. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.



Yüklə 49,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin