Reja: III guruh anionlarining sifat reaksiyalari



Yüklə 81,58 Kb.
səhifə3/5
tarix22.12.2023
ölçüsü81,58 Kb.
#189757
1   2   3   4   5
6 anionlar

NO3- NITRAT IONIning ANALITIK REAKSIYALARI
Antipirin bilan reaksiyasi. Antipirin C11H12N2O nitrat ionlari bilan kuchli kislotali sharoitda qizil rangli nitroantipirin hosil qiladi:

Ish tartibi
Probirkaga 2 tomchi natriy nitrat tuzi eritmasidan solib, ustiga 2 tomchi 5%li antipirin eritmasi qo‘shilib va extiyotlik bilan konsentrik sulfat kislotasi tomizilib (12-15 tomchi), xar bir tomchidan so‘ng probirka silkitiladi. Ravshan qizil rangning hosil bo‘lishi kuzatiladi.
NO2- NITRIT IONI ANALITIK REAKSIYALARI
Kuchli kislotalar bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli) Nitrit eritmasiga suyultirilgan sulfat yoki xlorid kislotasi eritmalarining ta’siri natijasida azot (II) va (IV) oksidiga parchalanuvchi nitrit kislotasi hosil bo‘ladi:2NO2- + 2H+ = 2HNO2 = NO + NO2 + H2O
parchalanish xarorat ko‘tarilishi, sulfat kislota konsentratsiyasi ortishi bilan kuchayib, qo‘ng‘ir rangli NO2 ajralib chiqishi kuzatiladi.
Kaliy yodid bilan reaksiyasi. Suyultirilgan sulfat kislotali sharoitda nitritlar KJ dan erkin J2 ajratib chiqaradilar: 2NO2- + 2J- + 4H+ = J2 + 2NO + 2H2O
NO3- ionlari reaksiya sharoitida yodid ionlari bilan ta’sirlashmaydi va NO3- ishtirokida NO2-ni aniqlashda mazkur reaksiyadan foydalaniladi.

Ish tartibi


Probirkaga 2—3 tomchi natriy nitrit, 2-3 tomchi 2 n sulfat kislotasi, 2-3 tomchi kaliy yodid va 1 tomchi 0,5%li kraxmal eritmalari qo‘shiladi. Eritmaning ko‘k rangga bo‘yalishini kuzating.
Kaliy permanganat bilan reaksiyasi. Kaliy permanganatning sulfat kislotali eritmasi nitrit ionlari ta’sirida rangsizlanadi: 5NO2- + 2MnO4- + 6H+ = 5NO3- + 2Mn2+ + 3H2O
Ish tartibi
Probirkaga 2-3 tomchi KMnO4, 2-3 tomchi 2n H2SO4 va 5-6 tomchi natriy nitrit solinadi. Eritmaning rangsizlanishini kuzating.
NITRIT IONINING PARCHALANISHI
Nitrit ioni NH4+ioni ishtirokida qizdirish natijasida azot va suv hosil qilib parchalanadi:
NO2- + NH4+ = N2 + H2O
Ish tartibi:
Probirkaga 5 tomchi natriy nitrit tuzi eritmasi ustiga to‘yingan eritma hosil bo‘lgunicha qattiq NH4Cl yoki (NH4)2SO4 qo‘shib isitiladi. Eritmaning aloxida qismidan NO2- ga KJ bilan kraxmal ishtirokida reaksiya bajarilib, uning to‘liq parchalanishi tekshiriladi.

Yüklə 81,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin