Reja: I. Umumiy fizika (Molekulyar fizika) fanining predmati, maqsad va vazifalari. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. Talabalar bilimiga qo‟yiladigan talab. II. Umumiy yuklama va baholash mezoni. III


III. Moleklular uzluksiz, betartib (xaotik) harakat qiladilar



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/21
tarix27.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#56471
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1-Mavzu

III. Moleklular uzluksiz, betartib (xaotik) harakat qiladilar 

Broun  harakati:

 

Suyuqlik  yoki  gazda  muallaq  turgan  zarrachaning  qiladigan 



tinimsiz, betartib harakati Broun harakati deyiladi. 1827 yilda ingliz botanigi R. Broun 

gul  changining  suvda  muallaq  yurgan  zarralarini  mikroskop  orqali  kuzatdi.  Ko‗rgan 

narsasi  uni   hayron  qoldirdi.  Bu  haqda  u  shunday  deb  yozgan  edi:  «O‗lchamlari  juda 

kichik,  uzunligi  dyuymning  to‗rt  mingdan  biridan  besh  mingdan  birigacha  ulushicha 

kichik (ya‘ni 5- 6 mkm), suvga botirilgan zarralar yoki donalar bilan ishlashda ularning 

ko‗pchiligini  harakatda  bo‗lishini  kuzatdim.  Bu  harakatlar  shunday  ediki,  juda  ko‗p 

takroriy  kuzatishlardan  so‗ng,  men  bu  harakatlar  suyuqlik  oqimlaridan  emas  va uning 

doimiy  bug‗lanishidan  emas,  balki  zarralarning  o‗ziga  tegishli  ekaniga  ishonch  hosil 

qildim».  Broun,  shuningdek,  zarralarning  juda  xilma-xil  traektoriyalar  chizib 

harakatlanishini  ta‘kidladi;  ular  tartibsiz  harakatlanar  edilar.  Bu  zarralarning  o‘lchami 

10

-6

 metrga yaqin bo‘lib, molekulalardan deyarli 10 ming marotaba kattadir.  



 

 

1.1-rasm 




 

11 


 

Broun  harakatining  sabablarini  faqat  1850  yildan  so‗ng  real  tushuntirib  berish 

mumkin  bo‗ldi.  U  vaqtlarda  atomlar    va  molekulalarning  mavjudligiga  ko‗pchilik 

ishonmas  edi, har  holda  to‗g‗ri  eksperimental isbotlar  yo‗q  edi.  Shuning uchun,  avval 

zarrachalar  o‗zlariga  xos  «hayot  kuchi»  hisobiga  harakatlanadi,  deb  faraz  qilinar  edi, 

chunki  ular  organik  kelib  chiqishga  ega  edilar.  Biroq,  Broun  tajribalari  ko‗p  marta  va 

turli xil, shu jumladan noorganik, mayda zarrachalarda takrorlanganda, effekt universal 

ekanligi va u hech qanday tashqi omillarga (temperaturadan tashqari) bog‗liq emasligi 

aniqlandi. Temperatura ortishi bilan broun zarrachalarining harakat intensivligi sezilarli 

darajada  ortib  bordi.  1870-yillari  oxiriga  kelibgina  broun  harakatining  sabablarini 

suyuqlik molekulalarining shu suyuqlikda muallaq, yurgan zarralar sirtiga urilishi bilan 

bog‗lay boshladilar. Agar zarra katta bo‗lganda edi, molekulalar uni har tomondan bir 

tekis  itargan  bo‗lar  va  muallaq  zarra  joyida  qo‗zg‗almay  turgan  bo‗lar  edi.  Broun 

harakati hech qachon to‗xtamaydigan harakatdir. 

Broun  harakatini  molekulalarning    issiqlik  harakatini    modeli  sifatida  ko‘rish 

mumkin. 


Eynshteyn  va  Smoluxovskiy  nazariyalarini  amalda  tekshirishga  bag‘ishlangan 

tajribalar  (1927)  frantsuz  fizigi  J.Perren  va  shved  fizigi  T.Svedberglar  tomonidan 

amalga oshirildi. Tajribalar Boltsman doimiyi va Avagadro sonini  qiymatlarini aniqlash 

uchun molekular-kinetik asos bo‘ldi.  

 


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin