XVII asr o‗rtalarida fransuz olimi Gessendi Demokrit qarashlariga qaytadi va
shunday moddalar borki ularni yanada bo‗laklarga bo‗lish mumkin emas, har bir
XIX asr oxirlarida ingliz olimi Dalton atom va molekulalar to‗g‗risidagi
tasavvurlardan foydalanib, tajribadan ma‘lum bo‗lgan formulani keltirib chiqarish
mumkin ekanligini ko‗rsatdi. Shu bilan u moddaning molekulyar tuzilishini ilmiy
5
asoslab berdi. Shundan so‗ng ko‗pchilik olimlar tomonidan atom va molekulalarning
mavjudligi tan olindi.
XX asr boshlarida modda molekulalarining o‗lchamlari, massalari va harakat
tezliklari o‗lchandi, hamda ayrim modda atomlarining qanday joylanishi aniqlandi. Bir
so‗z bilan aytganda modda tuzilishining kinetik-nazariyasini yaratish tugallandi.
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni yangi kashfiyotlarninng ochilishiga
sabab bo‗ldi. SHulardan biri issiqlikning mexaniq nazariyasining yaratilishidan iborat
bo‗ldi. Fizika va ximiya fanlarida atom-molekulyar gipotezaning yaratilishi fanni butun
o‗rganish tarixiy davri bilan bog‗liqdir. Issiqlikning mexaniq va dinamik nazariyasining
yaratilishi XVIII asrda M. V. Lomonosov tomonidan asoslangan bo‗lsada, moddaning
atom-molekulyar tuzilishi moddaning fizikaviy va ximiyaviy hussusiyatlariga
asoslangandir, va buni Levkippadan Demokrit davriga qadar o‗rganilgan edi.
Moddaning ximiyaviy tarkibining o‗zgarishi sakrash orqali bo‗ladi, deb fransuz fizigi
Prust (1754-1826) aytgan edi.
Modda tarkibining doimiyligini va uning sakrashsimon o‗zgarishini va bu
o‗zgarishlarda mayda zarralarning o‗zgarmasligini, bu zarralar O‗zaro bir-birlari bilan
ta‘sirlashgani holda murakkab birlashmalar hosil qilishini to‗liq asoslab bergan
olimlardan biri ingliz ximigi Jon Dalton edi. Jon Dalton 6 sentyabr 1766 yilda qishloq
to‗qimachisi oilasida tug‗ilgan. U ham vatandoshi Faradey kabi o‗zi mustaqil bilim oladi
va 15 yoshida Kandela shag‗ridagi maktablaridan birida matematikadan dars bera
boshlaydi. 1793 yili Manchester kollejida fizika va matematikadan dars bera boshlaydi.
Sotsialist-xayolparast Robert Ouen uni Manchester falsafiy adabiyot jamiyatiga a‘zo
qilib oladi. 1800 yili J. Dalton shu jamiyatning ilmiy kotibi va 1817 yilda uning raisi
bo‗ldi. J.Dalton 1844 yili Manchesterda vafot etgan.
J. Dalton ximiyaga atom og‗irligi tushunchasini kiritdi va ximiyaviy elementning
belgilanishini taklif qildi. Lekin fanda boshlangan yangiliklar ko‗p olimlar tomonidan
bir-biridan bexabar holda ochiladi. Masalan o‗sha davrda moddaning atom og‗irligini
nemis olimi I.Rixter (1762-1807) tomonidan ixtiro qilingan edi.
Jon Dalton
(1766-1844)
Jozef Lui Gey-Lyussak
(1778-1850)
Amadeo Avogadro
(1776-1856)