Reja: III guruh anionlarining sifat reaksiyalari



Yüklə 81,58 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2023
ölçüsü81,58 Kb.
#189757
  1   2   3   4   5
6 anionlar

III guruh anionlarining aniqlash usullari va sifat reaksiyalari

Reja:

III guruh anionlarining sifat reaksiyalari
Tarkibi noma'lum moddani tahlili


III guruh anionlarining (NO2-, NO3-, CH3COO-) analitik reaksiyalari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‛yxati

III guruh anionlarining sifat reaksiyalari

Birinchi guruh anionlarining birikmalari qishloq xo’jaligida keng qo’llaniladi. Masalan: (NH4)2SO4, K2SO4, NH4H2PO4, (NH4)2PO4 mineral o’g’itlar CaSO4•2H2O gips tuproqning sho’rlanish darajasini pasaytirishda, CuSO4•5H2O, FeSO4•7H2O zaxarli ximikat sifatida ishlatiladilar. Kuchli kislotali bo’lgan tuproqlarni neytrallash uchun dolomit CaCO3•MgCO3 (ohaklashda) ishlatiladi. Borat ionlari (BO21- yoki B4O72-) bor birikmalar esa mikroo’g’it sifatida keng qo’llaniladi.
Qishloq ho’jaligida NH4Cl, KC1 va KCl•NaCl mineral o’g’it sifatida, BaCl2, HgCl2 - zaxarli ximikat sifatida ishlatiladi.
Tuproqning yuqori qatlamida tuzlarni miqdori 2%-dan yuqori bo’lsa, sho’r tuproq deyiladi va sho’rlikni NaC1, CaCl2, MgCl2 tashkil etadi. Xlor ioni tabiiy suvda erigan xolatda bo’ladi. 1litr ichimlik suvida uning miqdori 40mg.dan oshmasligi kerak. Tabiatda oqsil moddalarni parchalanishida vodorod sulfid va sulfid birikmalari hosil bo’ladi. Yod qalqonsimon bez faoliyatida ishtirok etib, o’zining organizmga ta'sirini namoyon qiladi. Yodlari bo’lmagan ichimlik suvlarini iste'mol qilish endokrin kasalliklarga sabab bo’ladi.
NaNO3, KNO3, Ca(NO3)2, NH4NO3 -lar qishloq ho’jaligida azotli o’g’itlar sifatida keng ishlatiladi.



Tarkibi noma'lum moddani tahlili

Tarkibi o’rganilayotgan modda kristallarning shakli va rangiga, katta-kichikligiga e'tibor beriladi. FeS, CuS, RbS tuzlari qora rangli, misniig ko’pgina tuzlari havo rangli bo’ladi.
Uch valentli xrom, ikki valentli temir, mis karbonat va uning galogenli birikmalari yashil, ikki valentli marganets tuzlari va permanganatlar pushti yoki to’q qizil rangli, suvsiz CuSO4 va FeSO4 tuzlari oq rangli bo’ladi.
Modda tuz kristallari bo’lakchalardan iborat bo’lsa, chinni kosachada maydalab distillangan suvda eritiladi. Hosil bo’lgan eritmani nazorat eritma (qisqacha n.e.) deyiladi. Nazorat eritma uch qismga bo’linadi: birinchisi kationlarni aniqlash uchun, ikkinchi qismi anionlarni aniqlash uchun, nihoyat uchinchisi har ehtimolga qarshi saqlab qo’yiladi.

  1. NH4+topish. 2-3t n.e.ga 1 - 2t, Nessler reaktividan qo’shilganda to’q sariq yoki qovoq rangli cho’kmani hosil bo’lishi NH4+ borligini bildiradi.

  2. K+ topish. 2-3 t. n.e.ga 2-3t Na3[CO(NO2)6] eritmasidan qo’shilganda sariq cho’kmani hosil bo’lishi K+ borligini bildiradi.

  3. Ba2+ topish. 2–3t n.e.ga 1t CH3COONa va 2-3 t K2Cr2O7 eritmasidan qo’shilganda sariq cho’kmani hosil bo’lishi Ba2+ borligidan dalolat beradi.

  4. Ca2+ topish. 2–3t n.e.ga 2-3t (NH4)2SO4 eritmasidan qo’shilganda oq cho’kmani hosil bo’lishi Ca2+ borligini bildiradi. 5. A13+topish. 2-3t n.e.ga 1t CH3COONa va 1-2t 0,001% alyuminon eritmasidan qo’shib suv hammomida qizdiriladi,

so’ngra ammiak xidi kelguncha NH4OH eritmasidan va 2-
3t(NH4)2SO3 eritmasidan
qo’shilganda qizil rangli lak hosil bo’lishi A13+ kationi borligidan dalolat beradi.

  1. Fe2+ topish. 2 - 3t. n.e.ga, 1-2t . qizil qon tuzi eritmasidan qo’shilganda to’q ko’k rangli cho’kmani hosil bo’lishi Fe2+ borligini ko’rsatadi.

  2. Fe3+ topish. 2 - 3t n.e.ga, 1-2t ammoniy rodanid eritmasidan qo’shilganda qizil-qon rangli eritmani hosil bo’lishi Fe3+ borligidan dalolat beradi.

  3. Cu2+ topish. 2 -3t n.e.ga 2-3t sariq qon tuzi eritmasidan qo’shilganda qizil qo’ng’ir cho’kmani hosil bo’lishi Cu2+ ionlari borligidan dalolat beradi.

Anionlar tekshirilayoggan eritmaning (ya'ni nazorat eritmaning n.e.) alohida qismlaridan topiladi, chunki ularni tizimli usulda tahlil qilish usuli yo’q.
Eritma muhitini o’rganish. Eritmaning muhiti kislotali bo’lsa SO32- S2O32- anionlari yo’q demakdir. Agar eritma o’ziga hos hidga ega bo’lmasa SO32-, S2- va NO3- ionlari ham bo’lmaydi.
Nazorat eritmani muhiti kislotali bo’lsa, u Ba(OH)2 eritmasi bilan pH=7 bo’lguncha neytrallanadi. Ana shunday eritmadan 3-4t olib, unga 2-3t BaCl2 eritmasidan qo’shilganda oq cho’kmani hosil bo’lishi birinchi guruh anionlari (SO42-, SO32-, PO43-) mavjudligini ko’rsatadi. Bu anionlarni ustiga 5-6tHNO3 eritmasidan qo’shilganda, cho’kma erimasa nazorat eritmada SO42- ionlari borligini, agar gaz ajralib erisa SO32- ionlar borligini, gaz ajralmasdan erisa PO43- ionlari borligini ko’rsatadi.
Neytrallanmagan nazorat eritma uchun tahlil chizmasi.
O’z o’zidan ma'lumki neytrallangan nazorat eritmada SO42- ionlari bo’lmaydi.
3 - 4t nazorat eritmaga 3-4t AgNO3 eritmasidan qo’shilganda 2n. HNO3 eritmasida erimaydigan oq cho’kmani hosil bo’lishi II guruh anionlari (C1-, Br -, J-) borligini ko’rsatadi. Bu anionlarni bir - biridan ajratish uchun, oq cho’kmaga 6 - 7t NH4OH eritmasi qo’shilganda, cho’kma erisa C1- ionlari borligini, cho’kma erimasa Br- va J- ionlari mavjudligini ko’rsatadi. Brom va yod ionlarini bir -biridan ajratish uchun 2-3t nazorat eritmaga, 1-2t 2n H2SO4 eritmasidan, 2-3t xlorli suv eritmasidan va 2 - 3t C6H6 dan qo’shib yaxshilab chayqatilganda benzol qavatida (yuqori qavat) sariq halqani hosil bo’lishi Br- ionlari borligini, pushti halqani hosil bo’lishi J- ionlari borligini ko’rsatadi.
konsentrlangan H2SO4 dagi eritmasidan olib 1t nazorat eritmadan qo’shilganda to’q ko’k rang hosil bo’lishi, nazorat eritmada NO3- ionlari borligini ko’rsatadi.

Topilgan kation va anion asosida tarkibi noma’lum moddani kimyoviy formulasi aniqlanadi.

Yüklə 81,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin