Antipirin bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli ). Nitrit ioni kuchsiz kislotali sharoitda yashil rangli nitrozoantipirinni hosil qiladi:
Ish tartibiProbirkaga 5 tmchi natriy nitrit 5 tomchi 5%li antipirin eritmalari va 1 tomchi 2 n sulfat kislotasi solinadi. Probirkadagi eritmalar aralashtiriladi va yashil rangli nitrozoantipirinning hosil bo‘lishi kuzatiladi.
CH3COO- ATSETAT IONINING ANALITIK REAKSIYALARI Temir (III) xlorid bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli). Natriy atsetat temir (III) xloridi bilan pH=5-8larda reaksiyaga kirishib, to‘q qizil (achchiq choy) rangli Fe(CH3COO)3 birikmasini hosil qiladi. Qaynatish natijasida qizil-qo‘ng‘ir rangli amorf iviqsimon cho‘kma hosil bo‘ladi:
Fe(CH3COO)3 + 2H2O = Fe(OH)2CH3COO (q) + 2CH3COOH
Cho‘kma atsetat ionlari mo‘l bo‘lgandagina hosil bo‘ladi.
Ish tartibi
Probirkaga 5-7 tomchi natriy atsetati eritmasidan, 2-3 tomchi temir (III) xloridi solinadi. Eritmaning to‘q qizqil rangga bo‘yalishi kuzatiladi. Shundan so‘ng probirka qaynaguncha isitiladi. Cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating.
Sulfat kislota bilan reaksiyasi. Sulfat kislota atsetatlar bilan ta’sirlashib, o‘ziga xos xidga ega bo‘lgan sirka kislotasini hosil qiladi:CH3COO- + H+ = CH3COOH
Ish tartibi:
Probirkaga 2-3 tomchi natriy atsetat, 2-3 tomchi suyultirilgan H2SO4 solib, sekin isitiladi, ajralib chiqayotgan sirka kislotani xidi bo‘yicha aniqlanadi. Reaksiyaga kislota ta’sirida o‘tkir xidli gaz hosil qiluvchi anionlar (NO2-, S2-, SO32-, S2O32-) xalaqit beradi.
Quruq holdagi atsetat tuzlarini KHSO4yoki NaHSO4 larning quruq tuzi bilan xavonchada ezish bilan xam aniqlanishi mumkin.