Reja: III guruh anionlarining sifat reaksiyalari


III guruh anionlarining (NO



Yüklə 81,58 Kb.
səhifə2/5
tarix22.12.2023
ölçüsü81,58 Kb.
#189757
1   2   3   4   5
6 anionlar

III guruh anionlarining (NO2-, NO3-, CH3COO-) analitik reaksiyalari.
NO2-NITRIT VA NO3-NITRAT IONLARINING UMUMIY REAKSIYALARI
Temir (II) sulfat bilan reaksiyasi. Nitrat, nitrit ionlari konsentrlangan H2SO4 ishtirokida Fe2+ bilan NO gacha qaytariladi va ortiqcha FeSO4 bilan qo‘ng‘ir rangli kompleks hosil qiladi:
6Fe2+ + 2NO3- + 8H+ = 6Fe3+ + 2NO + 4H2O
NO + Fe2+ + SO42- = [Fe(NO)]SO4
Nitritlar bilan reaksiya suyultirilgan H2SO4 va xattoki sirka kislotali sharoitda xam boradi. Reaksiyaga SO32-, S2O32-, J- va Brђ ionlari xalaqit beradi.

Ish tartibi


Buyum yoki soat oynasiga natriy nitrat eritmasidan tomiziladi. Temir (II) sulfat kristalli va konsentrik sulfat kislotasi qo‘shiladi. Kristall atrofida qo‘ng‘ir xalqa hosil bo‘lishini kuzating.


Rux yoki aluminiy metalli bilan reaksiyasi. Nitrat va nitritlar ishqoriy muxitda rux yoki aluminiy bilan amiakgacha qaytariladi:NO2- + 3Zn + 5OH- + 5H2O = NH3 + 3[Zn(OH)4]2-
NO3- + 4Zn + 7OH- + 6H2O = NH3 + 4[Zn(OH)4]2-
Eritmada amoniy ionlari bo‘lmasligi kerak.
Ish tartibi
Probirkaga 3-4 tomchi natriy nitrit yoki nitrat eritmasidan olib, 3-5 tomchi 25%li NaOH eritmasi va rux yoki aluminiy bo‘lagi qo‘shiladi. Probirka og‘zi nam lakmus qog‘ozi bilan berkitiladi. Qog‘ozning ko‘karishini kuzating.
Difenilamin bilan reaksiyasi (farmakopeya). Difenilamin (C6H5)2NH nitritlar, nitratlar va boshqa kuchli oksidlovchilar bilan konsentrik H2SO4 ishtirokida ko‘k rang hosil qiladi:

Shunday natija BrO3- ioni bilan xam kuzatiladi. Kuchli qaytaruvchilar S2-, SO32-, S2O32-, J- reaksiyaga xalaqit beradi.
Ish tartibi
Farfor tigelga yoki toza, quruq soat oynasiga 5 tomchi difenilaminning konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmasi va 5 tomchi natriy nitrat yoki nitrit qo‘shiladi. Ravshan ko‘k rang hosil bo‘ladi.

Yüklə 81,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin